Mundarija
Aleksandr Pushkin hayoti va ijodi โ haqida maโlumotlar.
Aleksandr Pushkin hayoti va ijodi
Pushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva โ 1837.29.1 (10.2), Peterburg] โ rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qoโlida tarbiya koโrgan habash โ A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis soโzga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qoโshiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning taโsiri, ayniqsa, kattadir. Oโsha davrning eng nufuzli oโquv yurtlaridan biri โ Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida oโqish (1811โ17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil boโlgan. Pushkin litseyni tugatgach, Peterburgga koโchib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817โ20) Rossiyaning tarixiy taraqqiyoti uchun muhim bir davr edi.
Pushkin sheโrlari haqida
Pushkinning dastlabki sheโrlari 1913 yilda matbuot yuzini koโrdi. U litseyda oโqib yurgan kezlarida 120 ga yaqin sheโr va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bagโishlangan sheโri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinning yuksak bahosiga sazovor boโlib, u Pushkinning buyuk shoir boโlib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik Pushkin rus jamiyatida uygโonib borayotgan erksevarlik kayfiyati taโsirida ยซErkinlikยป (1817), ยซChaadayevgaยป (1818), ยซQishloqยป (1819) singari sheโrlarni yaratadi.
Pushkinga qadar rus sheโriyatida qasida, marsiya, xat singari har bir sheโriy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qatโiy qonun-qoidalar asosida yozilgan. Pushkin litsey lirikasidan farqli oโlaroq, Peterburg davri ijodida sheโriy janrlar oโrtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus sheโriyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan (ยซRuslan va Lyudmilaยป, 1820).
Pushkin ijodi
Pushkin ijodining tadrijiy yoโlini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813โ16 yillarni oโz ichiga olgan l-bosqichda Pushkin oโz zamondoshlarining badiiy tajribasini oโzlashtirgan boโlsa, 2-bosqich (1817โ20)da Pushkin ijodining gโoya va mavzular olami kengayib, u oโz uslubiga erishish yoโlida badiiy izlanishlar olib borib, kitobiy til bilan jonli xalq tilini oโzaro yaqinlashtirdi. Shoirning 1820โ24 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo koโp oโtmay, Pushkin qahramonni poetiklashtirish va voqelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi. Pushkin ijodining 1925 yildan boshlangan 4-bosqichida obrazlar va mavzular koโlamini chegaralashning har qanday koโrinishini rad etuvchi, fikr bilan tuygโuni, haqiqatni tadqiq etish bilan ยซjonli tasavvurยปni oโzaro uygโunlashtirishga asoslangan realistik tizimni ishlab chiqdi
Pushkinning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar taโsirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi sheโrlari chor hukumatida norozilik kayfiyatini uygโotdi. 1819 yilda Pushkinning ยซYashil chiroqยป toโgaragida ishtirok etishi esa Aleksandr I ni nihoyatda gโazablantirdi. U 1820 yil mayida Pushkinni Yekaterinoslavga surgun qildi. Shoir Yekaterinoslavga yetib kelishi bilan xastalikka yoโliqadi va ittifokr shu yerda qoโnoqda boโlgan general N.N.Rayevskiyning oilasi bilan birga dastlab Kavkazga, keyin Qrimga yoโl oladi.
Rossiyaning janubida yashash Pushkin ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron taโsirida romantik dostonlarini yozdi.
Pushkin romanlari dostonlari
Pushkin romantizmining ilk namunasi โ ยซKavkaz asiriยป dostoni (1820โ21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular oโrtasida katta muvaffaqiyat qozondi. Pushkin voqelikni romantik boโyoqlar bilan tasvir etishda davom etib, ยซAka-uka qaroqchilarยป (1821โ22) va ยซBoqchasaroy fontaniยป (1923) dostonlarini yaratdi. ยซLoโlilarยป dostoni esa Pushkinning ijodiy tadrijida roโy bergan jiddiy burilishning samarasi boโldi. Pushkinning romantik dostonlari va shu yillar lirikasi (ยซDemonยป, ยซDengizgaยป va b.) yagona gโoyaviy-badiiy yoโnalishga ega boโlib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar oโrtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi.
1824 yil Pushkin xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoye qishlogโi (Pskov)ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan soโng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qoโshiklarini toโplaydi, ยซBoris Godunovยป tragediyasi (1825), ยซGraf Nulinยป dostoni, ยซQurโonga tatabbuยป, ยซAndrey Shenโeยป, ยซ19 oktabrยป va boshqa mashhur sheโrlarini yozadi, ยซYevgeniy Oneginยป sheโriy romani ustidagi ishni davom ettiradi. ยซBoris Godunovยป Pushkinning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi boโlsada, shoir unda Shekspir anโanalariga tayangan holda dramatik sanโatning yangi yoโllarini kashf etadi, xalq bilan hokimiyat oโrtasidagi munosabatni asar markaziga olib chiqadi. ยซBoris Godunovยปni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka intilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xarakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va b.) Pushkinning keyingi ijodida oโz samaralarini berdi.
Pushkin ijodida realizm
20-yillar oxiri โ 30-yillar boshlarida Pushkin ijodida realizm tantana qilib, u ยซGraf Nulinยปdan tashqari, ยซPoltavaยป (1828โ9), ยซKolomnadagi uyยป (1830), ยซMis chavandozยป (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning ยซkichik tragediyalarยปini tashkil etgan baโzi bir pesalari hamda nasriy asarlari (ยซBelkin qissalariยป, ยซKapitan qiziยป va b.)ni yaratadi. Pushkin shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi.
20-yillarning 2-yarmida Pushkin ยซYevgeniy Oneginยป ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. Sheโriy romanning 1833 yilda toโla holda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea boโldi. Garchand sheโriyatning bu janri rus adabiyotida keyinchalik izchil davom ettirilmagan boโlsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir metodi va yangi estetika tamoyillari rus adabiyotining keyingi taraqqiyoti uchun gโoyat katta ahamiyatga molik boโldi. Pushkin asarda polifonik tasvir usulining shunday yoโllarini topdiki, ular voqelikni keng qamrab olish, muhim hayotiy muammolarni tasvir doirasiga olib kirish, epik va lirik ibtidolarni uzviylashtirish imkonini berdi. Natijada romanda Pushkin yashagan davrning muhim masalalari oโz inโikosini topdi, oโsha davrda keng tarqalgan kishilar xarakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zoโr mahorat bilan tasvir etildi.
Pushkin 1830 yil kuzini Boldino qishlogโida oโtkazdi. Rus adabiyoti tarixiga ยซBoldino kuziยป sifatida kirgan bu davrda shoir ยซKolomnadagi uyยป dostoni, ยซBelkin qissalariยป, shuningdek, boshqa ยซkichik tragediyalarยปini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa, ยซXasis ritsarยป, ยซOโlat chogโidagi bazmยป, ยซTosh mehmonยป, ยซMotsart va Saleriยป ยซkichik tragediyalarยปi olamshumul ahamiyatga molik masalalarni koโtarganligi bilan Pushkin ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi.
Pushkin 1831 yil yozida sharoit taqozosi bilan davlat idoralarida ishlashga majbur boโladi. U tashki ishlar kollegiyasida xizmat qilar ekan, davlat arxivida ishlash imkoniyatidan foydalanib, Buyuk Pyotr tarixini yozmoqchi boโladi. Arxivda ishlash Pushkinga Rossiyaning tarixi va hozirgi davridagi murakkab masalalarni toโgโri tushuntirish imkonini beradi. U siyosiy tuzum, ยซyangi maโrifatยป, Yevropa mamlakatlari mohiyati toโtrisida oโylab, tanqidiy xulosalarga keladi va feodal tuzumning chiriganiga ishonch hosil qiladi. Pushkinning ยซMis chavandozยป dostoni uning dunyoqarashida roโy bergan ana shunday oโzgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi.
Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga oโta boshlagani Pushkinning ยซPikovaya damaยป (1833) qissasida oโz tajassumini topgan.
Pushkin 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qoโzgโolonining paydo boโlish sabablarini qunt bilan oโrgandi, qoโzgโolon sodir boโlgan joylarga borib, rus xalq qoโshiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. Pushkin Pugachyov qoโzgโoloni haqida toโplagan bu materiallardan ยซPugachyov tarixiยป asari (1833), ยซDubrovskiyยป (1832โ33) va ยซKapitan qiziยป (1833โ36) qissalarida samarali foydalandi. Rus xalq ogโzaki ijodi namunalariga qiziqish natijasida Pushkinning ยซPop va uning xizmatkori Balda haqida ertakยป (1830), ยซShoh Sulton haqida ertakยป (1831), ยซBaliqchi va baliq haqida ertakยป (1833), ยซOltin xoโrozcha haqida ertakยป (1834) singari folklor motivlari bilan sugโorilgan asarlari maydonga keldi va bu asarlar Pushkin ijodi dagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi boโldi.
Pushkin 1831โ32 yillarda doโstlari tomonidan nashr etilgan ยซLiteraturnaya gazetaยป (ยซAdabiyot gazetasiยป)da faol ishtirok etib, adabiyotda xalqchillik va realizmning tantana qozonishi uchun kurashdi. Uzoq davom etgan saโy-harakatdan soโng 1836 yil aprelida ยซSovremennikยป (ยซZamondoshยป) jurnalining 1-sonini chiqarishga muvaffaq boโldi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi qora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi oโlaroq uning J.Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulugโ rus shoiri halok etildi.
Pushkinning rus madaniyati takdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qoโshdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator sheโriy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas boglik,. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari sanโat turlarining ham rivojlanishiga katta taโsir koโrsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr oโzbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining taโsiri sezilarlidir.
Toshkentda Pushkin nomida koโcha, maydon bor. Pushkinning tugโilgan kuniga 170 yil tulishi munosabati bilan 1969 yil Toshkent shahrida shoirga haykal oโrnatilgan.Aleksandr Pushkin hayoti va ijodi.