Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Uddaburon olmaxon bolajonlar uchun ertak

Uddaburon olmaxon bolajonlar uchun ertak

by administrator

uddaburon olmaxon ertakUddaburon olmaxon bolajonlar uchun ertak sizlarga albatta yoqishiga ishonamiz. Qalin qor yog‘ib, o‘rmon ham, jonivorlar ham uyquga ketibdi. Ko‘zlarini ochsa-a… Yangi yilga bir kun qolgan emish. Shoshib qolishibdi: Yangi yilni kutib olishga kim chiqadi? Yana, eng baland tog‘ning tepasidagi eng baland archaga! Muhimi, shartni bajarish kerak: archa uchidagi taqvim – yilnomaning so‘nggi varag‘ini olishga ulgurish kerak. Bo‘lmasa o‘rmonga Yangi yil kirib kelmaydi. Hamma shundan tashvishga tushibdi. Ular uzooq uxlab qolishganiga ming pushaymon bo‘libdi. Darhol ro‘yxat tuzishibdi: ayiq, tulki, quyon, maymun, mushuk… Va nihoyat, olmaxonni ham yoqtirmaygina navbatga qo‘yishibdi.

Buzoq echki va qo’zi haqida ertak

– Tezroq ulgurishimiz kerak. Tezroq! – debdi jonivorlar bir-biriga.
Ayiq tepaga chiqishni boshlabdi-yu, zumda qaytib tushibdi. Tulki u yon-bu yonga o‘tib, nimadir demoqchi bo‘libdi. Ammo eplolmayman, deyishdan uyalib, sir boy bergisi kelmabdi.
– Bir, ikki, uch, to‘rt, – hali besh aytilmasdan gupillab yiqilgan ovoz eshitilibdi.
– Boshim aylandi, – debdi tulki, – mazam yo‘q edi.

Ayyor tulki haqida ertak

Maymun qo‘llarini uzatib, shoxga tirmasha boshlabdi. Hamma “zo‘r-zo‘r” deya baqiribdi. Ammo archaning shoxlari ingichkalashgan joydan bir qarich ham o‘tolmabdi. Quyon bilan mushuk ulardan ancha balandlabdi. Lekin ko‘zlagan joyga chiqisholmabdi. Kun qoraygandan qorayibdi.

Halollik haqida ertaklar

Navbat olmaxonga kelibdi.
– Qattiq izg‘irin essa, ehtiyot bo‘l, – debdi tulki. – U yoq-bu yoqqa uchib ketsang, seni qidirib yurmaylik.
Olmaxon jajji qo‘llarini puflab isitganday bo‘libdi. So‘ng bir sakrab, archa shoxlariga tirmashibdi.
Yana sanoq boshlanibdi: yetti deganda, olmaxon olislab marraga yetganday ko‘rinibdi. Hamma qarsak chalib yuboribdi:  ammo olmaxon ko‘zga ko‘rinmay qolibdi. Ular qo‘llarini karnay qilib olmaxonni chaqiribdi.
Endi gapni olmaxondan eshiting: u marraga yetib, soatiga qarasa, hali vaqt bor emish: balandlikdan tog‘-u o‘rmonni kuzatish mazza ekan, deb atrofga qarabdi. Qizil chiroq ko‘ringanday bo‘libdi. U qizil qalpoq kiyib, qop orqalagan Qorbobo ekan. Yonida zangor kiyimdagi Qorqiz. Qo‘lidagi kitob yaltirab, raqamlar jilolanarmish. Olmaxon uni yaqindan ko‘rgisi kelibdi… Hali ulguraman, deb archa shoxlarini zinapoya qilib, ular tomon shoshibdi. Salom beribdi. Qarasa, yaltirayotgan raqamlar – Yangi yilnoma ekan. Uni silabdi. Shunda Qorbobo bilan Qorqiz taqvimni olmaxonga sovg‘a qilibdi.
U yana soatiga qarabdi: ulgurish kerak. Kelgan yo‘lidan iziga qaytibdi, eski yilnomaning so‘nggi varag‘ini uzishi bilan bong urilibdi. Shunda archaga yangi taqvimni ilibdi. Hammayoq yorishib ketganday bo‘libdi. Jonivorlar hang-u mang bo‘lib qolibdi. Ular olmaxon bilan quchoqlashib ko‘rishishibdi. Mo‘’jizakor o‘rmon ham uyqusini yo‘qotib, qarsak chalarmish.

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
  2. Otajonlar haqida ertak
  3. Do’st va do’stlik haqida she’rlar
  4. Kitob haqida chiroyli sherlar
  5. Bolalar uchun she’rlar

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Poliz ekinlari haqida topishmoq
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. Topishmoqlar javoblari bilan
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x