Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Oynadagi qurbaqa ertagi

Oynadagi qurbaqa ertagi

by administrator

Oynadagi qurbaqa ertagi – bolajonlarga juda ham manzur tushadigan ertaklardan biri hisoblanadi. Oynadagi qurbaqa ertagi ni albatta o’qib bering.

Yorug’ jahonda Rojer degan kuchukcha yashardi. Uzzukun oynaga qaragani-qaragan edi, — Rojer, oynaga qarashni bas qil-chi! — derdi onasi. Rojer oynaga qarar ekan: “Men eng chiroyli kuchukman”, — deb dumlarini likillatib qo’yardi.

Kunlardan birida Rojer o’ynagani ko’chaga chiqib ketibdi. Onasi devordagi oynani olib, bo’sh oyna raxining o’zini osib qo’ydi. So’ngra hovlisi atrofidagi ko’lmakda yashayotgan qurbaqani chaqirdi va undan oyna raxiga chiqib turishini iltimos qildi.

Rojer uyga keliboq oynaga chopdi.

Xo’sh, u oynada nimani ko’rdi?

— Yo’q, yo’q, yo’q, bu men emas. Bunday bo’lishi mumkin ham emas! — deya akilladi Rojer va oynaga qaradi. O, vov-vov, uning barmoqlari buncha beo’xshov! Xuddi qurbaqanikiga o’xshaydi-ya! Axir, u qurbaqa emas, eng chiroyli kuchukcha-ku!

Rojer ko’zlarini chirt yumdi, yana ochdi. Va yana oynada qurbaqavoyni ko’rdi.

Voy, tasqara Rojer!

Uch o’g’il haqida ertak

“Agar qurbaqa bo’lsam, ko’lmakda yashashim kerak, — deya o’yladi Rojer. — Yaproqlarni kema qilib pashsha tutaman. Suyak-ku yaxshi-yu… qurbaqa bo’lgach, nachora”.

U ko’lmak tomon chopib ketdi. U yerda yaproqqa o’tirib olib kuta boshladi. Axir, u qurbaqa emasdi-da! Barglar uni ko’tarolmas, Rojer bilan birga suvga sho’ng’iy boshlashdi. Rojer burnigacha suvga botib ketdi. Shu payt ko’lmakdan bir qurbaqa sakrab chiqdi.

— Vaq-vaq! Nima qilyapsan bu yerda, esi past kuchukcha?

— Men kuchukchaga o’xshaymanmi? — hayron bo’ldi Rojer va suvdan boshini chiqardi. — Haqiqiy kuchukchaga-ya?

— Yana nimaga bo’lmasa? Oynaga qaraganmisan, suvdan chiqib aksingga qara-chi? Vaq-vaq! Voy, noshud kuchukcha-yey!

Rojer qirg’oqqa chiqdi-da, suvga qaradi: — Vov, vov, men kuchukchaman! — Dumlarini likillatib, irg’ishlab uyiga jo’nadi. Endi u oynaga qaraydimi, yo’qmi? Kim biladi, a, bolalar?

Mushuk va sichqon haqida ertak

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Ustozlar va murabbiylar haqida she’rlar
  3. 8-mart bayrami she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Kema va qirollar haqida topishmoqlar
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x