Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Dono qiz – bolajonlar uchun ertaklar to’plami

Dono qiz – bolajonlar uchun ertaklar to’plami

by administrator

Dono qiz – bolajonlar uchun ertaklar to’plami ni bolajonlarga o’qib bering.

dono qiz ertakBir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir podshoh bilan vazir bo’lgan ekan.  Podshoh vazirini juda yaxshi ko’rar, uni hammadan yuqori ko’rar ekan. Bu holga saroy ahlining ko’pchiligi hasad qilar va podshohga vazirni yomonlar ekanlar.

Kunlarning  birida  podshohga, “Vaziringiz kaltafahm, uncha-buncha narsaning  fahmiga yetavermaydi”, — deb yetkazibdilar va buni tekshirib ko’rishni so’rabdilar. Podshoh vazirini sinab ko’rmoqchi bo’libdi. U vazirga, ikkita savol beraman, qanday javob berar ekansan, debdi.

Arslon va quyon haqida ertak

Birinchi savol: “Dunyoda eng shirin narsa nima va eng achchiq narsa nima?” — debdi.  Vazir, ertaga javobini aytsam maylimi, deb podshohdan izn so’rabdi. Vazir uyiga qaytibdi. Uning go’zal va aqlli bir qizi bor ekan.

Otasining xomush kirib kelayotganini ko’rgan qiz, “Otajon, nega xomushsiz?” — debdi. Vazir bo’lgan gapni aytibdi.

—Shunga ham xafa bo’lasizmi? — debdi qiz va savolning javoblarini aytib beribdi.

Ertasiga vazir saroyga boigach, podshroh savoliga javob so’rabdi.

— Eng shirin narsa yangi kelin-kuyovning turmushidir, eng  achchiq narsa o’lim, — debdi vazir. Podshoh bu javobdan qanoatlanibdi va vazirning qo’liga bir ho’kizning arqonini berib, ikki oydan keyin shu ho’kizni bolasi bilan olib kelasiz, debdi.

Vazir xafa bo’lib uyiga qaytibdi, lekin bu haqda qiziga hech narsa demapdi.  Oradan ikki oy o’tgach, podshohning xabarchisi chaqirib kelibdi. Eshikni ochgan qiz hamma gapdan xabardor bo’libdi va xabarchiga:

– Podshohga borib ayting, otam hammomga tuqqani ketgan, — debdi.  Bu gapni eshitgan podshoh darg’azab bo’lib:

– O’sha qizga borib ayting, ahmoq ekan, erkak kishi ham tug’adimi? — debdi.

– Ho’kiz tuqqanda erkak kishi tug’maydimi? — debdi qiz.

Bu javobni eshitgan podshoh qizning aqlliligiga tan beribdi va qirq kechayu qirq kunduz to’y-tomosho qilib, unga uylanibdi. Podshoh qizga: “Davlat ishlariga aralashmaysan, davlat ishiga aralashgan kuning saroyda o’zing sevgan nimaiki bo’lsa olib, otangnikiga ketishing mumkin”, — debdi. Ular tinch yashay boshlaptilar. Bir kuni podshoh ovga chiqadigan bo’libdi. Podshoh ovga ketgach, saroyda bir janjalli voqea bo’lib, unga malikaning aralashishini so’rabdilar. Malika bu janjalga aralashib, uni podshoh kelgunicha bir yoqli qilibdi. Podshoh ovdan qaytgach, bu gapni eshitib, xotiniga shartini eslatibdi va otasinikiga ketaverishi mumkinligini aytibdi. Ayol ketish oldidan bir bazm qiling, deb podshohdan o’tinibdi.  Podshoh kechqurun bazm berib, hammadan oldin o’zi mast bo’lib qolibdi.  Bir payt podshoh o’ziga kelsa, notanish yo’llarda aravada ketayotgan emish. Yonida xotini o’tirgan emish.

Tulkiboy haqida ertak

Meni qayoqqa olib ket’yapsan? — so’rabdi podshoh.

– O’zingiz aytdingiz-ku, saroydagi o’zing sevgan narsani olib ketaver, deb. Men sevgan narsa faqat siz, shuning uchun sizni olib otamnikiga ketayapman, — debdi ayol.

Podshoh xotinining donoligiga tan beribdi va orqaga qaytishni buyuribdi.

Ular umrlarining oxirigacha tinch-totuv yashab, murodlariga yetibdilar. Dono qiz – bolajonlar uchun ertaklar sizga yoqqan bo’lsa ushbu ertaklarni ham o’qing.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Navro’z haqida ertaklar to’plami
  3. Mustaqillik haqida she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Hasharotlar haqida ertaklar to’plami
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x