Yo’lbars bilan tulki bolalar uchun ertak sizlarga albatta yoqadi.Bir kuni Tulki qalin o’rmon ichiga kiribdi. To’satdan uning ro’parasidan Yo’lbars chiqib qolibdi.
Tulki qo’rqib ketib, qocha boshlabdi. Yo’lbars esa uni quvibdi. Yo’lning o’rtasidan jarlik chiqib qolibdi. Tulki yugurishdan to’xtabdi-da, bir tosh ustiga chiqib olib yig’lay boshlabdi.
Yo’lbars hayron bo’lib so’rabdi:
Nega yig’layapsan, Tulkivoy?
– Men sizni ko’rishim bilan darrov otangiz yodimga tushib ketdi. Ular shunday epchil edilar- ki, hatto eng katta jarliklardan ham sakrab o’ta olar edilar. Endi bo’lsa bunaqangi epchillikni menga ko’rish qayda, deysiz?
Yo’lbars Tulkining oldida maqtangisi kelib, jardan sakrab o’tmoqchi bo’libdi-da, jarga tushib, til tortmay o’libdi.
O’zim ham biluvdim-a, hali otangizga yetishingizga ancha bor! — debdi ayyor Tulki va o’z yo’liga ravona bo’libdi. Yo’lbars tulki bolalar ertak sizga yoqqan bo’lsa boshqasini ham o’qing.
Shirin uyqu ertagi
Bir odamning uchta o’g’li bor ekan. Shu odam o’layotganida bolalariga: “Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng”, — deb vasiyat qilibdi. Bu gapni ikkita katta o’g’li bir xil tushunibdi, kichik o’g’li esa boshqacha tushunibdi. Ikkita katta akasi yerlarga suv sepib, chorpoyani qurib, katta ко’rpani to’shab, “uyquni shirin qilish” shunday bo’ladi-da, deb yotaveribdi. Keyin ust-ustiga har xil shirin taomlarni yeb, “ovqatni shirin qilib yeyish” mana bunaqa bo’ladi deb yuraveribdi. U yoqqa ag’anab, bu yoqqa ag’anab yota-yota ovqatlari ham singmay, yegan ovqatining ham, uxlagan uyqusining ham mazasini bilmabdi. Axiri, yeyishga ovqatlari qolmay, kambag’al bo’lib qolishibdi.
Kichkinasi ishlab-ishlab kelib, quruq yegan noni ham shirin, ichgan choyi undan shirin, uxlasa uyqusi ham shirin bo’lar emish. Shunday qilib, uning borgan sari davlati ziyoda bo’lib, uyqusi shirin, ovqati mazali bo’lib boravergan ekan.
Qani, ayting-chi, ota vasiyatini qaysi o’g’il to’g’ri tushuna olgan ekan?
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
- Otajonlar haqida ertak
- Do’st va do’stlik haqida she’rlar
- Kitob haqida chiroyli sherlar
- Bolalar uchun she’rlar
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Poliz ekinlari haqida topishmoq
- Chol’gu asboblari haqida ertaklar
- Topishmoqlar javoblari bilan
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami