Siyob bozori Samarqandning ko’rkam bozori.Siyob bozori rasmlari

Samarqanddagi Siyob bozori har bir sayyoh ko‘rishi zarur bo‘lgan shaharning qadimiy nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Samarqanddagi Siyob bozori

Siyob bozori

Bir tomonida Bibixonim, ikkinchi tomonida Hazrati Xizr masjidlari qad ko‘targan, Registon  va Shohizinda majmualari oralig‘ida joylashgan bu bozor sayyohlarning ham sevimli maskani. Bozorga kirish uch tavaqali arkli darvoza orqali bo‘lib, asrlar davomida saqlanib kelayotgan hunarmandchilik uslubida ko‘k koshinlar bilan bezatilgan. Salkam 2000 ga yaqin savdo rastalari yozning jaziramasi, qishning qahratonidan himoya qilish uchun shiypon bilan berkitilgan.

Har bir mahsulot turi uchun alohida bo‘lim tashkil qilganmiz deydi bozor direktori T.Mamadaliyev. – Masalan, bu bozorga kelgan har bir mehmon Samarqand nonidan xarid qilishni istaydi. Marhamat – 17 xil turdagi non mahsulotlari uchun alohida rastalar. Samarqand shirinliklari uchun ham alohida. Baliq, tovuq, go‘sht mahsulotlari uchun esa yopiq, sovutish tizimi to‘liq ishlaydigan alohida bo‘lim. Hozirda non, quruq meva va shirinliklar rastalarini qaytadan ta’mirlagan bo‘lsak, go‘sht mahsulotlari uchun alohida pavilon qurilmoqda. Oyoq ostiga esa 700 metr kvadrat zamonaviy plita yotqizdik. Xaridorlar kayfiyatiga kayfiyat qo‘shish uchun bozor atrofida gulzorlar tashkil etildi.

Bozor rasmlari

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali
Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments
Ish rejalar
Choraklik testlar
Darsliklar
Attestatsiya
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x