Etiboringizga Oy bilan Shirin ertagi ni taqdim etamiz. Bu Oy bilan Shirin ertagi ni bolajonlarga o’qib bering.
Qadim – qadimda Shirin degan qiz bo‘lgan ekan. U shunday go‘zal ediki, tug‘ilib, balog‘atga yetgandan so‘ng, husnining ta’rifi butun olamga yoyilgan edi. O‘sha zamonda Oy o‘zini chiroyli sanab yurar ekan. Hamma go‘zallikda tengi yo‘q Oyni maqtar ekan. Shirin balog‘atga yetib, go‘zalligi kundan-kun orta borgach, odamlar Oyni maqtamay, Shirinning husnini tilda doston qilibdilar. Bunga Oyning rashki kelib: “Nahotki, men turganimda Shirinni maqtashsa? Shirin bilan men husnimizni qiyoslab ko‘raylik-chi, so‘ngra mening kim ekanimni bilib qo‘ysinlar”, debdi. Shirinni o‘z yoniga chaqirib: “Sen kim-u men kim? El og‘zida sening husning ovozasi olamni tutyapti. Kel, ikkimiz o‘zimizni taroziga solib, tortib ko‘raylik-chi, kim chiroyli bo‘lsa, tarozidan ma’lum bo‘ladi”, — dedi. Shirin hijolat chekib: “Husnda siz ziyodasiz, qo‘ying, meni uyaltirmang. Men husn da’vosini qilmayman”, — debdi. Bunga Oyning jahli chiqib: “Sen husn da’vosini qilmasang ham, go‘yo odamlar nazarida sen mendan chiroyli emishsan. Bir tarozida tortishib, sinashmasak bo‘lmaydi”, — debdi. Shirinni qo‘yarda-qo‘ymay tarozi oldiga olib boribdi. Tomoshaga xaloyiq yig‘ilgan ekan. Oy mag‘rurlanib: “Mana Shirin-u, mana men, ko‘rarsizlar hozir, husnda kim g‘olib chiqar ekan?” — deb yalpayib tarozining bir pallasiga chiqib olibdi. Shirin uyalib, noiloj o‘ng oyog‘ini “Bismillo” deb tarozining bo‘sh pallasiga qo‘ygan ekan, Oy laylak bo‘lib, osmonga chiqib ketibdi. Hijolatdan Oy qaytib, yer yuziga tusholmay, shu-shu osmonda qolib ketgan ekan.
Yaxshisi ham, yomoni ham til ertagi
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Do’st va do’stlik haqida she’rlar
- Ustozlar va murabbiylar haqida she’rlar
- Kitob haqida she’rlar
- Ona haqida she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Odam va uning azolari haqida topishmoqlar
- Kitob haqida sara topishmoqlar
- Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar