Mundarija
Xurshid Davron hayoti va ijodi.
Xurshid Davron hayoti va ijodi.
Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Chordara qishlogสปida xizmatchi oilasida tugสปildi. 1969 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi OสปzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boสปlimiga oสปqishga kirib, kunduzi qurilish tashkilotlarida ishladi.
Harbiy xizmatdan qaytgach (1971โ1973), oสปqishni davom ettirdi. 1974โ1992 yillarda turli nashriyotlarda muharrir, boสปlim mudiri, 1994โ1996 yillarda Respublika Maสผnaviyat va maสผrifat jamoatchilik markazi rahbari oสปrinbosari vazifalarida ishladi. 1996 yildan eสผtiboran Oสปzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida xizmat qiladi.
X.DAVRON SHEโRLAR TOโPLAMI
X.DAVRON VATAN HAQIDA SHEโRLARI
Sheโriy toโplami
Xurshid Davronning ilk sheสผrlari 1976 yilda, birinchi kitobi (โQadrdon quyoshโ) 1979 yili bosilib chiqdi. Shundan soสปng shoirning โShahardagi olma daraxtiโ (1979), โTungi bogสปlarโ (1981), โUchib boraman qushlar bilanโ (1983), โToสปmarisning koสปzlariโ (1984), โBolalikning ovoziโ (1986), โQaqnusโ (1987), โBahordan bir kun oldinโ (1989), โBibixonimโ singari kitoblari dunyoga keldi.
Xurshid Davronning tarixiy-maสผrifiy mavzular yoสปnalishidagi izlanishlari natijasida โSamarqand xayoliโ (1991), โSohibqiron nabirasiโ (1995), โShahidlar shohiโ (1998), โBibixonimโ (2006), โKubroning tushlariโ (2010) nomli qissalari yaratildi.
Xurshid Davron ssenariylari
Xurshid Davron buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida bir qator dramatik asarlar yozdi. โBoburshohโ (1996) asari โBobur sogสปinchiโ nomi bilan Muqimiy nomidagi oสปzbek davlat musiqiy teatrda sahnaga qoสปyildi. โAlgสปul yoki Mirzo Ulugสปbekโ dramasi 2008 yili dastlab radiospektakl, keyinchalik televizion spektakl sifatida namoyish etildi. Bulardan tashqari โTemurnomaโ nomli 21 qismli teleserial (1996), โJaloliddin Xorazmshohโ (Noสปmiq Kamol asari) nomli 5 qismli telespektakl (1998), shuningdek, โBuxoroyi sharifโ film-operasi, โMing bir rivoyatโ teleloyihasi Xurshid Davron ssenariylari asosida yaratildi. U Mirzo Ulugสปbek tavalludining 600 yilligi (1994), Amir Temur tavalludining 660 yilligi (1996) munosabati bilan Samarqand shahrida, Buxoro va Xeva shaharlarining 2500 yilligiga bagสปishlab Parijdagi YUNYeSKO qarorgohida oสปtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va yana xalqaro โSharq taronalariโ musiqa festivallari (1993โ2015) ssenariylari muallifi hamdir.
X.DAVRON SHEโRLAR TOโPLAMI
X.DAVRON VATAN HAQIDA SHEโRLARI
Tarjimalari
Xurshid Davron tarjimon sifatida N. Zabolotskiyning โTurnalarโ (1985), M. Chaklaysning โOt oสปyinโ (1986), O. Vatsiyetisning โTomoshabogสปโ (1987), โDengiz yaproqlari. Yapon sheสผriyati antologiyasiโ (1988), tatar xalq dostoni โEdigeyโ (2012), Sharq va Gสปarb shoirlarining muhabbat toสปgสปrisidagi sheสผrlaridan iborat โQirq bir oshiq daftariโ (1989) majmuasini, J. Rumiy, A. Axmatova, M. Svetayeva, O. Mandelshtam, M. Mushfiq, O. Umar, Yu. Emro, N. Hikmat va boshqa koสปplab shoirlarning asarlarini oสปzbek tiliga oสปgirdi. Oสปzining ham sheสผrlari qirqdan ortiq jahon tillariga tarjima qilindi.
Oสปzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1989 yilda Mahmud Qoshgสปariy nomidagi Xalqaro mukofot, 1997 yilda โDoสปstlikโ ordeni, 2009 yilda Xalqaro โOltin qalamโ milliy mukofoti bilan taqdirlangan.