Ayyor tulki bolajonlar uchun ertak – Eng qiziqarli ertaklar. Kunlarning birida ayyor tulki yo’lda ketayotib bir qarg’ani ko’rib qoldi. Uning qorni juda och edi. Bir xamla bilan qarg’ani tutib olmoqchi bo’lib unga o’zini tashlabdi. Qarg’a o’trigan joyda chuqur quduq bor edi. Nogohon, tulki o’sha quduqqa tushib ketdi. Suv kam edi, u cho’kib ketmadi, lekin balandligi bois u yerdan chiqib ham keta olmadi. Barcha harakatlari bekor ketgan tulki endi nima qilish kerakligi haqida bosh qotira boshladi. Ittifoqo o’sha yo’ldan bir echki o’tib qoldi. U quduq bo’yiga kelib qaradi va u yerda tulkini ko’rdi.
– E, tulki, u yerda nima qilib o’tiribsan?
– Dam olib o’tiribman – javob berdi tulki.- Tepa juda issiq, bu yer salqingina ekan! Muzdek suv ichishni xohlamaysanmi?
Echki ham juda chanqab turgan edi.
– Muzdek suv deysanmi? – so’radi echki.
– O! Qanday mazza!- javob berdi tulki.- Xohlasang yonimga tush. Bu yerda ikkimizga ham joy yetarli.
Echki quduqqa sakrab tushdi va dedi:
– Eh, sen. Salqingina joyda mazza qilib o’trigan ekansan-da!
Tulki esa bir sakrab echkining beliga, keyin bir sakrab quduqdan chiqib olibdi va echkiga bir irshayib qarabdi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Echki bo‘lsa, tulkiga aldanib quduqda qolaveribdi. Ayyor tulki bolajonlar uchun ertak sizga yoqqan bo’lsa boshqasini o’qib ko’ring.
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- 8-mart haqida she’rlar
- Otajonlar haqida ertak
- Mustaqillik haqida she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Odam va uning tana azolari haqida she’rlar
- Chol’gu asboblari haqida ertaklar
- O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami