Mundarija
Gadoiy g’azallari.
Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri, aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan.
Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xususan, uning g‘azallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim g‘azal va qitalarida shoirning o‘z hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. She’riyatida «charx jafosi», «ro‘zg‘or javri»dan fig‘on, «g‘urbat mehnati» va «rohiblar tazyiqidan» shikoyat ohanglari seziladi.
Gadoiy she’rlari aruzning xalq qo‘shiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, sho‘x va o‘ynoqi. Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida noma’lum kotib tomonidan ko‘chirilgan «Devoni Gado» asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 g‘azal, 1 mustazod, 1 kasida, 5 qit’a, tuyuq kirgan. «Devon»dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li Halil Sulton madhiga bag‘ishlangan. Devon qulyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. № 981), mikrofilmi va fotonusxasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Gadoiyning forsiydagi she’rlari Fahri Hiraviyning «Radoyif ul-ash’or» tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy she’rlari Turkiya (1960) va AQSh (1971) da bosilib chiqqan.
Mubtalo bo‘ldi yana.
Ohkim, devona ko‘nglum mubtalo bo‘ldi yana,
Bu ko‘ngulnung ilgidin jong‘a balo bo‘ldi yana.
Do‘stdin oyirdi bu charxi jafo gustar yana,
Ey darig‘o, hojati dushman ravo bo‘ldi yana.
Necha bo‘lsun, soqiyo, oxir g‘ubori xotirim,
Tut mayi sofiki, hangomi safo bo‘ldi yana.
Xushdurur, oyo, pari paykar bila gulgashtkim,
Bo‘stonu bog‘i Eram dilkusho bo‘ldi yana.
Oq evindin qo‘ymas erding chiqqali, ey shum raqib,
Shukrlillah borikim, yuzung qaro bo‘ldi yana.
Chini zulfindin dam urmog‘liq ne nisbat, ey abir,
Bu kinoyat bori sendin bas xato bo‘ldi yana.
Shod bo‘lg‘il, ey Gadokim, mavsumi navro‘zdin,
Gulbuni ummid babargu navo bo‘ldi yana.
Unutma.
Buti siyminbarim, bizni unutma,
Dudoqi shakkarim, bizni unutma,
Falakka yetti ohimning tutuni,
Ayo mahpaykarim, bizni unutma.
Chu toroj aylading jonu ko‘ngulni,
Ko‘zi g‘oratgarim, bizni unutma.
Sevar jonim, begim, xonim, umidim,
Azizim, dilbarim, bizni unutma.
Gado qonin jafo birla chu to‘ktung,
Qaroqi kofirim, bizni unutma.
Mashrab muxammaslari to’plami. Mashrab g’azallari to’plami
Sanga.
Ey ko‘ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga,
Vodiyi hijron ichinda o‘zga ne g‘amdur sanga.
Alhaq, ushbu lutfi xulqu husni istig‘no bila,
Kishvari ko‘rk ichra sultonlig‘ musallamdur sanga.
Ul ko‘zi o‘tluqni sevdung, o‘z hadingni bilmayin,
Ishq o‘ti har necha kuydursa hanuz kamdur sanga.
Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg‘a degin
Kim, necho‘k bodi sabo hamrozu hamdamdur sanga.
Ayb emastur gar parishonsen dag‘i oshufta hol,
Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga.
Meni ul sarvi xiromondin ayirma.
Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma,
Ul ko‘zlari nargis, guli xandondin ayirma.
Bu baxti parishong‘a, ayo kavkabi tole’,
Rahm ayla dag‘i, ul gulixandondin ayirma.
Ey charxi sitamgar, meni sargashtani zinhor,
Rahm ayla, dag‘i ul mahi tobondin ayirma.
Bu bandag‘a har javru jafoyeki qilursen,
Qilg‘in, vale ul hisravi xo‘bondin ayirma.
Gar xasta Gado qonina nogah kirar o‘lsang,
Jonindin ayirg‘il, vale jonondin ayirma.
Jonim fido.
Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo,
Ey nasimi ruhparvar, xayri maqdam, marhabo!
Emdi xushtur moh paykarlar bila gulgashtkim,
Bog‘i rizvontek chaman bo‘ldi latifu jonfizo.
Ushmunungtek faslda men vasli dilbardin yiroq,
Asru zulm o‘lg‘ay, ilohiy, tutmasun tengri ravo.
Garchi bor erdi burun andak g‘ubori xotirim,
Shukrlillahkim, muyassar bo‘ldi anvoi safo.
Xoh o‘ltur, xoh tirguz, ixtiyor ilkingdadur,
Ul sening nozu itobingg‘a mening jonim fido.
Baqoiy g’azallari va she’rlar to’plami
Jonim sanga.
Gar qabuliyatg‘a qobil tushsa jon jonim sanga,
Jonima minnat fido bo‘lsun, begim, jonim sanga.
Har kishi ko‘nglindagin oxir daminda fosh etar,
Arza qilg‘um men dag‘i holimni, sultonim, sanga.
G‘ofil o‘lma ko‘zlarimning yoshidinkim, nogahon
Mavj urubon yetmasun nogah bu to‘fonim sanga.
La’li serobingdin uzsam gar tama’ni, to abad
Suvdek ich, o‘lsun haloling bir ovuch qonim sanga.
Husn ganjidursenu ko‘nglum buzulg‘on go‘shaye,
Shukrknm, tushti qabul ush ganju vayronim sanga.
Mustadom o‘lsun kamoli husnu johingkim, bukun
Mehru mah hayron erur, ey, ko‘zi cho‘lponim, sanga.
Nechakim chekdim soching yangliq parishon holliq,
So‘rmading birkim, «Ne bo‘ldi, netti, darxonim, sanga?»
Vasli nigoro.
Vasli nigoru fasli bahoru sharobi nob,
Har kimga dast bersa zihi baxti komyob.
Bo‘stonu bog‘ farqina ko‘rkim, ne tortadur,
Har dam-badam takalluf uchun soyabon sahob
Kasbi kamol qildi chaman bodi subhdin,
Ahsan, ey nasim, hamin bo‘lg‘ay iktisob.
Mahbubi gul’uzor ila har kunji bog‘da
Aysh etki, bas g‘animat erur g‘arrai shabob.
Bir-bir varaq mutolaa qildi Gado borin,
Devoni ko‘rk ichinda seni topti intixobyu
Ajab-ajab.
Sarvaqtimizg‘a bir guzar etting, ajab-ajab,
Nogah ko‘z uchidin nazar etting, ajab-ajab.
Yuz ko‘rsatib gunash kibi burji kamoldin,
Shomi firoqimi sahar etting, ajab-ajab.
Ul g‘uncha vaslidin mango, ey bodi atrso,
Altof etib, ne xush xabar etting, ajab-ajab.
Hajring qarong‘usida giriftor egach ko‘ngul,
Ko‘nglum evini pur sharar etting, ajab-ajab…
Ul tosh bag‘irlu ko‘nglina oxir niyoz ila,
Ey ohi subhidam, asar etting, ajab-ajab.
Muncha takabburung bila, ey husn elina shoh,
Bir kun Gado bila basar etting, ajab-ajab.
Meningtek bir Gado bo‘lgaymu hech?
Husn ichinda bir seningtek dilrabo bo‘lg‘aymu hech?
Ishq eliga dog‘i mendek mubtalo bo‘lg‘aymu hech?
Yo rab, ul la’li labingdinkim, erur tafrihi ruh,
Bu mening dardumg‘a ummidi davo bo‘lg‘aymu hech?
Iltifot etmay raqib, asru qilur begonalik,
Ul o‘lumluk bizga bir kun oshno bo‘lg‘aymu hech?
Dast bermas chun yovuqdin hosid ilkindin salom,
Ko‘z yetar yerdin, habibim, marhabo bo‘lg‘aymu hech?
Asru beparvolig‘ingni hadtin oshurdung manga,
Iltifoting ul burunqitek yano bo‘lg‘aymu hech?
Ishtiyoqu dardu hasrat birla mundoq xoru zor
Ostoningdin yiroq o‘lsam, ravo bo‘lg‘aymu hech?
Garchi yo‘qtur ko‘rk ichinda sen bekin, sulton begim,
Barru bahr ichra meningtek bir Gado bo‘lgaymu hech?
Zahriddin Muhammad Bobur g’azallari. Bobur she’rlari
Bori nechukdur?
Yana begonasen, bori nechukdur?
Vafodin yonasen, bori nechukdur?
Qilib shart avvalu, oxir pushaymon,
So‘zungdin tonasen, bori nechukdur?
Vafo xud yo‘q, vale javru jafog‘a
Base mardonasen, bori nechukdur?
Raqiblardin haroson erding avval,
Yana begonasen, bori nechukdur?
Gadoni muncha aqlu fahm birla,
Deding: «Devonasen», bori nechukdur?
Ko’runur.
Bo‘stonki, latofatta parixona ko‘runur,
Sensiz manga bir manzili vayrona ko‘runur.
Bas mushkil erur bu mangakim, dardi dilimni
Har necha bitisam sanga, afsona ko‘runur.
Bir-bir bosib, ey sarvi xiromon, yururungda
Bo‘ying solishing asru zarifona ko‘runur.
Loya’qil o‘lur men kibi gar ko‘rsa jamoling,
Nosihki base oqilu farzona ko‘runur.
To sevdi Gado mehr ila sen mohliqoni,
Zarroti jahon ko‘zida begona ko‘runur.
Sochilur.
Har qachon la’ling tabassum qilsa shakkar sochilur,
Chun takallumdin dam ursa durru gavhar sochilur.
G‘olibo sen sunbulungni torading, ey jon, bukun
Kim, nasimi subhidamdin anbari tar sochilur.
Oy yuzungnung hasratinda har kecha tongga degin
Ko‘zlarimning yoshidin yer uzra axtar sochilur.
G‘oyati a’lo marotibdin dururkim, har sahar
Maqdamingda gunbazi aflokdin zar sochilur.
Bu Gado hasrat bila ko‘z ma’danidin dam-badam
La’ling uchun har qayon yoquti ahmar sochilur.
Mustazod.
Ey g‘amzasi fitna, ko‘zi fatton, o‘zi ofat,
rahm ayla bu jona,
Xatm o‘ldi sango saltanati mulki latofat,
ey shohi yagona.
Shaksiz, bu yurak qonina parvarda bo‘lubtur,
ul la’li ravonbaxsh,
Paydou muayyandur ayo koni zarofat,
ko‘p qilma bahona.
Chun qolmas emish nomu nishonu sitamu javr,
bedod nedindur,
Dod ayla, begimkim, o‘tadur davri xilofat,
ush kechti zamona.
Otqonda ko‘zung novaki dildo‘zni har yon,
ey sho‘xi jafokish,
Har necha bor zrdi aroda bu’di masofat,
shon erdi nishona,
Jondin ramaqi qoldi Gadoning badanida,
ey ruhi mujassam,
Shirin dudoqingdin qadare qilg‘in izofat,
tirguz ani yona.