Baqoiy g'azallari va she'rlar to'plami
Bosh sahifa » Sherlar » Baqoiy g’azallari va she’rlar to’plami

Baqoiy g’azallari va she’rlar to’plami

Baqoiy g'azallari va she'rlar to'plami

Baqoiy g’azallari

Abdulazizxon saroyida xizmat qilgan shoirlardan Baqoiy ham Temuriylar saroyidagi adabiy harakatning taqlidchilaridan biri edi.Baqoiy ijodining namunasi tarzida keltirilgan ushbu g‘azal Hasan Nisoriyning «Muzakkirul-ahbob» tazkirasidan olindi.

Yuz shukrki har beg‘am ila hamdam emasmen,
Ishqing g‘amidin shodmenu beg‘am emasmen.

Tangriki meni ayladi masjudi maloyik,
Bu qadrni gar anglamasam odam emasmen.

O‘zumni junun silsilasidin desam ul yo‘q,
Var ahli xiraddin sanasam ul ham emasmen.

Dayr ichra meni piri mug‘on ayladi mahram,
Zohid kabi ul bazmda nomahram emasmen.

Majnung‘a mening telbaligim bor, Baqoiy,
Ortuqroq agar bo‘lmasa, andin kam emasmen.

Barcha o’zbek shoir she’rlari

manba

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top