Bosh sahifa ยป Sherlar ยป Xurshid Davron she’rlari to’plami

Xurshid Davron she’rlari to’plami

by administrator

xurshid davron she'rlariXurshid Davron sheโ€™rlari toโ€™plami. SHASHMAQOM

Tilla uzuk koโ€™zida yotgan
Zaharsan sen โ€“
Totdim, bilaman.
Sen xanjarsan, koโ€™ksimga botgan โ€“
Sugโ€™urib olsalar,
oโ€™laman.

* * *

Oโ€™z-oโ€™zidan koโ€™zimga
Yugurib kelmoqda yosh โ€“
Qir-dala oโ€™rtasida
Qadim nomsiz qabrtoshโ€ฆ

Uning quyosh qaritgan,
Yillar gardin roโ€™moli
Bosib yotgan toshida
Oโ€™rmalaydi chumoli.

Kimning qabri?
Bilmayman.
Chekurman lekin firoq โ€“
Olislarda, oh tortsam,
Yangrar momaqaldiroq.

Oโ€™tlar yashil, begโ€™ubor,
Chuchmomalar sap-sariq.
Qorlar erib toโ€™lgandir
Jarliklar misli ariq.

Qir-dala oโ€™rtasida
Qadim nomsiz qabrtosh,
Oโ€™z-oโ€™zidan koโ€™zimga
Yugurib kelmoqda yosh.

TAVSIYA ETAMIZ : BIOGRAFIYASI

BU QIZIQ : X.DAVRON VATAN HAQIDA SHEโ€™RLARI

SARATON

Bir daraxt bor hovlida,
Yolgโ€™iz.
Men ham uning oldida
Yolgโ€™iz.
Bulut suzar falakda
Yolgโ€™iz.
Quyosh porlaydi koโ€™kda.
Yolgโ€™iz.
Bir qush qoโ€™nar daraxtga.
Yolgโ€™iz.
Oโ€™tiradi shoh misol taxtga
Yolgโ€™iz.
Qushning kuyi yangraydi.
Yolgโ€™iz.
Daraxtga, men, koโ€™k, quyosh va qush
Yolgโ€™iz.

BITIK

Qoโ€™llarimga qaraysan โ€“ nimjon.
Nimjon deysan xuddi qush kabi.

Ishon, yulduz soโ€™nsa toโ€™satdan,
Bu qoโ€™llarim yulduz yondirar.

Agar toshga aylansa shamol,
Bu qoโ€™llarim uni uygโ€™otar.

BAXTSIZLIK

Uyga qaytdi yarim kechada,
Yonar edi dahlizda chiroq.
Uxlar edi xotiniโ€ฆ Biroq,
Erkak alam tuydi ichida.

Keyin borib qozonga boqdi,
Boโ€™m-boโ€™sh edi sovuq qozon ham.
Katta uyda chiroqni yoqdi,
Ammo tuydi ichida alam.

Soโ€™ng eshikni sekin ochdi-yu,
Malham izlab nolalariga,
Uzoq boqib turdi xotirjam
Uxlab yotgan bolalariga.

Uyga qaytdi yarim kechada,
Uxlar edi xotini biroq,
U tonggacha uxlolmay yotdi,
Tongga qadar oโ€™chmadi chiroq.

QAYGโ€™U

Qoโ€™shnimning bolasi ariqda choโ€™kdi.
Endi u mozorda kichkina qabr.
Qancha yoshi boโ€™lsa, barini toโ€™kdi
Otasin koโ€™ksida qolmadi sabr.

Men uni ovutdim, ovutolmadim,
Qoโ€™shilib yigโ€™ladimโ€ฆ Mana, tong otib,
Atrof yorugโ€™ tortar, ikkilamiz jim,
Besoโ€™z oโ€™tiribmiz tosh kabi qotib.

U menga qaramay toโ€™satdan dedi:
โ€œAyt, qachon mizgโ€™uvdim bugun kechasi,
Tush koโ€™rdimโ€ฆ Hammayoq faqat suv emish,
Suvdan chiqib turar emish qoโ€™lchasiโ€ฆโ€

SHOIR UCHUN ERTAK

Har bir shoir ortidan ilon
Sudralgancha borar izma-iz,
Qotillarning qoโ€™llarisimon,
Sovuq, gโ€™addor misli yolmogโ€™iz.

Shoir SOโ€™Zdan qoโ€™rqsa mabodo,
YO ortiga chekinsa nogoh,
YO ortiga boqsa, oโ€™sha on
Uni yamlab yutadi ilon.

Chekinmasa, qoโ€™rqmasa shoir,
Dadil boqsa yogโ€™iyga โ€“ inon,
Umidini uzmay bari bir
Boraverar ortidan ilon.

TAVSIYA ETAMIZ : BIOGRAFIYASI

BU QIZIQ : X.DAVRON VATAN HAQIDA SHEโ€™RLARI

YOVVOYI Oโ€™TLAR ARO

Yovvoyi oโ€™tlar aro
Kezar boshyalang odam.
Dilida mungli navo,
Koโ€™zida bir daryo gโ€™am.

Yovvoyi oโ€™tlar aro
Ovunch izlab yurar u,
Har chechakning boshida
Oโ€™yga botib turar u.

Yovvoyi oโ€™tlar aro
Diliga qaytar quvonch.
Zulqarnayndek boqadi
โ€” Bu dunyoga koโ€™zi och.

Chalqancha yotib uzoq
Niliy koโ€™kka tikilar,
Koโ€™zlariga dunyoning
Bor nurlari toโ€™kilar.

Qaytarkan,
Dilin chorlab
Yongach koโ€™k chiroqlari,
Koโ€™ylagida qon kabi
Porlar lola dogโ€™lariโ€ฆ

SHEโ€™R YOZGANDAโ€ฆ

Qogโ€™ozning qorlarini
Eritaman nafasim bilan,
Unib koโ€™zga koโ€™rina boshlar
Qora rangli chechaklar birdan.

KAPALAK

Gul bargini shabada uzdiโ€ฆ

ย 

* * *

Yer emas birlashtirgan,
Yurakdagi qaygโ€™udir.
Oโ€™lim emas oโ€™ldirgan,
Oโ€™ldirguvchi uyqudir!

KAMPIR HAQIDA SHEโ€™R

Tongda joโ€™nar bozorga
Dili toโ€™la alamga,
Dili toโ€™la ozorga
Hech kimi yoโ€™q bu kampir.

Uch-toโ€™rt hovuch qurt yegan
Olmasini uyadi
Va kechgacha saraton
Oftobida kuyadi.

Hech kim unga qaramas,
Qaramas olmasiga,
Odamlarga boqar u
Boqqandek bolasiga.

Baโ€™zilar toโ€™qnasharkan
Nogoh kampir koโ€™ziga,
Chidolmasdan, qayrilib
Keta boshlar iziga.

Hech kimni yaqinlatmas
Koโ€™zidagi dard-alam,
Moโ€™ltirab aytsa ham-ki:
โ€œOlmamdan oling, bolamโ€ฆโ€

Shomda uyiga qaytar
Koโ€™tarib olmasini,
Koโ€™zidagi alamni,
Dildagi nolasini.

Ammo subhi azonda
Dili toโ€™la ozorga,
Hech kimi yoโ€™q bu kampir
Yana joโ€™nar bozorgaโ€ฆ

BASYO KITOBINING VARAQLARIDA

Basyo kitobining varaqlarida
Sargโ€™aygan yaproqlar, alvon yaproqlar,
Qadim ibodatgohโ€ฆ Undan narida
Toqqa oโ€™rmalagan daydi soโ€™qmoqlar.

Ulardan tepada,
Togโ€™lar boshida
Qor bosgan qoyalar oqarib turar.
Hassaga suyangan sochi oq darvish
Izlab topolmagan olxoโ€™ri gullar.

Va sovuq gullarning duri osilgan
Novdada yolgโ€™iz bir qargโ€™a oโ€™ltirar.
U chechaklari qor ostida soโ€™lgan
Vodiylar tomonga loqayd moโ€™ltirarโ€ฆ

SHOMIL

Madinada yotibdi Shomil,
Madinada yotibdi bedor.
Qabr ichidan baqirar: โ€œKim bor,
Uzatsang-chi, qoโ€™lingni, gโ€™ofil!โ€

Arab qumi qabrtoshdagi
Yozuvni goh koโ€™mar, goh ochar.
Qabr uzra doira yasab
Erk qushlari โ€“ burgutlar uchar.

Qilich ushlab oโ€™rgangan qoโ€™llar
Timirskilar qabr ichini.
Tushga kirar togโ€™dagi yoโ€™llar,
Koโ€™rar qorli togโ€™lar uchini.

Shamol Xunzax bogโ€™chalaridan
Olib kelar olular isin
Va Dogโ€™iston togโ€™laridagi
Qorlar bilan sovutar koโ€™ksin.

Oโ€™n sakkizta yarasi emas,
Dili ogโ€™rir,
Zirqirab ogโ€™rir.
Koโ€™ksin ezgan qabr toshimas,
Armon toshiโ€ฆ
U togโ€™dan ogโ€™ir.

Yuz bir zabon,
Yuz bir lahjada
Soโ€™zlashadi Dogโ€™iston, biroq
Shomil tilin unutgan erlar
Bu oโ€™lkada hammadan koโ€™proq.

Oโ€™z yurtida nomi xor boโ€™lib,
Oโ€™z yurtiga boโ€™lganicha zor,
Madinada yotibdi Shomil,
Madinada yotibdi bedor.

Arab qumi qabrtoshdagi
Yozuvni goh ochar, goh koโ€™mar.
Goho oyning uchiga kelib
Orom uchun burgutlar qoโ€™narโ€ฆ

TAVSIYA ETAMIZ : BIOGRAFIYASI

BU QIZIQ : X.DAVRON VATAN HAQIDA SHEโ€™RLARI

Xurshid Davron sheโ€™rlari toโ€™plami. BOTIR QONI VA DAHO SOโ€™ZI

Bobur qalamining uchida turgan,
Qaygโ€™uga nom topgan bir tomchi siyoh,
Erk uchun janggohda Tarobiy toโ€™kkan
Qonning tomchisidek erur bebaho.

SHOIR

Sahro oโ€™rtasida kema yasagan
Nuh paygโ€™ambar kabi yashayman.

OLIS-OLIS TOGโ€™LAR TOMONDA

Olis-olis togโ€™lar tomonda
Qoโ€™zgโ€™almoqda kuzak boโ€™roni
Va hademay cheksiz osmonda
Paydo boโ€™lar uning suroni.

Pechakgulning novdalaridan
Yaproqlari toโ€™kilib boโ€™ldi.
Chechak bogโ€™lar,
Zaโ€™faron bogโ€™lar
Xazonlarning ohiga toโ€™ldi.

Qirovlarga aylanar shabnam,
Oy gardishsiz chiqmas falakka.
Oโ€™z-oโ€™zimni tayyorlab men ham
Sigโ€™inaman yolgโ€™iz yurakka.

Uni-da men ochdim dardlarga,
Qutqaradi dilni faqat gโ€™am.
Gโ€™am yor boโ€™lar faqat mardlarga,
Ular gโ€™amni koโ€™rmaslar baham.

โ€œBOBURNOMAโ€GA BIR NIGOH

Sher ohuni quvib yetar,
โ€œQarsโ€ sinadi ohu boโ€™yni,
Ohuning qonin ichib,
Ohuning goโ€™shtini yeb
Sher ohuga aylanar,
Changalzor tomon qocharโ€ฆ
Ovchi oโ€™q uzadi:
โ€œU-u-u-u-u-u!โ€

UXLANGLAR, UYGโ€™ONING!

โ€œUxlanglar, uygโ€™oningโ€ฆโ€ โ€“
Shivirlar tun aro sham.
Dast uygโ€™onib qarasam
Oqib yotibdi qonimโ€ฆ

Uygโ€™onib qarasang-chi,
Uygโ€™otib qarasang-chiโ€ฆ
Achchiq koโ€™zyosh. Qora qon.
Qonga boโ€™yalgan qamchi.

Beton zindon. Koโ€™r qoโ€™rquv.
Oq tuz sepilgan kundaโ€ฆ
Uyqudan uygโ€™oning, huv,
Qolib ketmangiz tundaโ€ฆ

KUZ SURATI

Yana sokin chorbogโ€™lar aro
Yomgโ€™ir yogโ€™ar shitir-shitirlab,
Yana mening qulogโ€™imga gโ€™am
Nimanidir aytar shivirlab.

Yana tiniq tortar oโ€™ylarim,
Xuddi qamish shovillashidek,
Yana dilda joโ€™shdar kuylarim,
Xazonlarning lovillashidek.

Qora tortgan dala soโ€™ngida
Zoโ€™rgโ€™a bosib bujur titrogโ€™in,
Qari chinor duolar oโ€™qib
Koโ€™mayotir soโ€™nggi yaprogโ€™inโ€ฆ

T. QOSIMBEKOVNING
โ€œSINGAN QILICHโ€ KITOBIGA BITIK

Tundan qoโ€™rqma!
Tunni ich!
Va magโ€™rur boq saharga.
Singan boโ€™lsa gar qilich,
Aylanur u xanjarga.

YULDUZ

Doโ€™stimni chaqirsam,
Qaramay ketdi โ€“
Bir daraxt yonimda chayqaldi notinch.
Tovushim koโ€™kdagi yulduzga yetdi,
Qonimda uygโ€™ondi eng soโ€™nggi ilinj.

Dardimni aytsaydim, degandim, biroq
Doโ€™stimni chaqirsam, qaramay ketdi.
Men uyga qaytdimu, yondirdim chiroq,
Dunyo sokin edi,
Dunyo tinch edi.

Chiroqqa termilib oโ€™ylarga botsam,
Qoshimga gโ€™amlarning barchasi qaytdi.
Chiroqni oโ€™chirmay uxlamay yotsam,
Chirogโ€™im yulduzning soโ€™zini aytdiโ€ฆ

YAPROQ UCHIB TUSHDI

Yaproq uchib tushdi daraxtdan,
Ammo yerga tushmasdan uchdi.
Ayrilgandek muqaddas taxtdan
Nahot uni alamlar quchdi?

Hoy, sen yaproq,
Qayga ucharsan
Qaramasdan boโ€™ronu-qorga?
Tovush chiqdi boโ€™ron ichidan,
Shivirladi yaproq: โ€œBahorgaโ€ฆโ€

Xurshid Davron sheโ€™rlari toโ€™plami yoqqan boโ€™lsa sizlarga

TAVSIYA ETAMIZ : BIOGRAFIYASI

BU QIZIQ : X.DAVRON VATAN HAQIDA SHEโ€™RLARI

Boshqa arboblar sheโ€™rlari >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x