Bosh sahifa ยป Arboblar ยป So’fiy Olloyor hayoti va ijodi. Tarjimai holi. G’azallar to’plami

So’fiy Olloyor hayoti va ijodi. Tarjimai holi. G’azallar to’plami

by administrator

sofi olloyor hayoti va ijodiSoโ€™fiy Olloyor (1644, Kattaqoโ€˜rgโ€˜on bekligi Minglar qishlogโ€˜i โ€” 1724, Denov) โ€” tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi joโ€˜ybor shayxlari dargohida taโ€™lim olgan. Oโ€˜z davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini oโ€˜rgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga toโ€˜ra etib tayinlangan. Darveshona feโ€™l, shoirona koโ€˜ngil sohibi boโ€˜lgan Soโ€˜fi Olloyor bu lavozimdan tezda isteโ€™fo berib, oโ€˜z davrining mashhur shayxi Navroโ€˜zga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga koโ€˜tarilgan, valiulloh (karomat sohibi) boโ€˜lib yetishgan.

TAVSIYA ETAMIZ : SOโ€™FIY OLLOYOR Gโ€™AZALLARI TOโ€™PLAMI

Oโ€™qib koโ€™ring : Uning Munojot gโ€™azali

so'fiy olloyor g'azallari munojot g'azali

Soโ€™fiy Olloyorย ijodi

Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan Soโ€˜fi Olloyor ijodining asosiy yoโ€˜nalishi islom maโ€™rifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bogโ€˜liq gโ€˜oyalarini targโ€˜ibtashviq qilishdan iborat. U ยซMaslak ul-muttaqinยป (ยซTaqvodorlar maslagiยป), ยซMurod ul-orifinยป (ยซOriflar murodiยป), ยซMahzan ul-muteโ€™inยป (ยซItoatkorlar xazinasiยป) asarlarini forsiy, ยซSabot ul-ojizinยป (ยซOjizlar sabotiยป), ยซFavz un-najotยป (ยซNajot tantanasiยป) masnaviylarini turkiy tilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheโ€™rlari ham mavjud. ยซMevalar munozarasiยป nomli manzuma xam unga nisbat beriladi.

Soโ€˜fi Olloyorning shoh asari ยซMaslak ul-muttaqinยป boโ€˜lib, 12 ming bayt, 135 ta katta-kichik bobdan iborat. Ilohiy maโ€™rifatning badiiy talqiniga bagโ€˜ishlangan bu asar el orasida shuhrat tutganidan soโ€˜ng doโ€˜stu yaqinlari undan turkiy tilda ham shunday bir kitob yozishni iltimos qiladilar. Bunga javoban u ยซMaslak ul-muttaqinยปni birmuncha qisqartirib, oโ€˜zbek tilida nazmda bitgan va unga ยซSabot ul-ojizinยป deb nom bergan. Oโ€˜zbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi boโ€˜lmish ushbu asarda tasavvuf taโ€™limotining maโ€™naviy-axloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa qoโ€˜shgan.

TAVSIYA ETAMIZ : SOโ€™FIY OLLOYOR Gโ€™AZALLARI TOโ€™PLAMI

Oโ€™qib koโ€™ring : Uning Munojot gโ€™azali

Soโ€™fiy Olloyorning asarlari haqida

Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birma-bir taโ€™riflab bergan. Axloqiy-taโ€™limiy ahamiyati jihatidan, xususan, ยซMaslak ul-muttaqinยป va ยซSabot ul-ojizinยป asarlari maktab va madrasalarda asosiy darsliklar qatorida oโ€˜qitilib kelgan. Uning diniy-tasavvufiy ruhdagi pandu hikmatga yoโ€˜gโ€˜rilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulgโ€˜or, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular koโ€˜p nusxalarda koโ€˜chirilgan.

19-asrning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoโ€˜li bilan bir necha marta bosilib chiqqan.
Soโ€˜fi Olloyor asarlari koโ€˜plab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bagโ€˜ishlab sharhlar yozilgan, lugโ€˜atlar tuzilib, u qoโ€˜llagan tasavvufiy istiloh-timsollar keng sharhlangan.

TAVSIYA ETAMIZ : SOโ€™FI OLLOYOR Gโ€™AZALLARI TOโ€™PLAMI

Oโ€™qib koโ€™ring : Uning Munojot gโ€™azali

Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x