Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Tulkiboy haqida ertak bolajonlar uchun

Tulkiboy haqida ertak bolajonlar uchun

by administrator

Tulkiboy haqida ertak bolajonlar uchun bo’lib, ushbu ertaklarni bolajonlarga o’qib berishingiz mumkin.

Tulkiboy haqida ertakBir kuni Tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. Kampirni ко’rib:
— Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qayerga qo’yganini ko’rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin sekin uyga kirib angishvonani olib chiqib ketibdi. Ertasi kuni kampir shoshib-pishib qatlama pishirib turganda, Tulkiboy kirib kelibdi.
— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan angishvonani bering, — debdi. Kampir yugurib uyga kirib, angishvonani qo’ygan joyidan topa olmabdi.
— Tulkiboy, angishvonang qo’ygan joyimda yo’q, yo’qolib qolibdi, — debdi.
Tulkiboy:
— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi.
Kampir:
— Yo’qolgan narsani qayerdan topib beraman, o’rniga qirq qatlama beraman, — debdi.
Tulkiboy “xo’p” deb, qirqta qatlamani olib tashqariga chiqqanidan keyin:
“Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama”, deb jo’nabdi. Yo’lda ketayotsa, oq echki boqib yurgan kampirni ko’ribdi.

Nima eksang shuni o’rasan ertagi

Tulkiboy kampirga:
Ona, shu qirqta qatlamani ertagacha omonat olib qo’ying, ertalab kelib olaman, — debdi.Kampir qirq qatlamani uyiga olib kirib, ko’rpaning qatiga bekitib qo’yibdi. Tulkiboy yana eshik tirqishidan mo’ralab turib, qatlama qo’yilgan joyni ko’rib olibdi. Kampir kechasi uxlaganda kelib, sekin kampirning uyiga kirib, qirqta qatlamani bitta ham qoldirmay yeb ketibdi. Ertasi ertalab kelib:
— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan qirq qatlamani olib bering, — debdi.
Kampir uyiga kirib, ko’rpasining qatini qarasa, bitta ham qatlama qolmabdi.
Kampir:
— Tulkiboy, qo’ygan joyimdan qatlamalaring yo’qolib qolibdi, — debdi.
Tulkiboy:
— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi. Kampir Tulkiboydan qo’rqib:
— Bisotimda bitta oq echkim bor, shuni ola qol, — debdi.
Tulkiboy oq echkini yetaklab, xursand bo’lib:
“Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki”, — deb jo’nabdi.
Tulkiboy oq echkini yetaklab ketayotsa, nortuya boqib yurgan cholni ko’ribdi. Tulkiboy cholga yaqin kelib:
— Ota, ertagacha mana shu echkini sizga omonat qoldirib ketaman, ertaga kelib qaytarib olaman, — debdi.
Chol”xo’p” deb, echkini hovlisiga olib kirib bog’lab qo’yibdi.
Kechasi chol uxlaganida, Tulkiboy kelib oq echkini yeb, terisini qoldirib ketibdi. Ertalab Tulkiboy cholning oldiga kelib:
— Ota, kecha qoldirib ketgan omonat oq echkini bering, — debdi.
Choi tulkiga:
— Kechasi echkini bo’ri yeb, terisini qoldirib ketibdi, — debdi.
Tulkiboy:
— Echkini topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi.
Choi:
— Bisotimda birgina nortuyam bor, oq echkining o’rniga beraman, — debdi.
Tulkiboy nortuyani yetaklab: “Bir angishvona, bir angishvonaga qirq
qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nortuya”, — deb xursand bo’lib jo’nabdi.
Tulkiboy nortuyani yetaklab yurib, qizi bilan ip yigirib o’tirgan kampirga uchrabdi. Tulkiboy:
— Ona, mana shu nortuyani ertagacha sizga omonat qoldirib ketaman, erta bilan kelib olaman, — debdi.
Kampir nortuyani hovlisiga olib kirib bog’lab qo’yibdi. Kechasi kampir uxlaganda, Tulkiboy nortuyani hovlidan olib chiqib, bir changalzorga olib borib qo’yibdi, ertasi kuni kampirning oldiga kelib:
— Ona, kecha qoldirib ketgan omonat nortuyani bering, — debdi. Kampir qarasa, nortuya bog’langan joyida yo’q, axtarib topa olmabdi.
Tulkiboy:
— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi.
Kampir tulkidan qo’rqib:
— Nortuyaning o’rniga hech qanday molim yo’q. Birgina oydin qizim bor, ona-bola ip yigirib kun kechiramiz, — debdi.
Tulkiboy:
— Nortuyaning o’rniga oydin qizingizni bering. Bermasangiz, ona-bola ikkovingizni ham yeb ketaman, — debdi.
Kampir nochor, noiloj yolg’izgina qizini Tulkiboyga beribdi.
Tulkiboy xursand bo’lib kampirga qarab: “Bir angishvona, bir angishvona¬ga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nortuya, nortuyaga oydin qiz”, deb oydin qizni qopga solib, qopning og’zini bo’g’ib, ko’tarib jo’nabdi. Bir to’qaydan o’tib ketayotsa, uzoqdan itini yetaklab kelayotgan bir ovchi ko’rinibdi. Tulkiboy orqasidagi qopni yerga qo’yib, o’zi bekinibdi. Ovchi kelib qopni ochib qarasa, ichida bir qiz o’tirgan ekan. Ovchi qopdan qizni chiqarib olib, qiz o’rniga itini qopga solib, og’zini bo’g’ib bog’lab qo’yibdi. Ovchi ketganidan keyin Tulkiboy kelib, “ovchidan qutulib qoldim”, deb suyunib. qopni orqalab jo’nabdi. “Yig’lama, oydin qiz, yig’lama, hozir uyga yetamiz”.- deb qadamini ildam tashlab uyga etib kelibdi. Tulkiboy: “Oydin qiz, qopning ichida zerikkanga o’xshaysan. Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nortuya, nortuyaga oydin qiz, chiq!” — deb qopning og’zini ochibdi. Qopning ichidan quloqlarini shalpaytirib ovchining iti chiqibdi. Oydin qiz chiqishini kutgan Tulkiboy ovchi itning haybatini ko’rib qochib ketibdi. It tulkining ketidan quvlab ketibdi. Tulki o’zini shudgor tomonga olibdi. Tulki yugurib ketayotib “shaq” etib qopqonga tushib qolibdi. It ovchining yoniga qaytib ketibdi.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Ustozlar va murabbiylar haqida she’rlar
  3. 8-mart bayrami she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Kema va qirollar haqida topishmoqlar
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x