Qalam va sichqon – ushbu ertak bolajonlar uchun juda ham maroqli ertaklardan biri hisoblanadi. Ushbu Qalam va sichqon eragini bolajonlarga o’qib bering.
Qalam va sichqon ertagi
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi.
— Iltimos, meni qo‘yib yubor — deb yalinibdi Qalam. — Meni nima qilmoqchisan? Yog‘ochdan yasalgan bo‘lsam, meni yeb bo‘lmaydi.
— Tishlarim qichishayapti, shuning uchun seni g‘ajimoqchiman, — debdi Sichqoncha va qalamni qattiq tishlab olibdi.
— O‘g‘riyapti, — deb baqiribdi Qalam. Men chizishni juda yaxshi ko‘raman. Maylimi so‘nggi bor rasm chizsam? — debdi Qalam.
Sichqon rozi bo‘libdi. Qalam zo‘rg‘a nafasini rostlab oppoq varaqqa kattagina aylana chizibdi.
— Bu nima? Pishloqmi? — deb so‘rabdi Sichqoncha.
— Bo‘lishi mumkin, — debdi bosiqlik bilan Qalam va chizishda davom etibdi.
Avval yuzini keyin esa quloqlari va katta-katta ko‘zlarini chizibdi.
— Axir, bu mushuk-ku! Yo‘q bo‘ldi, chizma, iltimos, — deb Sichqon yugurgancha iniga qochib ketibdi.
— Ha, bu haqiqiy mushuk, — deb baqairibdi Qalam.
Shundan buyon Sichqoncha inidan tashqariga chiqmaydigan bo‘libdi. Valijonning qalami esa hali sog‘-omon, faqat ozgina kichraygan, xolos.
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Vatan haqida she’rlar to’plami
- Askarlar haqida she’rlar to’plami
- Kitob haqida she’rlar
- Ayollar haqida she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :