Pushkin tomonidan yozilgan asarlari. Pushkin tarjimai holi.
Pushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva — 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis so‘zga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo‘shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta’siri, ayniqsa, kattadir.
O‘sha davrning eng nufuzli o‘quv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida o‘qish (1811—17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Pushkin litseyni tugatgach, Peterburgga ko‘chib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817—20) Rossiyaning tarixiy taraqqiyoti uchun muhim bir davr edi.
TAVSIYA ETAMIZ : PUSHKIN HAYOTI VA IJODI TO’LIQ >>
PUSHKIN SHE’RLARI : PUSHKIN SHE’RLARI >>
Pushkin asarlari
«Erkinlik» (1817, oda), «Chaadaevga» (1818), «Qishloq» (1819), «Hanjar» (1821), «Qur’onga taqlid», «Andrey Shene», «19 oktyabr», «Stenka Razin haqida qo‘shiq», «Sibirga maktub», «Armon» kabi she’rlari, «Ruslan va Lyudmila», «Kavkaz asiri» (1820-21), «Aka-uka qaroqchilar» (1821-22), «Boqchasaroy fontani» (1823), «Graf Nulin», «Poltava», «Mis chavandoz» (1833), «Gavriiliada» kabi poemalari, «Yevgeniy Onegin» (she’riy roman), «Buyuk Pyotrning habashi» kabi romanlari, «Boris Godunov» (tragediya), «Arzrumga sayohat», «Dubrovskiy» (povest, 1832-33), «Kapitan qizi» (1836, povest), «O’q», «Bo‘ron» kabi nasriy asarlari, «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» (1830-34), «Baliqchi va baliq haqida ertak» (1830), «Shoh Saltan haqida ertak» (1831), «Oltin Xo‘roz haqida ertak» (1834) kabi ertaklari va boshq.
Pushkin asarlari
Aleksandr Pushkin. Dubrovskiy (qissa) |
Aleksandr Pushkin. Marhum Ivan Petrovich Belkin qissalari |
Aleksandr Pushkin. Kapitan qizi (qissa) |