Dubdaraxti bilan qo’ziqorin ertak ham bolajonlar uchun juda foydali ertak hisoblanadi. Yosh dub daraxtining yonginasidan qo‘ziqorin o‘sib chiqibdi, o‘zi semiz, qalpog‘I bir yoqqa qiyshaygan emish.
– Amaki, necha yoshga kirdingiz? – deb so‘rabdi qo‘ziqorin dub daraxtidan.
– Beshga qadam qo’ydim, — debdi dub.
– Men endigina dunyoga keldim. Shunday bo’lsa ham, sizga yetay deb qolibman-a. Shu o’sishda ketaversam, keyin nima bo’ladi? Amaki chetroqqa chiqib tursangiz-chi, menga joy torlik qilib qoladiganga o’xshaydi, — debdi qo’ziqorin.
– Hovliqma! Uch-to’rt kun sabr qil-chi, u yog’i nima bo’lishini keyin ko’ramiz, — debdi dub daraxti.
Bir kun o’tibdi, ikkinchi kun ham o’tibdi. Qo’ziqorin kunlab emas, soatlab o’saveribdi. Dub daraxti uning bu o’sishidan tashvishga tushib qolibdi. Lekin qo’ziqorin uchinchi kuniga o’tganda bir yonga qarab egilib ketaveribdi.
— Dub amaki, siz hali ham tik turibsiz- mi? — debdi qo’ziqorin.
– Ha, turibman, — debdi dub. – Men yonboshimga qiyshayib ketyapman, boshimga ham bir balo bo’lganga o’xshaydi, — debdi qo’ziqorin.
Ko’p o’tmay qo’ziqorin yiqilib tushibdi. Dub daraxti bo’lsa hali ham tur- ganmish. Dubdaraxti bilan qo’ziqorin ertagi.
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
- Otajonlar haqida ertak
- Do’st va do’stlik haqida she’rlar
- Kitob haqida chiroyli sherlar
- Bolalar uchun she’rlar
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Poliz ekinlari haqida topishmoq
- Chol’gu asboblari haqida ertaklar
- Topishmoqlar javoblari bilan
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami