Aqlli qarg’a ertagi – Abdulla Avloniy tomonidan yozilgan bo’lib, bolajonlar uchun juda ham foydali ertak hisoblanadi. Aqlli qarg’a ertagi ni o’qib bering.
Aqlli qarg’a ertagi
Kunlar yoz fasli o‘ldig‘indan har yerda suvlar qurirmush. Bechora Qarg‘a suv yo‘qlig‘indan nihoyatda suvsarmish. Tillari osilub, har tarafdan suv axtarmoqda ekan, birovning oldinda turgan ko‘zani ko‘rib, yoniga kelub boqsa, ichinda suv bor. Lekin bo‘ynini suqub ichay desa, bo‘yi yetmaydi. Biroz o‘ylandi-da, tumshug‘i ila toshlarni yeg‘ub, ko‘zaning ichiga tashlay boshladi. Oz vaqt ichinda ko‘zaning ostindagi suv ustiga chiqib, tosha boshladi. Aqlli Qarg‘a suvdan ichib, tashnalik balosindan qutulib, uchub ketdi.
*o‘ldig‘indan – bo‘lgani uchun
*suvsarmish – chanqagan ekan
Bilasizmi?
Bu ertak “Turkiy Guliston yoxud ahloq” kitobidan olingan. Ertakdagi ba‘zi so‘zlar biroz murakkab. Bundan yuz yil oldin ota-bobolarimiz shunday gaplashishgan, vaqt oʻtishi bilan hozirgi adabiy tilimiz shakllangan.
Yaxshi ham yomon ham til ertagi
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Do’st va do’stlik haqida she’rlar
- Vatan himoyachilari uchun sara she’rlar
- Archa haqida she’rlar to’plami
- Qorbobo haqida she’rlar to’plami
- Ustozlar haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :