Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Velosiped haydagan qo’g’irchoq ertagi

Velosiped haydagan qo’g’irchoq ertagi

by administrator

Velosiped haydagan qo’g’irchoq ertagi – bolajonlar uchun qiziqarli ertak.

Velosiped haydagan qo'g'irchoq ertagiBir kuni Nazira degan qiz bog‘chasiga bormabdi. Bog’chaga kelgan bolalar shkafdan o’yinchoqlarini olib, o’ynay boshlashibdi. Naziraning qo’g’irchog’i yolg’iz qolibdi. U egasini uzoq kutibdi, lekin Naziradan darak bo’lmabdi. Oxiri qo’g’irchoqqa alam qilibdi-da, shkafchadan sakrab tushib, ko’chaga yo’l olibdi. Yo’lakda Rustamning uch g’ildirakli velosipedi turgan ekan, qo’g’irchoq unga minib, Naziraning uyiga jo’nabdi.

Yo’lda qizil chiroq yonganda to’xtabdi. Yashil yonganda o’tibdi, xullas, ko’cha qoidasini buzmabdi. Lekin juda tez yurishga harakat qilibdi. Uni ko’rgan tramvay, trolleybus haydovchilari, hatto uchib ketayotgan qushlar ham hayron bo’lib qolishibdi. Barbos degan kuchuk esa shuncha yugursa ham, orqada qolib ketibdi.

Tashbaqaning hikoyasi

Nihoyat velosiped Naziraning uyiga yetib kelibdi. Eshikdan otilib kiribdi. Nazira uyda mushukchasini o’ynab o’tirgan ekan, qo’g’irchoq uni so’roqqa tutibdi:

— Nega bog’chaga bormading? Men zerikib qoldim. Hozir oldimga tush, olib ketaman, — debdi.

— Bormayman, bormayman, — debdi Nazira.

— Bormaganingga qo’ymaymiz. Biz ham ovora bo’lib keldik, — deyishibdi derazadan uchib kirgan sochiq, tarelka va qoshiqvoylar. Keyin ko’pchilik bo’lib Naziraga yalina boshlashibdi.

— Bo’ldi, bo’ldi, boraman, — deb Nazira o’z ovozidan uyg’onib ketibdi. Keyin shoshilib o’rnidan turib yuvinibdi, kiyinibdi. Sochlarini tarab, opasi bilan bog’chaga jo’nabdi. Eshikdan kiribdi-yu, shkafda jilmayib turgan qorako’z, jingalak soch qo’g’irchog’ining oldiga chopqillab boribdi, uni qo’liga olib erkalatibdi:

Aqlli qarg’a ertagi

— Sen zerikib qoldingmi? Endi bog’chaga sira-sira kech qolmayman, xafa bo’lma, — deb qo’g’irchog’ini bag’riga bosibdi.

Velosiped haydagan qo’g’irchoq ertagi yoqqan bo’lsa boshqa ertaklarni ham o’qib ko’ring.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Ustozlar va murabbiylar haqida she’rlar
  3. 8-mart bayrami she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Kema va qirollar haqida topishmoqlar
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x