Bosh sahifa » Sherlar » Mashrab muxammaslari to’plami. Mashrab g’azallari to’plami

Mashrab muxammaslari to’plami. Mashrab g’azallari to’plami

by administrator

Mashrab muxammaslari to’plami. Mashrab g’azallari to’plami

Mashrab Muxammaslari

Mashrab Muxammaslari

AFSONA BO’LMAGUNCHA

Ishqingda yonmas oshiq devona bo’lmag’uncha,
Sham’ingga kuymagay ul parvona bo’lmag’uncha,
Bog’lab belin bu yo’lda mardona bo’lmag’uncha,
Boshg’a olib malomat afsona bo’lmag’uncha,
Sevmas salafin sarrof durdona bo’lmag’uncha.

Sansiz manga, nigoro, ikki olam kerakmas,
Taxtu baxti Sulaymon, manga Hotam kerakmas,
Xizr umri zindaligi manga ul ham kerakmas,
Sansiz o’lay, duo qil, manga bul dam kerakmas,
Jonu tanim qolmadi begona bo’lmag’uncha.

Arshing kuyar ohimdin tongla bo’lsa Qiyomat,
Insu malak titrashib aytur: «Nechuk alomat?»
Huru g’ilmon, bihishting etishurlar nadomat,
Chiqsa ohim uchquni hech kim qolmas salomat,
Qolmas molik do’zaxing so’zona bo’lmag’uncha.

Tushti boshimg’a ishqing, larza qilib yig’ladim,
Taqlir azal shundog’ deb, belim mahkam bog’ladim,
Oshiq ishi qattig’ deb, ohu vohlar ayladim,
Darding behad zo’rladi, dargohin(g)ga yig’ladim,
Rahm aylamas nigorim giryona bo’lmag’uncha.

Oshiq bo’lsang tunu kun jonni qurbon aylag’il,
Dog’i furqat dardidin doim afg’on aylag’il,
Zulfi chinlar kufrini zinhor imon aylag’il,
Hajru mehnat jafosi tegsa pinhon aylag’il,
Joningga jon ulashmas, jonona bo’lmag’uncha.

Nomus ketmas hech kimdin ishqqa qadam qo’ymasa,
Adham sifat dunyoni to pushti po urmasa,
Vosil bo’lmas vaslig’a yolg’uz o’zin sevmasa,
G’ozi bo’lub qazoga har o’tig’a kuymasa,
Topmas dilbar so’rog’in jo’yona bo’lmag’uncha.

Vaqti bahor may ichgil, bilsang ishrat g’animat,
Soqiy, sungil qadahni fursat, sihat g’animat,
Zohid aytur, yoronlar, tasbeh, toat g’animat,
Mashrab qalandaringga dardu mehnat g’animat.
Ko’rmas mash’uq yuzini afsona bo’lmag’uncha.

TAVSIYA ETAMIZ : MASHRAB HAYOTI VA IJODI HAQIDA>>

BU QIZIQ: Mashrab g’azallari to’plami >>

Mashrab muxammaslari to’plami:

QATRAYI SUV KELMADI

Va’da qildi bir kelay deb, ko’zga uyqu kelmadi,
Termulub yo’lida turdim, sho’xi badxo’ kelmadi,
Necha keldi shum raqiblar, ul pariro’ kelmadi,
Dardidin o’ldum, tabib, dardimg’a doru kelmadi,
Man shahidi ishq bo’ldum, qatrayi suv kelmadi.

Dodxohman ro’zi Mahshar qoshima bir kelmasa,
Hajrida o’ldum bukun bir lahza holim so’ramasa,
Hammaga qilgan vafoni manga dilbar qilmasa,
Yig’lamaymu oh urub hargiz ko’ziga ilmasa,
Barchaga shirin zabonu manga badgo’, kelmadi.

Ohu voh aylab g’ariblik shahrida bemorman,
Gar olur bo’lsang bu jonim ol, sanam, bezorman,
Pardani yuzdin ko’targil, oshiqi diydorman,
Soqiyo, to’yg’uncha may ber, necha kun xummorman,
Barcha majlislar guli, zulfi sumanbo’ kelmadi.

Tashnalab qoldim g’amingda, mehribonim, qaydasan?
Oh urub yig’lab yururman, jonajonim, qaydasan?
Izlasam yo’qtur makoning, lomakonim, qaydasan?
Mahrami sirrim maning, ey rozdonim, qaydasan?
Yuz tuman savdoe tushti, maslahatgo’ kelmadi.

Yig’lamog’lig’ bul sababdin — ul nigorim kelmadi,
Gul ochib yuz lutf ilan bog’u bahorim kelmadi,
Ikki olamdin kechibman, shahsuvorim kelmadi,
G’am bilan bukchaydi qaddim, g’amgusorim kelmadi,
Mehribon, ulfatnishin, shirin suxango’ kelmadi.

O’rtadi jonimni, do’stlar, yorning har bir so’zi,
Boqqach iymonimni oldi ohudek o’ynar ko’zi,
Gul uchun bulbul qafasda, zog’lar aylar bozi,
Jon berar vaqtda kelay deb va’dalar qildi o’zi,
Halquma yetti bu jonim, chashmi jodu kelmadi.

O’rtanib ko’yida kuydi joni zorim, bilmadi,
«Ey g’aribi xokisorim», deb bu holim so’rmadi,
Jabrini har kun ziyoda ayladi, kam qilmadi,
Ne sabab hoziq tabibim zarra ko’zga ilmadi,
Ko’ngli qattig’, toshbag’ir, dardimga doru kelmadi.

Kelsa yuz ming jilva aylab ul mani kuydurgani,
Holatim yo’qtur aning dardida bir dam urgani,
Zulfining bandig’a chirmab necha mandek bandani,
Aytib-aytib yig’lasam ul bevafoning dardini,
Bevafoning dardini ayturg’a haqjo’ kelmadi.

Ko’rmasam bir dam sani baytul-haramni naylayin?
Qolg’on Ibrohimdin ul eski do’konni naylayin?
Ham Bihishtu huru g’ilmon, ul Jinonni naylayin?
Yetti afloku sakkiz Jannat-makonni naylayin?
Bul sababdin, dod etarga tilga «ho», «hu» kelmadi.

Kuygusi tongla Qiyomat dodi ohimni ko’rub,
Qolg’usi Mahshar eli hayron gunohimni ko’rub,
Tiyra bo’lg’ay yeru ko’k ro’yi siyohimni ko’rub,
Shoyad ul rahm aylagay holi tabohimni ko’rub,
Zor o’ldum hajrida qoshimg’a haqgo’ kelmadi.

Bul yurokim g’amga to’ldi, gul’uzorim, kelsano,
Qon to’lubdur ko’ksuma qoshimg’a, yorim, kelsano,
Har na qilsang san o’zung qil, g’amgusorim, kelsano,
Jumla shohlarni ulug’i, nomdorim, kelsano,
Dilni zangorin ochurg’a oyinaro’ kelmadi.

Zohido, Mashrabga deding: «Masjid ichra qo’y qadam!»
O’lturub mehrobda ayding: «Xotiringni ayla jam!»
Fahshidin qildim ibo, hech urmadim man anga dam,
Turfa ishdurkim, ko’rung, masjidga kirmish dardu g’am,
Necha kun zohid bo’lub ko’nglumga bir hu kelmadi.

BU QIZIQ: Mashrab g’azallari to’plami >>

Mashrab muxammaslari to’plami:

TAVBANG QABUL BO’LMAS SENI

Ey ko’zimning sham’iyu ham nuri diydam ravshani,
Odami imong’a yetmay hech vaqt bo’lmas G’ani,
Mardumozori qilib bo’lma Xudoni dushmani,
Osmonga yetsa boshing qilmagil movu-mani,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Kechayu kunduz agar Qur’on tilovat aylasang,
Shabni ro’z aylab mudom taqvoyi toat aylasang,
Misli Hotamdek bo’lib xayru saxovat aylasang,
Ka’bayi maqsudni ming bor ziyorat aylasang,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Mashriqu Mag’ribni kezsang, yo’q bu dardingga tabib,
Qilmag’ay andak shafoat, sayyidi nuri Habib,
Kuydurur ul Moliki do’zax, seni oxir mujib,
Yuz fig’onu nola qilsang, hech kishi kelmas qarib,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Dini imoning bilan ursang bu yo’lda dastu po,
Zo’ri bozing birla etsang o’ttiz uch ming xonaqo,
Osmondin tushsa Iso, qilsa haqqingga duo
Murshiding Xizri zamon bo’lsa, bo’lolmas rahnamo,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Bo’yi rahmat anga yetmas, kimki badkirdordur,
Go’r ani qilmas qabul, chirkin tani murdordur,
Chun Xudo bandam demas, har kimki dil ozordur,
Kim Padarozordur, andin Xudo bezordur,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Toating behudadur, hargiz topolmassan samar,
Sad hazoron nekni, bir xo’yi bad barham urar,
Ey muqqaddar domaning kuydi o’zingdin bexabar,
Arshi a’zamdin ulug’dur, bandaga amri Padar,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Hech oqil o’zini ahli kasofat aylamas,
Bu giyohi talxni hech kim ziroat aylamas,
Kim Padarozordur Ahmad shafoat aylamas,
Bandayi mo’min omonatga xiyonat aylamas,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

Mashrabo azmi safar qilgil neku kirdor bo’l,
Bandalikni pesha tut, shab to sahar bedor bo’l,
Oxiratni xavfidin qon yig’lagil hushyor bo’l,
Bog’i rizvon istasang amri padarga yor bo’l,
To Otang rozi emas, tavbang qabul bo’lmas seni.

TAVSIYA ETAMIZ : MASHRAB HAYOTI VA IJODI HAQIDA>>

Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x