Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Ota vasiyati haqida ertak bolalar uchun

Ota vasiyati haqida ertak bolalar uchun

by administrator

Ota-vasiyati ertakOta vasiyati haqida ertak bolajonlarga manzur bo’ladi. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda kambag‘al bir dehqon o‘tgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilini sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob bo‘lib, yotib qolibdi. Shunga u yolg‘iz o‘g‘lini yoniga chaqirib bunday debdi.

-O‘g‘lim, mening kunim bitganga o‘xshaydi. Senga aytadigan bir gapim bor. Shuni qulog‘ingga isirg‘a qilib taqib ol. Gapim shuki, toklarimizning orasiga ikki xum tilla ko‘milgan. Shu tillani yilda ikki marotaba – bahor hamda kuzda kovlab olib, tirikchiliginga ishlat. Zora shu bilan boyib ketsang.

Yaxshi ham yomon ham til

Otasi shu gapni aytibdi-da, olamdan o‘tibdi. Bu payt qish ekan, bola bahorni orziqib kutibdi. Olamni gullolaga o‘rab bahor ham kelibdi. Yigit ketmonni qoliga olib, toklarning tagini belbog‘ bo‘yi qilib kovlab chiqibdi. Biroq oltin topilmabdi. Shu orada toklar kurtak chiqarib yaproq yoza boshlabdi. Yigit tilla qidirishni vaqtincha to‘xtatib, tok bilan ovora bo‘lib qolibdi. Shu yili tok chunonam hosil beribdiki, yigit uni pullab tamom qila olmabdi. Kelasi yil ko‘klamda ham yigit oltin qidirib, bog‘ning tit-pitini chiqarib yuboribdi. Yana oltin topilmabdi. Biroq bu yil tok o‘tgan yilgidan ham ko‘p hosil beribdi. Yigit uni pullab juda ham boyib ketibdi. Lekin hamon yigitning xayoli otasi aytgan oltinda ekan. U shu to‘g‘rida xayol surib o‘tirgan ekan, otasining qadrdon oshnasi kelib qolibdi. Yigit unga voqeani aytgan ekan, chol xoxolab kulibdi-da, keyin:
–Bolam, otang aytgan oltinlarni olibsan-ku, – debdi.

Toshbaqaning hikoyasi

–Otaxon, bog‘dan bir misqol ham oltin topganim yo‘q,– debdi yigit.
–Nega yolg‘on gapirasan? Bo‘lmasa bu boyliklarni qayerdan orttirding.? – debdi chol.
–Mehnat qilib topdim.
–Sen mehnatni mo‘l hosil olish uchun emas, oltinni topish uchun qilding. Otang rahmatli ko‘p aqlli odam edi. U senga mehnatdan unadigan oltinlarni aytgan, – debdi chol. Ota vasiyati haqida ertak sizga yoqqan bo’lsa marhamat kiring va o’qing boshqasini.

Boshqa sara ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
  2. Otajonlar haqida ertak
  3. Do’st va do’stlik haqida she’rlar
  4. Kitob haqida chiroyli sherlar
  5. Bolalar uchun she’rlar

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Poliz ekinlari haqida topishmoq
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. Topishmoqlar javoblari bilan
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x