Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Toshbaqaning hikoyasi qiziqarli ertak

Toshbaqaning hikoyasi qiziqarli ertak

by administrator

Toshbaqaning hikoyasi qiziqarli ertak – Anvar Obidjon tomonidan yozilgan bo’lib, har bir o’qigan bola ushbu ertakning ajoyib ekanligiga ishonch hosil qiladi albatta. Toshbaqaning hikoyasi qiziqarli ertak sizga ham yoqadi degan umiddamiz.

Toshbaqaning hikoyasi qiziqarli ertak

Toshbaqaning hikoyasi qiziqarli ertak

Dushanba og‘ir kun deganlari to‘g‘ri ekan. Bugun havo shunaqayam isib berdiki, nafas olsang, xuddi cho‘g‘ yutayotgandek boֲ‘lasan. Hali hech qancha yo‘l yurganim yo‘g‘-u, sillam qurib, tomog‘im qaqrab ketdi. Odamlarning bolalariga maza-da. Ular bunaqa paytda salqin joyni topvolishib, muzdek sharbat ichib o‘tirishadi, yo bo‘lmasa, burunlarini tortib-tortib, muzqaymoq yalashadi. Umuman, toshbaqa bo‘lib ming yil sudralgandan ko‘ra, odam bo‘lib yuz yilgina yashagan ma‘qul ekan. Sezib turibman, shunchalik holing bor ekan, safarga chiqishni senga kim qo‘yibdi, deb o‘ylayapsiz. Ho‘ bo‘yterakni ko‘ryapsizmi? O‘sha tomonda bitta xolam bor. Xolamning kenja chevarasi qadrdon oshnam. Kelasi dushanbada o‘sha kichkintoy o֥‘rtog‘im bir yuz o‘n yoshga to‘ladi. Uni tabriklagani ketyapman. Nega menga bunaqa qaraysiz? Bir hafta oldin yo‘lga chiqqanimdan hayron bo‘lyapsiz shekilli? Nima, men ayg‘irmidimki, oyog‘imga taqa qoqvolib, tosh yo‘ldan shaqira-shuqur chopib ketsam? Orqamdan it quvlasayam bo‘lgan-bitganim shu. Ana xolos, gap bilan bo‘lib qumloqqa chiqib qolibman-ku. Hammadan ham anavi do‘nglikka to‘g‘ri kelib qolganimni ko‘rmaysizmi? Ishlar chatoq endi. Bunaqa do‘nglardan ko‘p pand yeganman. O‘lib-tirilib tepaga chiqdim deganingda bir sirg‘anasan-u o‘zingni yana pastda ko‘rasan. …Umringda birovga yaxshilik qilganmisan, do‘stim? Malol kelmasa, meni do‘ppingga solib ana shu do‘ngdan o‘tkazib qo‘ygin. Nima bo‘lgandayam, yaxshi niyat bilan yo‘lga chiqqanman, ziyofatdan quruq qolmayin tag‘in.

Aqlli qar’ga ertagi

Daraxtning oyo’gi haqida ertak

Qalam va sichqon haqida ertak

Xo’roz va Bo’ri ertagi

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Ustozlar va murabbiylar haqida she’rlar
  3. Ayollar haqida she’rlar to’plami
  4. Ona haqida she’rlar sara to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Kema va qirollar haqida topishmoqlar
  2. Ertakli topishmoqlar to’plami
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x