Sizlarga kitob haqida mashhur she’rlardan biri “Bolaga kitob bering she’ri” ini havola etamiz. Ushbu she’rni o’qing va yod oling.
Bolaga kitob bering she’ri
Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
Ne beray? deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!.
Qingʼir yoʼlga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!.
Internet-degan ajdar,
Goh undan oqar zahar,
Dod-demay, roʼzi mahshar,
Bolaga kitob bering!.
Kel! – diya, imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming, ming astagʼfirulloh,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzi ochiq koʼrmasdan,
Shayton yoʼldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!.
Koʼkrak kerib yurganlar,
Koʼrkam saroy qurganlar,
Ne beray, deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
“Lison ut tayir”larim,
Yurakka sayrlarim,
Аvliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!.
Koʼzlarni ochish kerak,
Gʼaflatdan qochish kerak.
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Dersiz: “Pul yigʼish kerak,
Oltinu, kumush kerak”,
Xudodan qoʼrqish kerak,
Bolaga kitob bering!.
Gullar quchib yurganlar,
Gulsaroylar qurganlar,
Ne beray-deb, tuganlar,
Bolaga kitob bering!.
Xazinai jahon u,
Kichik Аbu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!.
Buxoriy-sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
Mahmud Zamaxsharim u,
Bolaga kitob bering!.
Keskir qilich boʼlsin u,
Kitobga oʼch boʼlsin u,
Yengilmas kuch boʼlsin u,
Bolaga kitob bering!.
Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
Ne beray? – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxti boʼlsin, kulsin u,
Bolaga kitob bering!.
TAVSIYA ETAMIZ : KITOB HAQIDA BOSHQA SHE’RLAR
BU QIZIQ : ONA HAQIDA SHE’RLAR TO’PLAMI
JUDA QIZIQ : VATAN HAQIDA SHE’RLAR TO’PLAMI
Rahmat zo’r she’r ekan
zor
judaxam zo’r
Bu she’r juda zo’r sher ekan!