Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Non va tilla bolajonlar uchun ertak

Non va tilla bolajonlar uchun ertak

by administrator

non-va-tilla ertagiNon va tilla bolajonlar uchun ertak bolajonlarimiz uchun juda yoqadi. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, O‘ktam degan bir kambag‘al dehqon bor ekan. Bir parcha non topsam, deb erta-yu kech ishlar ekan, bo‘sh qolsa qani endi davlat topib olsam-u, boyib ketsam, deb hayol surar ekan.
Kunlardan bir kun O‘ktam, daraxt tagiga o‘tirib: “Olloh menga bir kuch bersa-yu, qo‘limni nimaga ursam, o‘sha narsa tillaga aylanib qolaversa, ana ushanda og‘ir mehnatdan qutulib, farovon hayot kechirgan bo‘lar edim”, ̶ deya hayol sura boshlabdi.
To‘satdan uning qulog‘iga:
— O‘ktam! Hozir sen tilagingga yetasan! Qo‘lingni biron narsaga tekkizgin, darhol tillaga aylanib qoladi,- degan ovoz eshitilibdi.

Halollik haqida ertak

O‘ktam o‘z quloqlariga ishonmabdi. Shunday bo‘lsa ham, bir toshga qo‘l tekkizgan ekan, tosh tillaga aylanib qolibdi.
O‘ktam o‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketibdi. “Endi yer sotib olaman, dang‘illama uy quraman, atrofini bog‘-rog‘… Chiroyli ot va yaxshi kiyim-boshlar sotib olaman”, – deb o‘ylabdi.
U o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida, qattiq charchagani va qorni ochiqqanidan yurishga darmoni yo‘qligini sezibdi.
“Ertalab uydan olib kelgan ovqatlarimni yeb olay”, – deb daraxt oldiga qo‘ygan to‘rvachasiga qo‘lini cho‘zibdi. O‘ktam nonni tishlab ko‘rsa, qattiq emish. Non ham tilla bo‘lib qolgan ekan.

Ayyor tulki haqida ertak

To‘rvachada olma ham bor ekan. O‘ktam shosha-pisha olmani olsa, u ham tillaga aylanib qolibdi. Buni ko‘rgan O‘ktam hang-u mang bo‘lib qolibdi.
O‘ktam qo‘rqib ketibdi. Endi qanday qilib yeb-ichadi? Bu tillalar bilan qanday qilib yashaydi? Bu ahvolda ochlik va tashnalikda o‘lib ketadiku!
Nimaga qo‘lini tekkizsa, tillaga aylanib qolayotganini, azoblanib, ochlik va tashnalikda o‘lib ketishini ko‘z oldiga keltirgan O‘ktam shularni hayolidan o‘tkazibdi.
Shu payt u ko‘zlarini ochib, daraxt soyasida o‘tirganini ko‘ribdi-da, xomhayol qilganini anglabdi. Buni tush ekanligini bilgach, yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘libdi.
—Xudoga ming qatla shukur-a, bularning bari yomon tush ekan! – debdi u.

Uddaburon olmaxon haqida ertak

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
  2. Otajonlar haqida ertak
  3. Do’st va do’stlik haqida she’rlar
  4. Kitob haqida chiroyli sherlar
  5. Bolalar uchun she’rlar

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Poliz ekinlari haqida topishmoq
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. Topishmoqlar javoblari bilan
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x