So’fi Olloyor g’azallari to’plami. Munojot g’azali. So’fiy Olloyor tarjimai holi
TAVSIYA ETAMIZ : SO’FI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI
* * *
Dil – g’amin, xotir – xazin, tole’ – qaro, peshona – sho’r,
Qo’l – qurug’, matlab – uzoq, dushman – yaqin, jonona – dur*.
Yor – tolib, ishqi – g’olib, xasb – mone’, sabr – oz,
Dahr – purkulfat, jafo – ko’b, lutf – kam, rahmat – vo’fur.
Zod – aqal, sensiz – kasal, hajmi havo – tavli amal,
Yuz – taaluq, ming – ilal, g’am – benihoyat, g’ussa – zo’r.
Ich – tugun, holat – zabun, hosil – havas, savdo – jabun,
Yo’l uzun, a’do – fuzun, etmak – gumon, ketmak – zarur.
Umr – gustu pesha sust,xavf – Hotam, g’am – no’xust,
El – kuchuk, yuk – nodurust, vodiy – xatar, az man futur.
Fe’l – chab, g’aflat – ajab, g’ussa – maishat, g’am – tarab,
Til – suchuk, sar – munqalib, zohir – vara’, botin – fujur.
Chashm – tar, ruxsora – zar, xuni jigar – ohi sahar,
Kosh, bul fan birla, Olloyor muztar bo’lsa ko’r.
Jon agar hamsuhbati tandur, jahonda g’am yema,
Bul aziz mehmon borinda g’ussai olam yema.
Bir qarishlik yo’lga kirsang, qo’yma beyo’ldosh qadam,
Bir maviz ollingda hozir bo’lsa, behamdam yema,
Ikki kunlik lazzati dunyoyi bepoyon uchun
Fikr etib g’am tu’masini, ey bani Odam, yema,
Tangdast o’ldum deb, Olloyor, ko’b fikr etmag’il,
Yuz nadomat birla olamdin ketarsan, g’am yema.
TAVSIYA ETAMIZ : SO’FI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI
So’fi Olloyor g’azallari to’plami
Ey, xush ul umreki, o’tsa bir necha shaydo bilan,
Tanlari xalq ichra bo’lsa, dillari mavlo bilan.
Bag’ri biyron, ko’zlari giryon yoronlarni qo’yub,
Hayf o’shal umreki, o’tsa biznidek rasvo bilan.
Jon fidoyi ul birodarkim, bu dunyo mulkidin
Ko’rmasa bir pul yuzini, o’tsa istig’no bilan.
Ajdaho birlan to’qush qilg’on kishini er demang,
Er o’shal erdurki, tursa bandalik tamg’o bilan.
Toki, Olloyor, istarsan tiriklik izzatin,
Qoch o’shal tandinki, fikri bo’lmasa tanglo bilan.
Hojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang,
Munda tavfiq, onda imonimni yo’ldosh aylasang.
Ilkima bersang asoyi himmat, og’zima sano,
Ko’ngluma ishq otashin solsang, ko’zum yosh aylasang.
Bor umidim: gardi isyonimni yuvg’ay obi afv,
Varna yo’qdur chorasi qora tosh aylasang.
Chehrai jurmimni yopg’il pardai ismat bilan,
Onda mushkuldur gunohim xalq aro fosh aylasang.
Garchi Olloyor erur noqobilu nomustaqim,
Lutf etib bir murshidi komilg’a yo’ldosh aylasang.
Teshti ko’ksum, ezdi bag’rim dog’i hijronim mani,
Bu olamda muncha g’amda chiqmagan jonim mani.
Dilda sabrim, yuzda sharmim, boshda hushim qolmadi,
Ko’zda yoshim, rangda qonim, tanda darmonim mani.
Dardga to’lsam, g’amda so’lsam, telba bo’lsam ishqida,
Hasratida mundog’ o’lsam, yo’qdur armonim mani.
Holatim bad, hasratim behad, fig’onim be’adad,
Qil madad mandek yiqilg’on qulga sultonim mani.
G’ussai dil, qissai mushkulg’a qoldim oyu yil,
Obu gil ichra xijil qolg’on tanu jonim mani.
Aytur Olloyor yig’lab zori haf laylu nahor,
Tiyri ishqi yor to’ksa koshki qonim mani.
MUNOJOT
Xoliqo!
Qoyilman o’z nuqsonima,
Ko’b jafo qildim o’zumni jonima.
Zoti pokingdan inoyat bo’lmasa,
Hech ishonchim yo’q amal qilg’onima.
Xoliqo!
Qildim faoli kundani,
Qilmog’il rasvo mani – sharmandani.
Sen agar rahmat niqobin yopmasang
Aybi ko’b,nuqsoni ko’bdur bandani.
Xoliqo!
To’ktum ibodat tosini,
San tuzarsan bandani kam-ko’sini.
Qo’llaring bulg’onsa isyon loyig’a
Oqizursan mag’firat daryosini.
Xoliqo!
Qildim gunohi beadad,
Jon berar holatda san bergil madad.
Nafsi shayton ilkidin qutqormasang,
Bo’ldi mushkul holimizg’a,yo ahad!
Xoliqo!
Yo avvalo,yo oxiro,
Nafsi shayton jonima bo’ldi balo.
Garchi Olloyor O’tarchidur yomon,
Qo’ymog’il dushman qo’lida mubtalo.
Xoliqo!
Tutdim farog’at xobini,
Istadim doyim jahon asbobini.
Garchi Olloyor erur g’arqi gunoh,
Och ango o’lganda rahmat bobini.
Xoliqo!
Umr ayladim foniy bilan,
Endi bandang zor yilor joni bilan.
Garchi Olloyor erur zoru zabun,
Jonin ol niri imoni bilan.
Xoliqo!
Poishlarim bosh aylasang,
Xirmani rahmat mango chosh aylasang.
Munda tavfiqim,chirog’im qo’lga ber,
Onda imonimni yo’ldosh aylasang.
Xoliqo!
Afv ayla o’tgan yoshima,
Yaxshi qullarni ato qil qoshima.
Go’r ichinda kelsa ikki so’rg’uvchi
Onda sen rahm ayla yolg’uz boshima.
Xoliqo!
Diydamg’a ashki zori ber,
Ko’ngluma doim muhabbat yori ber,
Obi kavsardin mani serob etib,
Ham mang’a ko’pruk o’tarda yori* ber.
Xoliqo!
Lutf et gadoyi zoring’a,
Bandadurman,zorman har bir koring’a.
Mag’firat daryosig’a g’arqob etib,
Ko’zlarim shoyasta qil diydoring’a.
Xoliqo!
Tuz aylagaysan rohimiz,
Mustajob etgil duoi ohimiz.
Tongla hayron bo’lsa xalq o’z holig’a,
Mustafoni qil shifoatxohimiz.
TAVSIYA ETAMIZ : SO’FI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI
So’fi Olloyor g’azallari to’plami
TO’RTLIK
Odamiyning qadri yo’q bir yerda yurganda omon,
Qadr o’tar ammo judolig’ bo’lsa sandin begumon.
Garchi Olloyor O’tarchidur, erur ul ham yamon,
Oning ham qadri o’tar bir nechag’a o’lgan zamon.
* * *
Kimdin suchuk til ila shoyista ho‘ chiqar
Budur eshitmishamki, nigudin nigu chiqar.
Aytur xirad qulog‘ina boturda oftob
Kim borsa pastlik ila tongla ulu chiqar.
Har kimni bo‘lsa niyati ehsonda non kibi
Kim solsalar tanur ichiga surx ru chiqar.
Bir hola turmagan kishi telpak nig‘u kiyar
Bir yerga yetmagan so‘z og‘izdin nig‘u chiqar.
Navmid o‘lurmu bandaki, rahmat otasidin
Hardam nidoyi oyati lo taqnatu chiqar,
Olloqulining o‘g‘lidin aylar taajjub el
Kim o‘zbek o‘g‘li tab’idin bu rangu bu chiqar.
“SABOTUL OJIZIN”DAN
«Sano lil xoliqi g‘abrovu aflok»,
Yaratdi qatraedin gavhari pok.
Samovot uyini tutdi muallaq,
Jahona hukmini ko‘rsatdi mutlaq.
Qilib g‘abro madorin zimmai hut,
Bani Odamg‘a andin qism etar qut.
Padid etdi jahon ichra favosil,
Qilur har fasl turluk nash’a hosil.
Ajab sun’u, ajab ahkomi taqdir,
Qilur bir qursdin olam ko‘zin ser.
Iroda qilsa ul Hayyu tavono,
Qilur bir lahzada bilmasni dono.
Safiy tufrog‘in etgach, jon ila jism,
Nechuk ki ayladi donoyi har ism.
Xalos etsa birovni Rabbud —aflok,
Qolur tog‘ ostida, andin chiqar pok.
Nechukki tutdi to‘fon dashtu tog‘i,
Va lekin bo‘lmadi ho‘l Nuh oyog‘i.
Xalilluloh uchun yondirdilar nor,
Qadam qo‘ymay o‘shal o‘t bo‘ldi gulzor.
G‘azab yel odilarni qildi nobud,
Edi ul yel nasiymi tobei Hud.
Baliq qornida bir sohib karomat,
Chila o‘ltirdi —yu, chiqti salomat.
Agar amr etsa kimni Foriqul —farq,
Kelur bir lahzada g‘arb ustidin sharq.
Nechukkim do‘stini Sultoni kavnayn,
Yeturdi soateda qoba qavsayn.
Agar har kimga bersa izzu imdod,
Kelur xizmatga jinnu odamizod.
Sulaymonkim egurdi insu jindin,
Aning farmoni erdi bir nigindin.
G‘araz qudrat namolig‘ ayladi fosh,
Va gar na qadri erdi bir diram tosh.
Kalim ilgidagi qutlug‘ asoe,
Gahe ko‘fruk edi, gah ajdahoe.
G‘araz qudratnamolig‘ erdi, ey do‘st,
Va gar na erdi bir qad cho‘bi bepo‘st.
Agar amr aylasa, kavnayn barpoy,
Bo‘lur bir pistaning po‘chog‘ina joy.
Dedilar, hazrati Ruhul — aminni,
Qanot yozsa, tutar ro‘yi zaminni.
Aningdek Jabroile sidra parvoz,
Muhammad yengida aytur edi roz.
Agar qilsa birovning haqlig‘in fosh,
Shahodat bergusi gahvorada yosh.
Aziz etsa qayu qulni o‘shal shoh,
Agar choh ostida qolsa topar joh.
Sulaymon xizmatida qildi parvoz,
Hisobin bilmagan shoxinu shaxboz.
Vale bir mushtipar hudhud edi payk,
Dedi sultonig‘a: «Oriyu labbayk».
Madad qilsa Xudoe olamoroy,
Habib etsa ishorat, ayrilur oy.
Kishining ro‘zisin gar qilmasa kam,
Yetar har yerda mehnat qilmasa ham.
Kalimin chehrasin qilmas uchun zard,
Chiqordi lahzada Nil ostidin gard.
Nechukkim hazrati Solih uchun fosh,
Bolalig‘ teva tug‘di hukmidin tosh.
Yubordi ro‘ze Maryama malakdin,
Masiyha moida tushdi falakdin.
Azalda har kishini aylasa sa’d,
Xalil o‘g‘lidek etsa sodiqul—va’d.
Agar zabh etsalar, qaytarmag‘ay qosh,
Ko‘runmas bosh aning oldida bir mosh.
Kima bersa jaholat xamridin jom,
Behisht oldig‘a kelsa, bosmag‘ay gom.
Yetar rahmat suvi ko‘k kavkabina,
Yetushmas qatrae gumroh labina.
Ko‘rung Bu Tolib ila Bu Lahabni,
Ulug‘ daryo labinda xushk labni.
Agarchi o‘t bila suvda bo‘lur farq,
Chiqordi suv makonidin nechuk barq?
Agar chandiki sham’ o‘tdin bo‘lur jam’,
Qaro suvdin qilur ko‘z nuridek sham’.
Qayu bir qudratin qilmoq kerak yod,
Erur qosir uquli odamizod.
TAVSIYA ETAMIZ : SO’FI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI
So’fi Olloyor g’azallari to’plami:
HAZRAT RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM SIFATLARINING BAYONI
Durudi beadad hodiyi ding‘a,
Rasuli «rahmatan lilolamin»g‘a.
Xudoning do‘sti muxtorul—qurayshi,
Mudom ummat uchun talx erdi ayshi.
Emas mavjud aningdek gavhari pok,
Dalil uldurki kiydi toji «lavlok».
O‘shal shohanshahikim sham’i dindur,
Aning parvonasi Ruhul—Amindur.
Dedi Ma’bud aning otin «Muhammad»
Maqomatig‘a hargiz yetmadi had.
Tushurmay yer yuziga soyasini,
Yeturdi Arsh uyiga poyasini.
Qadam bosqon manozil erdi pur atr,
Sahobul—abyaz erdi boshida chatr.
Jamoli ne’mati matlubi kavnayn,
Kamolidin muyassar «qoba qavsayn».
Sharofat mundin o‘tmas — sunnatu farz
Yurusa to xuruji Dobbatul —arz.
Hama dindin bo‘lubdur dini bolo,
Guvohi hazraty Vojib Taolo.
Aning avsofini yo‘q intihosi,
Nag‘u, yetmas desa vasfin Xudosi.
Xudoning rahmati bo‘lsun damodam
Aning avlodig‘a, ashobig‘a ham.
KITOB TA’LIFINING SABABI BAYONI
Yozildi forsiy til birla maktub,
Aqiydotu furu’ qurbi mahbub.
Anikim ko‘rdilar turkiy yoronlar,
Dedilar: «Gar duo qilsa eranlar.
Bitilsa turki til birla aqiyda,
Ko‘ngullar bo‘lsa andin oramiyda».
Tamalluq qildilar chun bir necha yor,
Qalam tortay, Xudo bo‘lsun madadkor.
Va lekin aylayin so‘zlarni ijmol,
Manga yo‘qtur mufassal qilg‘ali hol.
Mane bechora, chunki omidurman,
Giriftori malomat domidurman.
Erurman bandalarning sarniguni,
To‘lay yoru birodarlar zabuni.
Agar chandiki bo‘lsam mag‘zi yo‘q po‘st,
Ishorat qildilar, chun bir necha do‘st.
Alarning so‘zlarin buzmay mane zor,
Savod ettim necha manzuma nochor.
Aqiyda so‘zlarini qildim isbot,
Anga qo‘ydim «Sabotul—ojizin» ot.
O‘zimdek xastalar bo‘lg‘aymu deb shod,
Nasoyihdin ham andak ayladim yod.
Nasihat tinglamas dil saxti mahjub,
Ko‘karmas tosha yomg‘ur yog‘sa ham ko‘sh
TAVSIYA ETAMIZ : SO’FI OLLOYOR HAYOTI VA IJODI