Mundarija
Pushkin chiroyli sheโrlari
Pushkin sheโrlari siz uchun. Oโqing va oโz fikringingizni bildiring!
SEN VA SIZ
Havoyi Siz o`rniga yanglish
Qiz nogahon Sen deya aytdi.
Shu dilbar so`z ko`nglimda yonish,
O`ylarimda orzu uyg`otdi.
Termulaman so`z derga ojiz,
Sehri tamom rom etgan meni.
Sirtda deyman: qanday yaxshisiz,
Qalbda esa: sevaman Seni.
HOFIZDAN
Jang shavqini dilda uyg`otma,
Yonma, yigit, zafar, shon bilan.
Qonli harbga o`zingni otma
Karabaxlik olomon bilan.
Balki seni o`ldirmas qotil,
Maydon aro, qilichlar aro.
Barnoliging ko`rgan Azroil
Yubormagay bemahal qazo.
Bir narsadan qo`rqaman faqat:
Oshno bo`lib jangda beboklik,
Senda qolmas dilbar nazokat,
Bu mayinlik, go`zallik, poklik.
EPIGRAMMA
Taโna bilan jonimga tegding,
Javob senga muxtasar, oshnam.
Ha, men ishchan emasman, lekin
Sen omilsan yalqovlikda ham.
TAVSIYA ETAMIZ : PUSHKIN HAYOTI VA IJODI TOโLIQ >>
PUSHKIN QISSALARI : PUSHKIN QISSALARI >>
Pushkin chiroyli sheโrlari:
EPIGRAMMA (2)
Illatlari haddan ziyoda,
Nopok yashab keldi bu odam.
Gunohlarin yoysa dunyoda
Joy qolmagay qo`ymoqqa qadam.
Insof kirdi unga nihoyat,
Asta-sekin yo`l topdi to`g`ri.
Mana endi durust, xayriyat,
Nomi bo`ldi qartaboz o`g`ri.
KAR
Kar karni kar qozining hukmiga to`g`riladi,
Kar dedi: Bu kar mening molimni o`g`irladi.
Kar karga javob berdi: Bekor aytibsan, ey kar,
Sen aytgan u qo`riqqa yetti pushtim don ekar.
Kar qozi hukm qildi, pok ish bulsin, bir yo`l bor,
Yigitni uylantiring, qiz bo`lsa ham gunohkor.
Erkin Vohidov tarjimalari
MEN SIZGA ACHINMAYMAN
Men sizga achinmayman, vafosiz sevgilarda
Behuda oqib oโtgan bahorimning yillari!
Men sizga achinmayman u otashin naylarda
Ehtiros-la kuylangan, ey tunlarning sirlari.
Men sizga achinmayman, bevafo doโst, joโralar,
Bazmlarning tojlari, davrada aylangan jom.
Men sizga achinmayman, xiyonotkor goโzallar,
Meni xayol band etgan, xursandchilik qilmas rom
Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular,
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari1!
Qani avvalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.
SADOQATLI GREK QIZI
Sadoqatli grek qizi, yigโlama, yoring
Dushman oโqi koโksin teshib shon bilan oโlgan.
Sen emasmi, kuzatarkan oโz bahodiring,
Qonli shuhrat janglariga yoโllanma bergan?
Dil sezarkan ayriliqning ogโir hijronin,
Soโng bor ochdi yoring senga issiq quchogโin,
Goโdagiga baxt tiladi tiyolmay yoshin,
Lekin, qora yalov erk-la hilpirab ketdi.
Xuddi Aristogitonday qilich oโynatib,
Jangga oโzin otdi-marding yiqila turib
Juda buyuk va muqaddas ish qilib ketdi.
โฆ.GA
Yoq, yoโq, muhabbatning joโshqin raโyiga
Endi men boโlmasman telbalarcha qul.
Ozor ham bermayman dil oromiga
Yonish, oโrganishga hech qoโymayman yoโl,
Bas endi, shaydolik yetar! Va ammo,
Ne uchun xayolga tolmayin bir zum,
Nogahon samoviy, nozli, musaffo
Qiz koโz oldimdan oโtarkan masโum?
Tomosha qilmoqqa totli shavq bilan
Nahotki, qolmadi zarra ijozat?
Sukutda kuzatmoq, nigor izidan,
Tilamoq mumkinmas baxtu saodat.
Nahot tilab boโlmas hayot neโmatin
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?
VIDOLASHUV
Xayolimda dilkash qiyofang
Erkalayman bukun soโnngi bor.
Qalbda umid uygโotib arang,
Qoโrqoq, gโamli huzurla sevging
Eslamoqni qildim ixtiyor.
Oโtib borar umrimiz yillar โ
Oโzgartirib har ikkimizni,
Endilkda shoirga sendan
Sovuq qabr epkini yelar,
Va sen uchun shoir ham soโngan.
Yuragimning soโnggi vidosin
Qabul etgin, e yiroq jonon:
Goโyo beva qolgan bir xotin,
Joโnatarkan quvgโinga doโstin,
Sukut ichra qolgan doโstsimon.
KECHIRARMIKINSAN
Kechirarmikansan orzumdagi rashk,
Ishqdagi bu sifat telba yonishni?
Sodiqsan! Ne uchun sevasan, yakkash โ
Fikru xayolimga qoโrquv solishni.
Jazmanlar qurshagan sening atrofing,
Koโrinmak istaysan barchaga dilbar.
Goh munis, goh maโyus sening nigohing
Hammaga nechun puch umid baxsh etar?
Aqlimni band etib, oโzimni maftun,
Bu baxtsiz sevgimga ishonchim komil,
Koโrmaysan, shovqinli gurungda butun
Suhbatga begona iztirobda dil, โ
Tanholik hasratin chekaman tolib,
Mahrumman iltifot va shavqatingdanโฆ
Ketmoqchi boโlaman: qoโrqib, yolvorib
Koโzlaring qidirmas mening izimdan
Ishvali soโzlar-la qilmoq boโlib rom,
Meni gapga tutib qolsa bir jonon. โ
Sen begโam, osuda, quvnoqsan mudom,
Bu taโnang men uchun oโlimdan yomon!
Gapirchi ne uchun mening raqibim,
Menu sen ikkovni koโrarkan xilvat,
Senga nechun sirli qiladi taโzim?..
Ayt-chi, kim beribdi bunga ijozat?
Soโyla-chi! Ne uchun toโlgโanar rashkda,
Ne uchun oqarar jamoling koโrib?
Ne uchun kun va tun oโrtasi paytda
Onangsiz, sen tanho olasan kutib?!
Lekin men sevimliโฆ Men-la qolganda
Shu qadar munissan, shu qadar dildor1!
Boโsang oโt! sen ishqdan suhbat ochganda
Samimiy yuraging etilar izhor1!
Senga kulgilidir mendagi azob
Va lekin sevasan yetadi aqlim.
Azizim, qiynama, hech qolmadi tob.
Bilmaysan, naqadar kuchlidir ishqim,
Bilmaysan, qanday zoโr menda iztirob.
โฆGA
Esimdadir ajib dam hali:
Koโz oldimda boโlding namoyon,
Pok goโzallik dahosi kabi,
Bir lahzalik xayol, tushsimon.
Gโam-alamdan dilim yonganda
Tushlarimda koโrdim chehrangni,
Hayotdagi boโm-boโsh suronda
Kelib turdi tovshing jarangi.
Yillar oโtdi. Isyon boโroni
Xayollarim sovurdi dildan.
Va unutdim dilbar sadongni,
Oโchdi aziz chehrang yodimdan.
Quvgโinlikning changida nursiz
Gโamga toโlib kunlarim botdi;
Xudo, ilhom, koโz yoshisiz,
Ishq, iztirob, hayotsiz oqdi.
Mana, qalbga oshno boโldi nay,
Koโz oldimda boโlding namoyon,
Goโzallikning sof parisiday,
Bir lahzalik ajib tushsimon.
Ruhim yana uygโondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Koโz yoshi-yu muhabbat, hayot.
AGAR SENI ALDASA HAYOT
Agar seni aldasa hayot
Sen noumid boโlma hech qachon.
Gโamli kunga qilgin itoat,
Xushnud kunlar keladi, ishon!
Qalb kelajak ishqi-la yashar;
Bu kunimiz qaygโu va dogโli:
Bari oniy, oโtishga shoshar,
Oโtgan esa, hamisha totli.
TAVSIYA ETAMIZ : PUSHKIN HAYOTI VA IJODI TOโLIQ >>
PUSHKIN QISSALARI : PUSHKIN QISSALARI >>
Pushkin chiroyli sheโrlari:
QONIMDA YONADI ORZU OTASHI
Qonimda yonadi orzu otashi,
Sen mening dilimga solding jarohat;
Boโsa ol:sharobu boldan ham shirin
Sening boโsalaring,bagโishlar rohat.
Kel, mehru sevgi-la boshimga egil,
Beisyon, oromda tin olsin jonim:
Quvnoq, kun botguncha ufqqa yengil,
Quyulguncha tunning tumanlari jim.
OโYLADIMKI
Oโyladimki, yurak unutdi
Muhabbatning ezgu azobin,
Dedim oโtgan barisi oโtdi,
Oโtdi. Qaytib kelmaydi tagโin.
Oโtib ketdi zavqda, qaygโuda
Va havoyi yengil umidlarโฆ
Ammo oโtkir husn oldida
Tushdi yana larzaga ular.
Zulfiya tarjimalari
OโTINCH
Oโzing asra endi meni, tumorim,
Quvgโin chogโlarimda meni asray qol.
Qalbimni chulgโasa shubha va malol,
Oโzing asra endi meni, tumorim.
Toโlqinlar buzishib sabru qarorim,
Tegramni chulgโashib olsalar mutloq,
Bulutlar solsalar vahshiy qaldiroq,
Oโzing asra endi meni, tumorim.
Begona ellarda yozib xumorim,
Erinchak sukunat qoโynida qolsam,
Olovli jang hissin qalbimga solsam,
Oโzing asra endi meni, tumorim.
Sirli va muqaddas oftob uzorim,
Aldoqchi, gโaroyib, laziz tuygโularโฆ
Xiyonat koโkida botdilar ularโฆ
Oโzing asra endi meni, tumorim.
Oโtgan xotiralar . dildagi zorim,
Qalbim jarohatin tirnamasin, bas,
Alvido, umidlar, tinch uxla, havas,
Oโzing asra endi meni, tumorim.
HAMMASI TUGADI
Hammasi tugadi, oramiz ochiqโฆ
Soโng bor qoโllaringni oโparkan, pari,
Shaโningga toโqiyman mungli bir qoโshiq,
Tinglayman javobing: .Tugadi bariโฆ.
Endi aldovlarni qilmasman rasm
Va seni alam-la axtarmoq nechun?!
Oโtdiโฆ oโtganlarning unut hammasin,
Sevgi yaralmagan faqat men uchun.
Sen yoshsan, qalbingning goโzal mahali,
Sevimli boโlarsan koโplarga haliโฆ
HIKMAT
Kulbada bittagina sham yonib turar edi.
Ravshan boโldi yoqishgach yana bitta shamchiroq.
Bejiz emas, qadimgi donolar deyar edi:
Toโy yaxshiyu va lekin kengashli toโy yaxshiroq.
YANGILIK
Xoโsh, dunyoda nima gap, qanaqa yangilik bor?..
U esa tura berdi bejavob, yutib nafas.
Oxir dedi: .O, doโstim, ezmalik kimga darkor,
Sen . ahmoqsan, bu esa aslo yangilik emas..
TOโGโRI ย BASHORAT
Kasalim tuzalarmi?.. Sher eshakdan soโradi.
Eshak esa oโylamay dedi: .Ayo shoh jahon,
Oโlmasangiz, yashaysiz, oโlmaganlar turadi..
Ikki karra ikki . toโrt, bu eshakka ham ayon.
DUNYO
Shundoq edi bu dunyo, shundoq boโlur hamisha,
Koโhna bir haqiqatning doโkoni yopilmaydi:
Dono odam juda kam, garchi koโp ilm pesha,
Bisyordir tanish-bilish, lekin doโst topilmaydi.
Abdulla Oripov tarjimalari
Pushkin sheโrlari siz uchun. Oโqing va oโz fikringingizni bildiring!