Bosh sahifa » Ertaklar to'plami » Buzoq, echki va qo’zi bolajonlar uchun ertaklar

Buzoq, echki va qo’zi bolajonlar uchun ertaklar

by administrator

Buzoq, echki va qo‘zi

Buzoq, echki va qo‘zi bolajonlar uchun eng sevimli ertaklar dan biri hisoblanadi.Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan.

Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa xotini bilan ularga ergashib ko‘chib keta berar ekan.

Bir qancha vaqt o‘tgach, dangasaning xotini har kimning ishini qilib, bir oz pul topibdi.

Hallolik haqida ertak

Kunlardan bir kun dangasaning xotini topgan pulini berib, aytibdi:

— Biz ham mol qilib, yaylovga ko‘chib boraylik, bozordan bir mol sotib oling.

Dangasa bozorga tushib katta hayvonlardan sotib olishga puli ozlik qilibdi, yurib-yurib oxiri bir qo‘tir uloqni sotib olibdi.

Yana bir hafta o‘tgandan keyin dangasaning xotini uning qo‘liga: «mol oling», deb yana bir oz pul beribdi.

Dangasa bozorga borib bir qo‘tir qo‘zi sotib olibdi.

Yana bir hafta o‘tgandan keyin dangasaning xotini uning qo‘liga yana pul berib:

— Bozordan bir mol sotib oling, — debdi. Dangasa bozorga borib, bir qo‘tir buzoq sotib olibdi.

Zolim podsho haqida ertak

Shu orada bahor kiribdi. Boylar mol-hollari bilan yaylovga ko‘cha boshlabdilar.

Dangasa olib kelgan mollariga qaramay, xotini bilan boylarga qo‘shilib ko‘chib keta beribdi. Xotini ham «molimiz boylarning mollari ichida yurgandir», deb xotirjam bo‘lib keta beribdi. Dangasaning qishi bilan yashagan joyida ham o‘tlar chiqib, oradan ko‘p vaqt o‘tmay uning qarovsiz qolgan mollari semirib ketibdi. Endi buzoq buqa, uloq serka, qo‘zi qo‘chqor bo‘libdi. Uchalasi kunda birga o‘tlab kelib uyda yota beribdi.

Kunlardan bir kuni uyga bo‘ri kirib qolibdi.

Ularni ko‘rib o‘ziga uch kunlik ovqat deb mo‘ljallab xursand bo‘lib, ashula aytibdi:

Dingirdik-dingirdik

Buzoqcha ham bir kunlik

Dingirdik-dingirdik

Uloqcha ham bir kunlik.

Dingirdik-dingirdik

Qo‘zichoq ham bir kunlik.

Shunda aqlli buzoq o‘ylab turib, bo‘riga bir siyosat qilib ko‘rmoqchi bo‘libdi: Buzoq turib:

— Echki, sen eshikni to‘s, qo‘y, sen teshikni to‘s, — deb buyruq beribdi.

Buzoq tilini chiqarib bo‘kira bergandan keyin, bo‘ri qo‘rqib ketibdi, nima qilishini bilmay, uydan yugurib chiqib qochib ketibdi.

Bo‘ri shoshilib qochib ketayotganida sakkizta bo‘ri bir yerda to‘planib turgan ekan. Ulardan biri:

— Ey, og‘ayni, nimaga qochib ketayotibsan? —  deb so‘rabdi.

Bo‘ri:

— Mana bu yerda buzoq-buqa, serka-taka, qo‘zi-qo‘chqor uchovi meni o‘rtaga olib qolgan edilar, arang ularning oldidan qochib ketayotibman, chaqqonlik va abjirlik qilib qochib qoldim, bo‘lmasa, o‘lar edim, — debdi.

Ayyor tulki haqida ertak

Bo‘rilar aytibdi:

— Shoshma, bizni ularning oldiga boshlab bor, ularni bir yeylik.

Dangasaning mollari ham bo‘rilarning to‘dalanib kelishini bilib, o‘zlarini panaga olibdilar. Hovlida bir tup o‘rik bor ekan. U o‘rikning ayrisiga echki bilan qo‘zi buzoqni bir amallab ko‘tarib chiqazib qo‘yibdilar. Uning ketkdan shu o‘rikka qo‘zi keyin echki chiqib yashirinibdi.

Birdan hovliga to‘qqiz bo‘ri kirib kelibdi. Bo‘rilar uyni, molxonani qarab, qidirib-qidirib buzoq, echki, qo‘shni topolmay, boshlab kelgan bo‘rini «bizni aldading», deb koyibdilar. Qochib borgan bo‘ri:

— Xuddi mana shu yerda ko‘rgan edim, — deb ularni ishontiribdi.

To‘qqiz bo‘ri o‘rik ostiga to‘planib fol ochibdilar. Shu payt o‘rik ustidagi buzoq shoxga o‘rnashib turolmay sekin-sekin og‘a boshlabdi.

Shunda buzoq asta-sekin:

— Ey, og‘ib ketyapman, og‘ib ketyapman, — debdi. Echki:

— Tilingni tishla, tilingni tishla! — debdi. Axiri buzoq o‘rnashib turolmay gumbillab fol ochayotgan bo‘rilar ustiga ag‘anab tushibdi. Echki bo‘lsa, o‘rik ustidan turib:

— Fol ochganini ushla, fol ochganini ushla! —deb baqiribdi.

To‘qqiz bo‘ri qo‘rqib, to‘qqiz yoqqa qochibdi. Bo‘rilar qochib, borib-borib bir yerga to‘planibdilar. Eson-omon qutulganlari uchun shodlanib bir-biriga:

— Folchisini ushla, deb baqiradi, ular bizning folchimizni ushlab olgandan so‘ng avlod-ajdodimizni qo‘ymay quritar edi. Yaxshiki vaqtida qochib qoldik, endi boshqalarga ham aytaylik, bu yerlarga hech kelmasinlar, — deyishib jo‘nab qolishibdi.

Dangasaning mollari bo‘rilardan sog‘-salomat qutulib, semirib, xursand bo‘lib yuribdilar.

Kunlardan bir kuni dangasaning xotini:

— Ey, bizning mollarimiz bor edi, ular qayoqda qoldi? —  deb so‘rabdi.

Keyin er-xotin mollarini qidirib yo‘lga tushibdilar. Dangasaga ham g‘ayrat kiribdi.

Ular o‘z hovlilariga kelib ko‘rsalar, mollari o‘tlab yurgan ekan. Shu bilan er-xotin ham molga ega bo‘lib murod-maqsadiga yetgan ekan. Buzoq echki va qo’zi ertagi sizga yoqqan bo’lsa boshqa ertaklarimizni ham o’qib ko’ring.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. 8-mart haqida she’rlar
  2. Otajonlar haqida ertak
  3. Do’st va do’stlik haqida she’rlar
  4. Islomiy diniy she’rlar
  5. Ayollar haqida she’rlar

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Turli xil qiziqarli topishmoqlar
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. Topishmoqlar javoblari bilan
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x