Asqad Muxtor โ nosir, shoir, mohir tarjimon, Oโzbekiston xalq shoiri. 1973 yil โChinorโ romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor boโlgan.
U 1920 yil 23 dekabr kuni Fargโonada temir yoโlchilar oilasida dunyoga kelgan.
11 yoshida yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalanadi. 1938 yil maktabni tamomlagach, Asqad Muxtor Oโrta Osiyo davlat universitetatiga oโqishga topshiradi. Keyinroq Andijon pedagogika institutida oโzbek adabiyoti kafedrasi mudiri boโlib ishlaydi.
U haqida boshqa maโlumotlar >>
Asqad Muxtorning Toshkentga koโchib oโtishi uning ijodida yangi sahifa ochilishiga sabab boโldi. U respublikaning markaziy nashriyotlarida boโlim mudiri, masโul kotib lavozimlarida ishlagan: 1960-1965 yillar โ โSharq yulduziโ jurnali, 1969 yildan โGulistonโ jurnali bosh muharriri.
1938 yildan asarlari nashr etila boshlagan.
U adabiyotga ishchilar sinfini olib kirgan: โPoโlat quyuvchiโ dostoni (1947), โHamshaharlarimโ sheโriy toโplami (1949), โPoโlat shahriโ ocherk va hikoyalar toโplami (1950). โOpa-singillarโ (1954) romani respublikada ishchilar sinfining shakllanishi, oโzbek ayolining maโnan uygโonishiga bagโishlangan. โTugโilishโ (1961) romanida esa yoshlarning yirik qurilishlardan biridagi ishtiroki haqida hikoya qilinadi. โDavr mening taqdirimdaโ (1964) โ iqror-roman boโlib, unda yaratuvchi inson va kurashchi zamondosh timsoli gavdalanadi. โQoraqalpoq qissasiโ (1958) hamda โMangulikka dahldorโ dostonlarida (1969) U tarixiy-inqilobiy mavzularga yuzlanadi, qahramonlik feโl-atvor shakllanishini koโrsatadi.
U bir qator adabiy-tanqidiy asarlar muallifi. A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, M.Gorkiy, V.V.Mayakovskiy, A.A.Blok, T.G.Shevchenko va boshqalarning asarlarini oโzbek tiliga tarjima qilgan.
U 1997 yil 17 aprel kuni vafot etgan.
Asqad Muxtor haqida boshqa maโlumotlar >>