Usmon Azim sheโrlari
Usmon Azim 1950 yil 13 avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tavallud topgan. Oโzbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakul`tetini tugatgan (1972). Ilk kitobi โ ยซInsonni tushunishยป (1979). ยซHolatยป (1979), ยซOqibatยป (1980), ยซKoโzguยป (1983), ยซSurat parchalariยป (1985), ยซDarsยป (1985), ยซIkkinchi aprel`ยป (1987), ยซBaxshiyonaยป (1989), ยซGโaroyib ajdarhoยป (1990), ยซUygโonish azobiยป (1991), ยซGโussaยป (1994), ยซUzun tunยป (1994), ยซSaylanmaยป (1995), ยซKuzยป (2001) kabi sheโriy va ยซJoduยป (2003) nasriy toโplamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan (ยซBir qadam yoโlยป. 1997; ยซAlpomishning kaytishiยป, 1998 va boshqa). ยซAlisher Navoiyยป kinoqissasi (1990), ยซAlpomishยป kinodostoni (1997), ยซSevgiยป (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali ยซAlpomishยป (2000) fil`mlarining stsenariysiga mualliflik qilgan. Pol` Elyuar, Oyar Vatsietis, Fozil Husni Dogโlarja, A. Voznesenskiy, YU. Martsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oโzbek tiliga tarjima qilgan. Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boโlgan (1982). ยซDoโstlikยป ordeni sohibi (1998).
Usmon Azim hayoti va ijodi >>>
* * *
Daraxt shiddatini
yashirdi tanga,
ammo nima kechgan โ shundoq esida:
xazonrez, izgโirin; barglar โ
alanga โ
yoโqotishga dunyo taslim kezida.
Oโziga chekindi daraxt, chekindi
(vaqt bilan kurashib boโlmaydi, axir),
tomiru taniga umid bekindi โ
nogoh kirgizmasin qish sovuq tahrir.
Orzuni yashirdi navdalariga,
gullamoq shavqini kurtakka soldi.
Shoxlarning bujmaygan gavdalarida
mevalarning rangi pinhona qoldi.
Muzlagan tuproqqa ildizin tarab,
muzday sukunatga bosib bagโrini,
yanvarning qahriga bemalol qarab,
qorlarga koโmildi chigal yagโrini.
Daraxt shiddatini yashirdi โ orzu
qorongโu karaxtlik ichida ravshanโฆ
Bahor yetib kelsa, qanday gullar u โ
tangri taoloning rejasi bilan!
Shu daraxt derazam tagida yashar,
u qorli boshimga boqadi oโktam.
Oโylar: โ Bu ham qayta gullashni
boshlar,
menga juda oโxshar, axir, bu odam.
Oโzimga oโzimni yutib turibman.
Bu gapdan koโzlarim yoshlanmaydimi?
Soโngimda nimani kutib turibman?
Nima boshlanadi?.. Boshlanmaydimi?..
* * *
Qor aralash uvladi shamol.
Hilpiradi havo. Yulindi.
Qismat bu dam โ sogโinching aro โ
Ming aylanib โ qishga urildi.
Jonni sovuq ayladi qamal โ
Boโri dovul oโradi โ yovuz.
Sensiz qishda qoldim beamal โ
Izilladim sogโinchda yolgโiz.
Men chaqirdim: โ Kel, yetdi zavol!
Men qichqirdim โ kimga? โ elanib!..
Sarosima uvladi shamol โ
Tilka-pora qorga belanibโฆ
Kel! Borliging ketmoqda yiroq,
Koโmilmoqda armonlar izi โ
Pechkalarning taftidan mudroq
Uyda sovuq qotgan azizim.
Usmon Azim hayoti va ijodi >>>
* * *
Sen, bu kunlar oโtmaydi, dema,
Umr โ mangu: ketmaydi, dema,
Parizodim, bu dunyo โ sayyod.
Qismat bizga yetmaydi, dema,
Hijron vayron etmaydi, dema โ
Sen ketgan kun tugaydi hayot.
Lablaringda sassiz aytar dod
Es-hushidan ayri tabassumโฆ
Qara, qanday chiroyli bu kun โ
Tumanlaru bulutdan ozod!
Xuddi soโnggi nafasday aytgum:
โ Ketma! Ketsang, tugaydi hayot!
* * *
Seni
koโrmoq uchun
telbavor yuribman
koโngil taraflarda.
Yoโllaringga
qarab
qovjirab turibman
koโngil taraflarda.
Tosh dunyolaringdan
sen qachon kelasan
koโngil taraflarga?
Koโngilsizim,
hech ishing tushmaydimi
koโngil taraflarga?
BOLALIKDAN XOTIRA
Kuz
Togโu dashtga yetgan.
Kuz qismatimni aylagan payxon:
Onam togโlar oshib,
paxta terimga ketgan,
Otam vafot etgan
allaqachon.
Choโl bor
bu baland togโlardan narida,
Togโlardan haydalgan Boysun unda
sarson.
ยซPaxta zarur!ยป degan
zulmning qahridan
Qutulmoq beimkon.
Tepalardan oshib,
kelsa edi onam! โ
Sogโinchga toโlganman, armonga
toโlganman.
Onam togโlar ortiga โ
paxta terimga ketgan,
Otamning yoโqligiga esa
koโnganman.
Mol boqib, dala-dashtni kezaman.
Gโussaliman โ
jonim borar titilib.
Boz ustiga,
kuzning sitamini sezaman โ
Koโzimdan
yosh oqar
sitilib.
Mezonlar
parvozdan toladi dashtu qirda โ
Yomgโirli noyabr`,
sovuq dekabr`.
Men aniq bilaman, otam Sibirdan
Kasal boโlib qaytgach, vafot etgandirโฆ
Bu gaplarni bobom gurungda aytgan.
Men eshitganman.
Tushunganman. Aniqโฆ
Hozir choโlda paxta terar onam
Mening va otamning gโussasin koโtarib.
Men esa yuribman dashtda โ mol
boqib โ
oโamda uvalangan โ qarigan bola.
Besado ogโriqda
kunlar oโtar oqib,
Koโksimda kuz kabi jim nola.
Eshitganman:
yaratganda ixtiyor โ
Oโzi oโlim bermasa, oโlmayman.
Nima boโlsam boโlay,
faqat, parvardigor,
Onamning ketishiga koโnmayman!..
โฆMana endi,
umrim ham soโnggiga yetganday.
Ammo bir sogโinchda yashayman hanuz:
Onam togโlar oshib,
paxtaga ketganday.
Otam yoโq.
Tegramda kuzdir, kuzdirโฆ
Kuz.
* * *
Qush nimadir dedi yaproqqa โ
Barg tushundi, tushunmadim men.
Faqat koโrdim โ tani titroqda.
Sezdim: holi โ zilziladan keng.
Bogโ nimadir dedi tuproqqa โ
Muhim bir gapโฆ Anglamoq mahol.
Unga soya tashlab turmoqqa
Yana ruxsat soโrar. Ehtimol.
Koโshiq aytdi maysaga ariq,
Bulut toqqa nimadir dedi.
Bu suhbatlar magโzini yorib,
Dardlarini tushunsam edi!
Ari gulga ochdi dilini,
Yel daraxtni quchoqlab suydiโฆ
Sheโr, kel! Sensiz dunyo tilini
Bir lahzada unutib qoโydim.
SOโNGGI UCHRASHUV
Usmon Azim hayoti va ijodi >>>
Qahvaxona โ saraton tartib โ
Yoโlakchada stol tuzatgan,
Tuvakda gul โ qirmiz! โ bezatgan.
Majnuntollar โ yelga qoโl artib โ
Sochlaringga dastin uzatgan.
Koโngling nima tusaydi, soโyla?
Pepsimi, yo sharbat? Muzqaymoq?
Faqat boqma menga bu koโyda!
โHijron yetdiโฆโ degan gung oโyda โ
Meni hozir oโldirar qiynoq!
Avvalgidek oโltirgin kulib,
Mayda-chuyda gaplardan gapir,
Biror-bir soโz qolgandir, axir!..
Qay xavf borar jonimni yutib โ
Biz nimaga tushyapmiz asir?
O, hasrat ham senga yarashganโฆ
Ado boโldim gโussang boโyida!
Qismat bilan bizmi talashgan,
Oโrtamizda yillar qalashgan โ
Koโnamizmi mantiq koโyiga?
Aytayinmi biror latifa,
Oโqiyinmi Navoiydan bayt?
Nima qilay? Nima qilay? Ayt!..
Tamom. Bitti soโnggi sahifa.
โSevgiโ. Qissa. Muallif: Qismat.
* * *
Dilda tushnuksiz kadar โ
Tan ogโriqqa toโladi:
Nomaโlum sogโinchlarda
Oโrtana boshlaydi jon.
Nogahon bir kabutar
Derazamga qoโnadi โ
Qoโngan kabi bir ilinj,
Qoโngan kabi bir imkon.
Qaerdan kelayapsan?
Qaydan uchding, jonivor?
Qaydadir birov men deb
Aqlidan ozmadimi?
ยซKabutar xat tashiydiยป โ
Birda eshitganim borโฆ
Kasbingdan kechdingmi? YO
Hech kim xat yozmadimi?..
25. 12. 2014
* * *
Nechun hech kim ocholmas
Dardim eshiklarini โ
Koโnglimning imorati
Qay baland bogโda barpo?
Doโst! Yuksalgin! Joโr boโlgin!
Kuzning qoโshiqlarini โ
Soโnggi avj bahrlarda
Birga etaylik ijro!
Kuzning yuksakligida
Xazon ichra bir oโzim.
Xat yozsam ham kelmaysan,
Eshitmaysan yigโlasam.
Yoโlingda ikki koโzim,
Yoโlingda ikki koโzim โ
Boray desam, bu kuzdan
Chiqish yoโlin bilmasamโฆ
30. 12. 2014
* * *
Abdulla akaga
Xazon va men โ kuzda yongan,
Soโzda yongan โ bir oโzimโฆ
Bir oโzimmi gโamda qolgan,
Nechun yigโlaysan, koโzim?
Bir oโzimmi โ koinotning
Shivirini sheโr etgan?
Bir oโzimmi โ bu hayotni
Toโrt satrga teng etgan?
Yor ne dedi? Yov ne dedi?
Birodarlar ne dedi?
Bu dunyoda oโzim kabi
Bir kimsa boโlsa ediโฆ
8. 01. 2015
BALLADA
Tulporlar yeladi yoโllarda โ
Sen tomon yeladi, sen tomon.
Oshiqlar jon berar choโllarda โ
Sen โ armon, barchaga sen โ armon.
Rubob ham, qonun ham seniki,
Sogโinchni kuylashdan tolmaysan.
Olsang-chi! Bu jonim senikiโฆ
Olmaysan hech qachon, olmaysan.
13. 01. 2015
* * *
Yulduzlar
sen uchun porlar ehtimol.
Sen uchun ehtimol
bahorlar kelar.
Ehtimol bu dunyo sen uchun
yaralganโฆ
Anov, taqdir esa โ
Faqat sen uchun.
Nega u
tashlandiq uy kabi gโarib?
Nechun
taqdiringda
yashamayapsan?
Uni
birovlarga
nechun topshirding?
22. 01 2015
* * *
Toshkentda tush kabi yuribsan.
Ketayapsan,
yomgโir yuvgan shaharni oralab โ
qanday chiroylisan!
Uygโonsam,
esimda qolasanmi?
Yoโlkalar
poyingga
uzun choโzilgan,
moshinlar beovoz suzarlar
koโchalarda.
Chorrahalarda chiroqlar bahorday
yam-yashil.
Sen uchunmi,
yo sening sehringmi bu moยปjizalar?
Sen โ odam shaklidagi tumanim โ
tarqab ketmaysanmi
uygโonsam?
Ortingdan ketishga ruxsat ber.
Bu hushyor dunyoda,
bu ishchan dunyoda,
bu bedor dunyoda โ
hech boโlmasa,
birgina odam
tushining ortidan ketsin!..
Aytganday,
sen
necha kunlik tushsan?
Har xil xayolga borma.
Umrim necha kun? โ
bilmoqchiman,
xolos.
16. 02. 2015
Usmon Azim hayoti va ijodi >>>
ย