Daraxtning oyog’i haqida ertak – Ibrohim Rahim tomonidan yozilgan chiroyli ertaklardan biri hisoblanadi. Ushbu Daraxtning oyog’i haqida ertak bolajonlarga albatta yoqadi degan umiddamiz.
Bog‘cha hovlisida Hasanjon bilan Husanjon o‘ynab o‘tirib, ro‘paradagi panjara orqasida bir oyoqlab turgan tovuqni ko‘rib qoldilar.
— Uni qarang, Hasan aka, anavi tovuqning bir oyog‘i yo‘q ekan. Bir oyoqlab qocholmaydi. Ushlab olaymi?
Hasanjon ham da’fatan tovuqning bir oyoqda turganini ko‘rib qoldi. Ukasining shunga fahmi yetmagani uchunmi, unga bir karomat ko‘rsatmoqchi bo‘lib, dedi:
— Shu tovuqni bir zumda ikki oyoqli qivoraymi?
— Ho… qib bo‘psiz.
— Hasanjon qum orasidan danakday tosh olib, qunishib turgan tovuqqa otdi. Tovuq shu zahoti bir sakrab ikki oyoqlab nariga qochdi.
Husanjon akasining ko‘rsatgan bu karomatiga tan berganday iljayib qo‘ydi. Ular yana qum o‘ynashni davom ettirdilar. Shu orada yomg‘ir tomchiladi. Hasan-Husan pana joyga borib oldilar. To‘satdan shamol ko‘tarildi. Shamol zarbidan hovlidagi daraxtlar egilib-bukilib turardi. Ayniqsa, bir olcha niholi “dod-faryod” qilayotganday har yoqqa tashlanardi-yu, o‘rnidan jilolmasdi. Husanjon uning nochorligiga achinib, kuyunib ketdi. Birozdan keyin “bilag‘on aka”sidan so‘radi.
— Shu olchani ham yurgizvorolasizmi?
— Yo‘q, yurgizolmayman.
— Nega?
— Daraxtning oyog‘i bitta-da…
— Nega daraxtlarning oyog‘i bitta, ikkita emas, a?
— Shuniyam bilmaysanmi, oyog‘i ikkita bo‘lsa, hovlimizdan qochib ketadi-ku.
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Do’st haqida saralangan she’rlar
- Ustozlar haqida she’rlar
- Kitob haqida eng chiroyli she’rlar
- Onalar haqida she’rlar to’plami
- Bayrog’i haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Odam va uning azolari haqida topishmoqlar
- Kitob haqida sara topishmoqlar
- Ovqatlar haqida topishmoqlar
- Xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar