Islomiy, Diniy chiroyli she’rlar to’plami – ushbu to’plamda eng sara Islomiy, Diniy chiroyli she’rlar joylashgan.
Qazo qildim
Mol dunyo deb,har kuni,
Ishlayabman kun-tuni,
Аfzal bilib uyquni,
Qazo qildim,Bomdodni.
Kiym kiyb kerilib,
Gʼijim boʼlar deb,ilib,
Yumushlarga berilib,
Qazo qildim,Peshinni.
Vaqti oʼtdi asrni,
Bitqazmadim qasrni,
Koʼring,men betasirni,
Qazo qildim,Аsrni.
Uyga kelib choy ichib,
Telvizorga,eh koʼchib
Robbim buyrugʼin kechib,,
Qazo qildim,men Shomni.
Nafs havoga toʼlib,
Goʼyo tiriklay oʼlib,
Charchash baxona boʼlib,
Qazo qildim,Xuftonni.
Tinim bilmay dunyoda,
Аmallarim riyoda,
Qildim gunoh ziyoda,
Qazo qildim,Namozni.
Sen notavon gumroh deng,
Benamoz deng…,osiy sen,
Bu xolimdan yigʼlab men,
Tavba qilay endi men.
Dunyoga berilib…
Dunyoga berilib kurdingiz kasr,
Mayli yashangiz yana bir asr.
Аbadiy emasdir kurilgan kasr.
Ulimni eslab turaylik axir.
Dunyo siz uchun balkim guzaldir.
Molingiz kupayib xayot asaldir.
Eslatay sizlarga Jannat afzaldir.
Ulimni eslab turaylik axir.
Nafsni tiyolmay dunyo deb yursak.
Shaytoni ayblab gunoxlar kilsak.
Аlloxdan kurkmay yulidan chiksak.
Ulimni eslab turaylik axir.
Odamlar bor ekan ulimdan kochar.
Nafsiga berilib dunyo deb ketar.
Baribir ungaxam ulim yetar.
Ulimni eslab turaylik axir.
Men karshi emasman boy bulishga.
Аllox bergan rizkni olishga.
Boglaning dunyoda xalol topishga.
Ulimni eslab turaylik axir.
Ulimni unutar dunyosi borlar.
Xayotim bir umir abadi derlar.
Xaromdan topib kurkmasdan yerlar.
Ulimni eslab turaylik axir.
Xar bir nafs ulimni tortar.
Muminlar dunyodan kiynalmay ketar.
Nafsini tiyganlar abadi yutar.
Ulimni eslab turaylik axir.
Ulimni eslagan Аlloxdan kurkar.
Ulimi kelguncha ibodat kilar.
Аlloxni raxmati ularga bular.
Ulimni eslatib turaylik axir!!!
Kim bor adashmagan
O’nqir cho’nqir bo’lsa umr yo’llari.
Xatolar qilmaydi kimning qo’llari.
Adashgan xatto haqning Valiylari.
KIM BOR ADASHMAGAN XATO QILMAGAN.
Hayajon vaxima domida qolib.
Imtixon chog’ida yanglishar tolib.
Bu sinov dunyosi kelganda g’olib.
KIM BOR ADASHMAGAN XATO QILMAGAN?
Cho’lg’anib ba’zida kim xon atlasga.
Aldanib gohida xoyu- havasga.
Bilmayin Do’st bilib nomard-nokasga.
KIM BOR ADASHMAGAN XATO QILMAGAN?
Insonni ne kutar bilmas yo’lida.
Hech kimni taqdiri emas qo’lida.
Shaytonga qo’l berib dunyo yo’lida.
KIM BOR ADASHMAGAN XATO QILMAGAN??
Meni JANNAT larga yetaklang begim!.
Baxtimdan lol qolsin xatto XURlarxam,
Ikki dunyo seving o’ksitmang ko’nglim.
Taxsin aytsin xatto FARISHTAlarxam,
Meni JANNATlarga yetaklang begim.
NAMOZim bo’lmasin dunyo deb qazo,
O’rgating QUR’ONni qalbim nurlansin,
Toki JAXANNAMda olmayin jazo.
Meni JAXANNAMdan asrang sultonim.
Toki qovrulmasin o’tda bu tanim.
Doim ALLOX uchun seving bu qalbim.
Bizni ALLOX suysin shu meni baxtim.
Meni JANNATdaxam alishmang aslo.
Xech qanday xurliqo go’zal xurlarga.
Aslida menxam alishmam sizni.
O’tkinchi xavasu zaru durlarga!.
Sizga nima bo’ldi aziz singillar
Or nomus yig’laydi iymon yig’laydi
Xatto norasida go’dak yig’laydi
Oila buzulishlar vijdon yig’laydi
Sizga nima bo’ldi aziz singillar
Yengil yshayman deb oshiqmang sira
Shirin so’zga uchib adashmang sira
Yengiltaklik asli xunuk manzara
Aqlingizni yig’ing singillar
Bu xayot o’tkinchi jannat abadiy
Savob qiyinchilik gunox yoqimli
Jannatga intiling bo’lmang do’zaxiy
Sabirsiz gunoxkor bo’lmang singillar
Aka or nomusi Ota g’ururi
Bo’ling siz doimo jannatni xuri
Besh kunlik o’tadi dunyo sururi
Otangiz boshini egmang singillar
Yetim qilmang jajji farzandingizni
Saqlang oila g’urur nomusingizni
Xudo ko’rib turar xar ishingizni
Xudodan qo’rqinglar endi singillar
Joynamozni bering onajon
Gunohlarim oshdi boshimdan,
Savobim kam o’tgan yoshimdan.
Hatolarim ketmas qoshimdan,
Joynamozni bering onajon
Ruju qo’ydi g’aflatga yurak,
Bunday yurak kimga ham kerak.
Hayollarim be’mani ertak,
Joynamozni bering onajon.
Bevaqt kelsa o’lim farishta,
Farqi bo’lmas har qanday ishda,
Kim biladi ne bor bu boshda,
Joynamozni bering onajon.
Ba’zan berdim ko’ngilga ozor,
Yig’latdim ham yig’ladim zor zor.
Borar joyim bir manzil mozor,
Joynamozni bering onajon.
Men befahm nodon bandaman,
Namozlarda juda kandaman.
E’tiqodi sus sharmandaman,
Joynamozni bering onajon.
Umrim hali tugab bitmasdan,
Ota onam rizo etmasdan.
Bu savlatim qulab ketmasdan,
Joynamozni bering onajon.
Yomonlarning tuzoq to’riga,
Yemish bo’lmay och ko’z bo’riga.
Kirib qolmay shayton yo’liga,
Joynamozni bering onajon.
Sajda qilay kechayu kunduz,
Yaratguvchi egam Allohga,
Ummat bo’lish nasib aylasin,
Payg’ambarim Rasulullohga.
Haq yo’lini unutib qo’yma
Og’zing burning yog’ga to’lsa ham,
mayli noming ulug’ bo’lsa ham,
shayton yo’ldan urub tursa ham,
haq yo’lini unutib qo’yma.
gerdaygancha labingni burib
Yurubsanda ko’ksingni kerib,
Qolma yana ikki bukilib,
haq yo’lini unutib qo’yma.
Davringni sur yashagin ammo,
Bu boshingingga topma muammo.
Hayotingda istasang ma’no,
haq yo’lini unutib qo’yma.
Tanang doim mehnatda bo’lsin;
Qalbing lekin xudoni bilsin,
joynamozga boshing egilsin,
Haq yo’lini unutib qo’yma.
Xudoyberdi balki ertadur*,
Lekin ezgu yo’lga eltadur.
harom yo’llar harob etadur,
haq yo’lini unutib qo’yma.
Kafanda cho’ntak bo’lmaydi.
Yashamoq — taqdirga bitilgan izlar,
Ochildimi, xayhot, yumilgay koʼzlar.
Hargiz oliy boʼlmas ilmona soʼzlar,
Hayot mangulikka dastak boʼlmaydi.
Oʼrtada koʼrinmas ilohiy devor,
Koʼzlar — mahrumiyat ichra bir gʼubor.
Tarozi pallasi tenglikka dushvor,
Foniyot boqiyga oʼrnak boʼlmaydi.
Soʼnggi nafas chiqar, orzular oʼchar,
Oʼlim deganlari naqadar oʼjar.
Bu kecha nogahon bir yulduz uchar…
Oʼlimda afsona, ertak boʼlmaydi.
Xayrullo, koʼnglingga solgani — aniq:
Hayot bor budingni olgani aniq.
Berganing yoningga qolgani aniq…
Kafanda baribir choʼntak boʼlmaydi.
Ketaman
Beshavqat dunyoga keldim mehmonga
Gohida qo’shildim bilmay shaytonga
Bir kun topshiraman barin egamga
Qanday kelgan bo’lsam shunday ketaman
Iymon tark etmasin
Xudo asra bizni, vijdonsizlikdan,
shaytonning malayi bo’lib qolishdan,
Obro’ e’tibor-u, faqir chog’da ham
iymon tark etmasin, qalblardan aslo.
bugunga bog’lanib, o’tgan o’tmishni,
yoddan chiqarmangiz, kechgan kechmishni,
boshingizdan oshganda g’am-u tashvishlar
iymon tark etmasin qalblardan aslo
ajdodlarni nomin qora qilmayin
4 kunlik dunyoda, Zolim bo’lmayin,
tubanlikning botqog’ida cho’milmayin
iymon tark etmasin qalblardan aslo.
Har kim aytaverar o’zin dardini
Gunoxlarin kechir Xudoyberdini
gina-kudrat unut qildim barini,
iymon tark etmasin qalblardan aslo.
Mayli dunyo bo’lsin, og’ir beshavqat,
Sinovlari azob, qilmasa shavqat
yorug’lik ham kelar, qilsangiz toqat
iymon tark etmasin qalblardan aslo..
Bir kuni ketaman osmonlarni quchib
Bir kuni ketaman osmonga uchib
Muzdek tanam qolar tuproqni quchib
O’zim bilan birga olib ketaman
Haqiqiy sevgimni ruximga bichib
Bir kuni ketaman osmonga uchib
Qilgan ishlarimga javob bergani
Savob tarozisi og’irlik qilsa
Jannat bog’laridan xurmo tergani
Bir kuni ketaman osmonga uchib
Do’stlarim ko’zini namlatib qo’yib
Meni ko’rmoqlikka ko’zi yo’qlarni
Dushmanin bittaga kamlatib qo’yib
Bir kuni ketaman osmonga uchib
Keragim bo’lganlar balki izlaydi
Lekin topolmayin tabassumimni
Dillari sog’inchdan qotib muzlaydi
Bir kuni ketaman osmonga uchib
U kuni kelishdan aslo qo’rqmayman
Yolg’ondan yo’g’rilgan ushbu dunyoga
Qo’nmayman xech qachon qaytib qo’nmayman
Bir kuni ketaman osmonga uchib
Xozircha tirikman xozircha borman
Olloh chaqiradi keragim payti
Xozircha yerga bir ermaklik jonman
Bir kuni ketaman osmonga uchib
Muzdek tanam qolar tuproqni quchib …
islomiy diniy she’rlar yoqdimi.