Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Eng qimmatli narsa ertak

Eng qimmatli narsa ertak

by administrator

Eng qimmatli narsaQadim zamonda, allaqaysi tomonda Ahmad bilan Toshmat degan bola yashagan ekan. Ahmad saranjom, o’ylab ish qiladigan bola ekan. Agar biror yerda don yoki ushoqni ko’rib qolsa, darrov olib, tovuqqa yoki qushlarga berar ekan. Toshmat esa teskarisini qilar ekan. Non yeb turganida qorni to’yib qolsa, bir tishlammi yoki bir burdami – qolgan nonni to’g’ri kelgan yerga tashlab ketar ekan.

Yo’lbars va tulki ertagi

Bir kuni Ahmad Toshmatga:

Bunday qilishing yaxshi emas, non – eng qimmatli, aziz narsa, — debdi.

Eng qimmatli narsa brilliant, — debdi Toshmat.

Yo’q, non!

Yo’q, brilliant!

Bo’lmasa, yur, hammayoqni aylanamiz, nima qimmatliligini surishtiramiz, o’z ko’zimiz bilan ko’rib kelamiz, — debdi Ahmad.

Toshmat rozi bo’libdi. Har ikkovi belidagi belbog’iga to’rttadan patir tugib, yo’lga tushishibdi. Yo’l yurishibdi, yo’l yursa ham, mo’l yurishibdi. Dalalardan, tog’-u toshlardan, cho’l-u biyobonlardan o’tishibdi. Nihoyat, qorinlari ochib, holdan toyib, bir chashma yonida to’xtashibdi. Belbog’ni yechib, har kim o’z nonini burdalabdi. Shunda yana eng qimmatli narsa ustida bahs ketibdi.

Ota vasiyati haqida ertak

Nonning lazzatliligini qara-ya. Shuning uchun ham u qimmatli va aziz hisoblanadi, — debdi Ahmad, non tishlab.

Brilliant qimmatliroq! – debdi Toshmat. – Qani endi, hamma narsa brilliant bo’lib qolsa!

Shu payt tepada bir laylak uchib yurgan ekan. U sehrgar ekan:

Mayli, sening aytganing bo’lsin. Noning brilliant bo’lib qolsin! – debdi Laylak.

Shu ondayoq Toshmatning ozg’idagi non sharaq-shuruq qilib qolibdi. Tishini sindiray debdi. Toshmat boshqa patirni sindiraman desa, sindirolmabdi. Ular ham brilliant bo’lib qolganmish. Yalt-yalt qilarmish, tovlanib nur sochib, ko’zni qamashtirarmish.

Ahmad esa nonini yeyaveribdi.

Ol, mening nonimdan yeya qol, — debdi u Toshmatga.

Toshmat uning nonidan og’ziga solgan ekan, u ham brilliant bo’lib qolibdi. Toshmatning qorni ochib yig’lab yuboribdi. Yurishga ham holi qolmabdi.

Xo’sh, — debdi Ahmad. — Eng qimmatli narsa nima ekan?

Fil va maymun haqida ertak

Endi bildim. Eng qimmatli, aziz narsa non ekan.

Shu vaqt sehrgar Laylak:

Patirlaring o’z holiga qaytsin, — debdi.

Toshmatning og’zidagi brilliant yana nonga aylanibdi. Toshmat juda xursand bo’lib ketibdi. Ikki o’rtoq orasidagi bahs yechilibdi. Ular eson-omon uyga qaytishibdi. Shu-shu, Toshmat nonni ushog’igacha hurmat qiladigan bo’libdi.

Boshqa sara ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
  2. Otajonlar haqida ertak
  3. Do’st va do’stlik haqida she’rlar
  4. Kitob haqida chiroyli sherlar
  5. Bolalar uchun she’rlar

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Poliz ekinlari haqida topishmoq
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. Topishmoqlar javoblari bilan
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x