Bosh sahifa » Arboblar » Usmon Azim Hayoti va Ijodi . Usmon Azim tarjimai holi

Usmon Azim Hayoti va Ijodi . Usmon Azim tarjimai holi

by administrator

usmon-azim-hayoti-va-ijodi-tarjimai-holiUsmon Azimov Iste’dodli shoirlardan biridir. U 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug’ilgan. 1972 yilga kelib Toshkent  Davlat dorilfununini tugatgan. So‘ngra sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat o‘tagan.

Usmon Azim she’rlari >>

U dastavval jurnalist sifatida Respublika radiosida, bir qator ro’znoma va oynomalarda, nashriyotlarda faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda esa Respublika Prezidenti devonida Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Usmon Azimov shoir sifatida 70-yillarda matbuotda ko‘rina boshlagan. 1978 yilga kelib, shoirning birinchi to‘plami «Insonni tushunish» nomi bilan nashr bo‘lgan.

Shundan so‘ng uning ketma-ket «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Otrajeniye» (1983) kabi she’riy to‘plamlari chop bo‘ladi. «Bir qadam» nomli radiodramasi, bolalar uchun «G’aroyib ajdaho» (ertak), «Bog‘dagi bog‘cha» kabi bir qator asarlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, «Dars» (1987), «2 aprel» (1988), «Baxshiyona» (1988), «Uyg‘onish azobi» (1991) singari she’riy to‘plamlarni yaratadi.

Usmon Azim she’rlari >>

U yaratgan o‘nlab she’rlar, dostonlar faqat mavzu, janr va uslub jihatidan emas, balki jo‘shqin, shiddatli va ayni chog‘da beg‘uborligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, uning asarlarida hayotdagidek kuchli dramatizm va fojeaviylik o‘quvchini hayajonga tortadi. Eng muhimi, uning she’r va dostonlarida ona Vatan ishqi, ona xalq tashvishlari, kelajak muammolari goh zamonaviy mavzularda, goh tarixiy-qiyosiy tarzda, goh folklor an’analari ruhida o‘zining chuqur realistik ifodasini topadi. Ha, shoir o‘zi haqida aytganidek: O’ynoq-o‘ynoq, og‘ir-og‘ir oqmoqda umrim.

Goh ko‘z yumib, goh ufqqa botmoqda umrim.  Bor jonini sadqa aylab she’rga, qo‘shiqqa,  Siz yo‘qotgan sururlarni topmoqda umrim. Usmon Azim ijodi hozir kamolot bosqichida. Ishqilib zavol topmasin, el-yurt uchun umrini, ijodini baxshida etgani rost bo‘lsin. U V.Mayakovskiy nomidagi Gruzin Davlat mukofoti sovrindoridir. Usmon Azim – hozirgi o‘zbek she’riyatining eng yorqin namoyandalaridan biri.

U Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. Usmon Azimov nafaqat shoir, balki «Jodu» hikoyalar to‘plami, «Kunduzsiz kechalar», «Bir qadam yo‘l», «Alpomishning  qaytishi» singari p’esalar, «Sevgi», «Alpomish» kabi kinofilmlar stsenariylarining ham muallifi sifatida mashhurdir.

Usmon Azim she’rlari >>

Manba

Boshqa arboblar hayoti >>

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x