Fil bilan xo’roz ertagi ham bolajonlar uchun yaxshi ertaklardan bir. B’ir bor ekan, bir yo’q ekan, dakan Xo’roz bilan Fil bo’lgan ekan. Kunlardan bir kun dakan Xo’roz Filning oldiga kelib, qattiq qichqiribdi:
Qu-qu-qu-quv!
Fil hayron bo’lib: “Muncha chiranadi bu”, – deb o’ylabdi. Xo’roz hamma- yoqni titib, cho’qib, don terib yeyaveribdi. Yana:
Qu-qu-qu, quv-v-v! — deb qichqiraveribdi.
Uning ovozini eshitib: “Bir boplay buni”, deb o’ylabdi Fil va unga qarab shunday debdi:
Kim ko’p ovqat yeydi, senmi yo menmi?
Xo’roz:
Men ko’p yeyman! – debdi chiranib.
Ular “kim ko’p ovqat yer ekan”, deb garov bog’lashibdi.
Fil juda ko’p ovqat yebdi, keyin to’yib uyquga ketibdi. Uyg’onib qarasa, xo’roz hali ham donlab yurgan emish. Fil yana ovqat yeya boshlabdi. Ovqatni yeb bo’lib, yana uyquga ketibdi.
Bir vaqt uyg’onib qarasa, kech bo’lib qolibdi. Xo’roz bo’lsa hali ham donlab yurgan emish.
Don terib yeb, tez-tez:
Qu-qu-qu! – dermish Xo’roz.
Yeb to’ymas ekan-ku! – debdi Fil hayron bo’lib. – Bunaqa jonivorni sira ko’rgan emas man.
Xo’roz garovda yutgach, o’zicha: “Filning ustiga chiqib, bir tomosha qilay”, deb o’ylabdi. U pirr etib uchib, Filning ustiga chiqibdi. Filning jon-poni chiqib ketibdi:
Voy-dod! Meni yeb qo’yadi! – deb qichqiribdi-da, shu qochganicha o’rmonga kirib ketibdi.
Xo’roz bo’lsa uning orqasidan qarab, qanotlarini tapillatib: – Qu-qu-quv! Men zo’rman! – deb qichqiribdi. Fil bilan xo’roz ertagi yoqqan bo’lsa buni ham o’qing.
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
- Navro’z haqida ertaklar to’plami
- Mustaqillik haqida she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Hasharotlar haqida ertaklar to’plami
- Chol’gu asboblari haqida ertaklar
- O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami