Fil bilan Maymun bolalar uchun ertak bolajonlar uchun.
Bir kuni o‘rmonda fil bilan maymun bahslashib qolishibdi.
–Men kattaman. Kuchim ham ko‘p. Daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlay olaman. Sening qo‘lingdan nima keladi?
–Men sendan ko‘ra chaqqonman. Istagan daraxtga chiqa olaman. Daraxt-ning shoxiga dumim bilan osilib o‘ynay-man. Sen shunday qila olasanmi?
Ular o‘zlarini maqtab, bir-birini yerga urib zerikishibdi. Nihoyat bu masalani ajrim qilib berish uchun ukkining oldiga borishibdi.
–Bizning fikrimiz bir joydan chiq-mayapti. Qani, xolis ayt-chi, kuch yaxshimi, epchillikmi? – deb so‘rashibdi.
Ularning maqtanchoqligini ko‘rgan ukki:
–Buni oldin sinab ko‘rish kerak, – debdi. – Mana bu daryoning naryog‘ida bir tup olma daraxti bor. Sizlar borib shu olmadan menga ikki dona olib kelib beringlar. Men shunga qarab ajrim qilaman.
Fil bilan maymun yo‘lga tushishibdi. Ammo pishqirib oqayotgan daryodan o‘tishga maymunning yuragi betla-mabdi.
Daraxtning oyog’i haqida ertak
–Ke, ustimga minib ol, – debdi fil g‘urur bilan. – Men kattaman kuchim ham ko‘p. Bunday suvdan kechib o‘tish menga hech gap emas.
Maymun filga minib daryodan o‘tibdi. Ular ukki aytgan olma tagiga kelishibdi. Biroq olma daraxti shu qadar katta, baland o‘sgan ekanki, uning mevalarini pastdan turib terish mumkin emas ekan. Fil daraxtni ildizi bilan sug‘urib olmoqchi bo‘libdi. Ammo kuchi yet-mabdi.
–To‘xta, behuda urinma, – debdi maymun maqtan-choqlik bilan. – Bu ish faqat mening qo‘limdan keladi. Mana qarab tur, – debdi maymun pildiraganicha daraxt tepasiga chiqar ekan.
Maymun chiqib eng yaxshi pishgan olmalarni terib pastga tashlayveribdi. Fil ularni ilib olib bir joyga to‘plabdi. Ular olmalarni olib yana ilgarigi yo‘l bilan daryodan o‘tishibdi. Ukkining oldiga borib, olib kelgan olmalarni qo‘yishibdi.
–Xo‘sh, kuch yaxshi ekanmi, epchil-likmi? – deb so‘rabdi ukki.
–Albatta kuch-qudrat yaxshi, – debdi fil.–Hammasidan epchillik yaxshi, – deb yana o‘z gapini ma‘qullabdi maymun.
–Faqatgina kuch yoki epchillik yaxshi deb bo‘lmaydi, – debdi ukki. –Sizlar bir-biringizning yordamingizsiz olmani olib kelolmas edinglar. Daryodan filning kuch-qudrati tufayli o‘tdinglar. Olmani may-munnig epchilligi bilan terib oldinglar. Demak kuch bilan epchillik birlashgani yaxshi ekan. Fil bilan Maymun ertak.
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
- Otajonlar haqida ertak
- Do’st va do’stlik haqida she’rlar
- Kitob haqida chiroyli sherlar
- Bolalar uchun she’rlar
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Poliz ekinlari haqida topishmoq
- Chol’gu asboblari haqida ertaklar
- Topishmoqlar javoblari bilan
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami