Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Qizil shapkacha ertagi.

Qizil shapkacha ertagi.

by administrator

Qizil shapkacha ertagiQizil shapkacha ertagi- bolajonlar uchun eng yaxshi ertak hisoblanadi. Bor ekan, yo’q ekan, bir qishloqda jajjigina bir qizcha bor ekan. U, dunyoda tengi yo’q, juda yoqimtoy ekan. Buvisi unga tug’ilgan kuni sharafiga bitta qizil shapkacha sovg’a qilibdi. Qizcha qayoqqa borsa, shu chiroyli, yangi qizil shapkachasini kiyib borar ekan. Qo’ni-qo’shnilar uni ko’rganda: “Ana, qizil Shapkacha kelyapti!” — der ekanlar.

Bir kuni oyisi somsa pishirib, qiziga:
— Oppoq qizim, qizil Shapkacha, mana bu somsa bilan kuvachadagi yog’ni buvingga oborib bergin, eson-omonligini bilib kelgin, — debdi.
Qizil Shapkacha buvisini ko’rgani narigi qishloqqa ketibdi.
U o’rmondan chiroyli gullar terib, sekin-asta ketayotsa, oldidan och Bo’ri chiqib qolibdi.
— Qizil Shapkacha, qayoqqa ketyapsan? — debdi Bo’ri.
— Buvimni ko’rgani ketyapman, buvimga mana bu somsalar bilan kuvachada yog’ olib boryapman.
— Buvingning uyi uzoqdami? — deb so’rabdi Bo’ri.
— Ha, uzoqda, — deb javob beribdi qizil Shapkacha. — Huv anavi tegirmon orqasidagi qishloqda. Eng chekkadagi uyni ko’ryapsanmi? O’sha.
— Yaxshi, — debdi Bo’ri. — Men ham buvingni ko’rib kelaman. Men manavi yo’ldan boraman, sen bo’lsang, anavi yo’ldan bor. Ko’ramiz, kim oldin borarkin.
Shunday deb, Bo’ri eng yaqin yo’ldan g’izillab chopib ketibdi. Qizil Shapkacha bo’lsa eng uzoq yo’ldan yurib ketibdi. U yo’lma-yo’l to’xtab, gullar teribdi, guldasta yasabdi.
Qizil Shapkacha hali tegirmon oldiga ham yetmagan ekan, Bo’ri kampirning uyiga yetib, eshikni taqillatibdi:
— Taq-taq!
— Kim? — deb so’rabdi kampir.
– Men, – nevarangiz qizil Shapkachaman, — deb javob beribdi Bo’ri ovozini ingichka qilib. — Siznikiga mehmon bo’lib keldim, somsa bilan kuvachada yog’ keltirdim.
Kampir bu vaqt to’shakda kasal bo’lib yotgan ekan. U chindan ham qizil Shapkacha kelibdi, deb o’ylab:
— Jonginam, ipni tort, eshik ochiladi! — debdi.
Bo’ri ipni tortibdi, eshik ochilibdi.Bo’ri chopib borib, kampirni bir yamlab yutib yuboribdi. Keyin eshikni yopib, kampirning o’rniga yotib, burkanib olibdi-da, qizil Shapkachani kuta boshlabdi. Tezda qizil Shapkacha kelib, eshikni taqillatibdi:
— Taq-taq!
Qizil Shapkacha uyga kirib, karovat yoniga kelibdi-da:
— Voy, buvijon, qo’llaringiz muncha uzun?! — deb so’rabdi.
— Seni mahkam quchoqlash uchun, bolaginam, — debdi Bo’ri.
— Buvijon, quloqlaringiz muncha katta? — debdi qizil Shapkacha.
— Gaplaringni yaxshiroq eshitish uchun, jonginam, — debdi Bo’ri.
— Buvijon, ko’zlaringiz muncha katta?
— Seni yaxshiroq ko’rish uchun, jon bolam.
— Buvijon, tishlaringiz muncha katta?
— Seni tezroq yeb qo’yish uchun, jonginam! — deb och Bo’ri qizil Shapkachaga tashlanibdi-da, uni boshmog’i va qizil shapkachasi bilan birga yutib yuboribdi. Qizil Shapkacha dod deyishga ham ulgurmay qolibdi.
Shu vaqt, baxtiga, uy yonidan o’tinchilar o’tib borayotgan ekan. Yelkalarida boltalari ham bor ekan.
Ular Bo’rining ovozini eshitib, uyga chopib kiribdilar va Bo’rini o’ldiribdilar. Keyin uning qornini yorsalar, ichidan qizil Shapkacha bilan buvisi chiqibdi — ikkovlari ham sog’-omon ekanlar. Qizil shapkacha ertagi dan boshqa ertak.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Navro’z haqida ertaklar to’plami
  3. Mustaqillik haqida she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Hasharotlar haqida ertaklar to’plami
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x