Munojot gโazali. Soโfi Olloyor gโazalari va tarjimai holi haqida
Munojot gโazali
Xoliqo!
Qoyilman oโz nuqsonima,
Koโb jafo qildim oโzumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat boโlmasa,
Hech ishonchim yoโq amal qilgโonima.
Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmogโil rasvo mani โ sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi koโb,nuqsoni koโbdur bandani.
Xoliqo!
Toโktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-koโsini.
Qoโllaring bulgโonsa isyon loyigโa
Oqizursan magโfirat daryosini.
BU QIZIQ : SOโFI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI
TAVSIYA ETAMIZ : SOโFI OLLOYOR GโAZALLARI TOโPLAMI
Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Boโldi mushkul holimizgโa,yo ahad!
Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima boโldi balo.
Garchi Olloyor Oโtarchidur yomon,
Qoโymogโil dushman qoโlida mubtalo.
Xoliqo!
Tutdim farogโat xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur gโarqi gunoh,
Och ango oโlganda rahmat bobini.
Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.
Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirogโim qoโlga ber,
Onda imonimni yoโldosh aylasang.
Xoliqo!
Afv ayla oโtgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Goโr ichinda kelsa ikki soโrgโuvchi
Onda sen rahm ayla yolgโuz boshima.
Xoliqo!
Diydamgโa ashki zori ber,
Koโngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mangโa koโpruk oโtarda yori* ber.
Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoringโa,
Bandadurman,zorman har bir koringโa.
Magโfirat daryosigโa gโarqob etib,
Koโzlarim shoyasta qil diydoringโa.
Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron boโlsa xalq oโz holigโa,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.
BU QIZIQ : SOโFI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI
TAVSIYA ETAMIZ : SOโFI OLLOYOR GโAZALLARI TOโPLAMI