Kaklik bilan quyon ertagi – bolajonlar uchun ertak. Qiziqarli ertaklar. Bir kuni kaklik bilan quyon kim yaxshi yashirinishga garov o’ynashibdi.
Birinchi bo’lib kaklik berkinibdi. U to’nkalar orasini chuqurroq kovlabdi- da, qazigan chuquriga kirib, ustiga xas-cho’plarni tashlab olibdi. Faqat panjalari tashqarida qolibdi.
Quyon kaklikni rosa qidiribdi, hammayoqni tintib chiqibdi, ammo kaklikdan nom-nishon topa olmabdi. Oxiri quyon qidirishdan, kaklik yashirinib yotishdan charchabdi. Shunda kaklik:
– Quyon bobo, berkinib yotaverib zerikib ketdim! Panjalarimga ilib qo’yilgan to’rvachangni tezroq ol! – debdi.
Quyon hayron qolganicha miyig’ida kulib to’rvachani ilib qo’ygan joyidan olgan ekan, kaklik yashirinib yotgan chuqurlikdan chiqib, patlarini xaschanglardan tozalabdi.
Yashirinish navbati quyonga kelibdi. U yaqinida turgan butalar orasiga kiribdi- da. nafas chiqarmay pisib yotibdi. Kaklik ham rosa qidiribdi. Tevarak-atrofni qancha qidirmasin, baribir quyonni topa olmabdi. Shunda kaklik qah-qah urib kulib:
– Yashiringan joyingdan chiqa qol, quyon bobo, men seni ko’rib turibman! -debdi.
Quyon uning gapiga laqqa tushib, berkinib yotgan joyidan otilib chiqibdi! Kaklik uni butunlay ko’rmayotganligini quyon bechora xayolga ham keltirmagan ekan.
O’zingiz ay ting: kirn ayyor — kaklikmi yo quyonmi?
Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :
- Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
- Navro’z haqida ertaklar to’plami
- Mustaqillik haqida she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
- O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami
Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :
- Hasharotlar haqida ertaklar to’plami
- Chol’gu asboblari haqida ertaklar
- O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
- Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
- O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami