Arslon уа quyon haqida bolalar uchun ertak

arslon va quyoncha ertagiArslon уа quyon haqida bolalar uchun ertak sizlar ham albatta yoqadi.

Qalin butazor ichida bir quyon yashar ekan. Barcha quyonlar kabi u ham qo’rqoq bo’lib, uyasi oldidan nari ketmas ekan. Kunlardan bir kuni u:  «Ertadan-kechgacha yotaverib ham zerikib ketdim. Botir bo’lmoq va atrofda, umuman, dunyoda nimalar bo’layotganini ko’rmoq kerak», degan qarorga kelibdi.

U uyasidan chiqib, atrofga nazar tashlab, o’zini bardam ko’rsatmoq uchun tishlarini tirjaytirib, chakalakzor tomon yo’l olibdi.

Bir vaqt qarshisidan  arslon chiqib kelgan ekan, quyon qo’rqqanidan qotib qolibdi.

Arslon yaqin kelibdi-da, tishlarini g’ijirlatib:

Ey, uzunquloq, qo’limga  tushding-ku, endi seni yeyman, – debdi.

Tulkiboy haqida ertak

Quyon o’zini bardam tutishga harakat qilib, arslonga shunday debdi:

– O’zing bilasan, yesang ham bo’laveradi. Lekin men bir sirni bilaman, uni senga aytishim mumkin.

– Gapir siringni, tezroq bo’l!

– Sen juda kuchlisan. Men sening qudratingga, kuchingga ishonaman. Ammo shu yaqindagi quduq tubida yana bir arslon bor, seni tilka-pora qilaman, deb maqtanib yuribdi. Avval u bilan uchrashib, esini joyiga keltirib, keyin meni yesang bo’larmidi? Axir, men hech qayerga qochib ketmayman.

Arslonning g’azabi kelib:

– Qayerda u? Meni uning yoniga olib bor! – debdi. Quyon uni yaqin-o’rtadagi bir quduqqa boshlab boribdi-da:

– Mana bu yerda, o’zing bir qara, – debdi. Arslon suvda o’zining aksini ko’rib, o’kirishga tushibdi:

– Nahotki, men undan kuchli bo’lmasam? Nima, u men bilan kuch sinashmoqchimi? Hozir unga kuchimni ko’rsatib qo’yaman.

Shunday deb Arslon o’zini quduqqa tashlab, cho’kib ketibdi.

Quyon bo’lsa hech gap bo’lmagandek pildiragancha jo’nab qolibdi. Arslon уа quyon ertak tugadi.

Barcha ertaklar to’plami

Bolajonlar o’rganishlari uchun eng sara she’rlar to’plami :

  1. Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
  2. Navro’z haqida ertaklar to’plami
  3. Mustaqillik haqida she’rlar to’plami
  4. O’zbekiston bayrog’i she’rlar to’plami
  5. O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar to’plami

Eng sara topishmoqlar to’plamidan ham bahramand bo’ling :

  1. Hasharotlar haqida ertaklar to’plami
  2. Chol’gu asboblari haqida ertaklar
  3. O’yin va o’yinchoqlar haqida topishmoqlar to’plami
  4. Uy xo’jalik asboblari haqida sara topishmoqlar
  5. O’simliklar haqida sara topishmoqlar to’plami

Manba