Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Xo’roz bilan bo’ri ertagi

Xo’roz bilan bo’ri ertagi

by administrator

Xo’roz bilan bo’ri ertagi

Hurmatli ertaksevar bolajonlar – sizlarga xo’roz bilan bo’ri ertagi havola etamiz.

xo'roz va bo'riBir bo‘ri daraxt ustida o‘tirgan Xo‘rozni ko‘ribdi va uni tutib yemoqchi bo‘lib, daraxt ostiga keldi. Hiyla bilan  bechora  Xo‘rozni daraxtdan tushirmoqchi bo‘libdi: “Ey, Xo‘roz o‘rtoq! Men senga bir yaxshi xabar keltirdim. Hayvonlar bilan qushlar o‘rtasida sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm qilmaslikka, biri ikkinchisini tutib yemaslikka qaror qilindi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st  bo‘lib, birga o‘ynaylik”, – dedi.  Xo‘roz  Bo‘rining so‘ziga aldanadigan darajada nodon va ahmoq bo‘lmaganidan Bo‘riga qarab shunday dedi:

– Do‘stim, so‘zing rost. Lekin biroz sabr qil. Sendan boshqa ikki  it ham sulh xabarni eshitib, bu yerga kelishmoqda. Hammamiz  birga o‘ynaymiz.

Bo‘ri  Xo‘rozdan bu so‘zni eshitgan zamon dumini orqasiga qo‘yib, qocha boshladi.

Xo‘roz: “Hoy, birodar, nima uchun qochayapsan, o‘rtamizda sulh bor-ku?” – desa. Bo‘ri:

– Oh, do‘stim!  Bu zolim itlar sulhni buzganga o‘xshaydi, – deb qochib ketibdi. Xo‘roz orqasindan: “quq- qa…ru…qu-u…”, — deb qichqirib qolibdi.

Yaxshisi ham, yomoni ham til ertagi

Boshqa turdagi ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Bolajonlar uchun she’rlar to’plami
  2. Otajonlar haqida she’rlar to’plami
  3. Kitob haqida she’rlar
  4. Ona haqida she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Qiziqarli topishmoqlar to’plami
  2. Kitob haqida topishmoqlar
  3. Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar
  4. Hasharotlar haqida topishmoqlar to’plami
  5. O’simliklar haqida topishmoqlar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x