Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Nima eksang, shuni o’rasan bolalar uchun ertak

Nima eksang, shuni o’rasan bolalar uchun ertak

by administrator

Nima eksang shuni o’rasan ertagi – bolajonlar uchun ajoyib ertak. O’zbek xalq ertagi hisoblanadi.

Nima eksang, shuni o'rasan ertagi

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, juda qadim zamonda bir chol yashagan ekan. Uning xotini vafot etibdi. Choi balog’atga yetgan o’g’li bilan yolg’iz qolibdi.

Choi o’g’lini oradan ikki yil o’tib uylantiribdi. Afsuski, kelini nihoyatda ishyoqmas va qo’pol ekan. U har kuni arzimagan narsalardan janjal ko’tarar, cholning ahvolidan xabar olmas ekan.

Nima, meni otangizga cho’rilikka olganmidingiz? Kiyimlarini yuvsam, hali u qilsam, hali bu qilsam… Mening jonim o’nta emas-ku, axir? — derkan har kuni ming’illab.

Choi bechora shol bo’lib qolgan, erta-yu kech bir joyda qimirlamasdan yotar ekan.

O’g’li oxiri toqati-toq bo’lib, xotiniga:

Xo’sh, maqsading nima, nima qilishim kerak? — debdi.

Velosiped haydagan qo’g’irchoq ertagi

Otangizni bu yerdan yo’qoting. Iloji bo’lsa, gadoy topmas biror joyga tashlab keling! — debdi xotini.

O’g’il shunday qilsam, bu la’natining javrashidan qutulaman, shekilli, deb o’ylab, otasini opichlab, jo’nabdi. Otasi ham, o’g’li ham bir-birlari bilan urishganday jim ketayotganmish. Tevarak-atrof jim-jit, faqat chigirtkalarning chirillashi-yu oyoq tagidagi xaslarning chitirlab sinishidan boshqa tovush eshitilmas emish.

O’g’il yoi yuribdi, yo’l yursa ham, mo’l yuribdi, oxiri, tog’ cho’qqisiga yetib boribdi. Tog’ning bir tomoni jarlik ekan. U o’zicha: “Agar shu jarlikka tashlab yuborsam, bu noinsoflik bo’ladi. Yaxshisi, ana shu ko’rinib turgan toshning ustiga o’tirg’izib qo’yay-da, o’zim keta qolay. Keyin nima bo’lsa bo’lar, peshonasida borini ko’rar”, — deb o’ylabdi.

Otajon, — debdi cholni tosh ustiga o’tqazar ekan, siz shu yerda birpas o’tirib dam olib turing, men hozir kelaman. Choi kulib qo’yibdi. Bundan ajablangan o’g’li to’xtab:

Otajon, nimaga kulyapsiz? — deb so’rabdi.

Yo’q, o’zim, shunday, ketaver, yo’lingdan qolma, — deb javob beribdi otasi va yana kulib qo’yibdi. O’g’li:

Yo’q, aytasiz, — deb oyog’ini tirab turib olgandan keyin, otasi aytishga majbur bo’libdi.

Meni bu yerga olib kelishingdan maqsad — tashlab ketish. Buni bilib turibman. Xotining shunga seni majbur qilganini ham bilaman. Lekin men xafa emasman. Chunki buni men ham o’z boshimdan kechirganman. Men ham otamni oyingning gapiga kirib, xuddi shu xarsangtosh ustiga tashlab ketgan edim. Qaytar dunyo ekan. Xo’p endi, o’g’lim, xayr, baxtli bo’l, — deb so’zini tugatibdi chol.

O’g’li otasidan bu gapni eshitib: “Nima eksang, shuni olasan”, — degan maqolni eslabdi. U nogiron otasini xo’rlatganiga o’kinib, cholni opichlab, uyiga qaytarib olib kelibdi va o’zi mehr bilan parvarishlay boshlabdi. Nima eksang shuni o’rasan ertagi yoqdimi? Unda boshqasini ham o’qib ko’ring.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Ustozlar va murabbiylar haqida she’rlar
  3. 8-mart bayrami she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Kema va qirollar haqida topishmoqlar
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x