Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Koʻkaldosh madrasasi (Koʻkaltosh madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro shahrining tarixiy markazida, Labihovuz ansamblining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti.

Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

Koʻkaldosh madrasasi 

Buxoro xonligining poytaxtida 1568/69-yilda Qulbobo koʻkaldosh tomonidan bunyod etilgan madrasa, shu davrdan boshlab, hozirgi kungacha Markaziy Osiyoning eng yirik madrasasi maqomini oʻzida saqlab turibdi.

Buxoro xonligi, Buxoro amirligi va Buxoro xalq sovet respublikasining oʻziga xos Fanlar akademiyasi (Dor ul-fununi) boʻlgan.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

 

Hozirda Buxoroda eng ogʻir ahvolda qolib ketgan madaniy meros obyektlaridan biri boʻlib, unda ayollar goʻzallik saloni, video-montaj ustaxonasi, ofislar, doʻkonlar, hunarmandchilik ustaxonasi va hujra-muzeyi joylashgan. Aksariyat hujralari taʼmirtalab ahvolda qolib ketgan.

Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

Koʻkaldosh madrasasi tarixi

Koʻkaldosh madrasasining vaqf hujjatlari ilk bora professor Muso Saidjonov tomonidan oʻrganilib, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik, hujjatlar Abdusattor Jumanazar tadqiqotlari davrida qayta oʻrganib chiqilgan.

Madrasaning bizgacha ikkita vaqf hujjati yetib kelgan. Biri asl (1593—1594-yillarda tuzilgan), ikkinchisi Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurod (1785—1800) davrida koʻchirilgan nusxa. Asl nusxa charm gʻilofli, oʻram shaklida, tili forsiy, nastaʼliq xatida yozilgan. Koʻchirma nusxa ham asliga mos.

Vaqf hujjatida Koʻkaldosh madrasasi qurilishi bilan bogʻliq shunday maʼlumotlarni koʻrish mumkin:

 

Xoʻja Zaynuddin majmuasi tarixi haqida batafsil

Madrasaga asos solinishi

Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon IIning portreti Shayboniylar oʻzbek sulolasi davrida davlat poytaxti boʻlgan Buxoro shahri ilm va maʼrifat kishilari jamlangan bir goʻshaga aylangan. Ubaydullaxon davrida (1509—1540) Buxorodagi ilmu-hunar ahli shunday yuksak bir darajaga erishdiki, bu jihatdan shahar Sulton Husayn Boyqaro zamonasidagi Hirotni ham esga solib turgan boʻlsa, Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557—1598) poytaxtning sarhadi koʻpaydi.
Shaharda rekonstruksiya ishlari davom ettirildi, ana shu taʼmirlash va takomillashtirish jarayonida eski toʻkilgan binolar taʼmirlangan yoki butunlay buzib tashlangan va ayrim koʻchalar kengaytirilgan edi. Eski shahar va Yangi shahar bozorlari hududida meʼmorchilik majmualari — masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va hokazolarni oʻz ichiga olgan oʻziga xos diniy-ijtimoiy markazlar vujudga keldi. Bozorlar kengayib borishi natijasida turarjoy binolarini siqib, nari surish jarayoni ham yonma-yon kechdi. Yangi turarjoy mavzelari, xonaqoh, masjid va madrasalar Buxoro chekkalaridagi odamlar bir mahallar tashlab ketgan maskanlarda bunyod etila boshladi. Abdullaxon II va uning amirlari, ularning orasida esa eng nufuzlisi Qulbobo koʻkaldosh qurilishlarning asosiy donatorlaridan (homiylari va buyurtmachilaridan) biri sifatida ish koʻrgan edi.
Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

 

Koʻkaldosh madrasasi 1568—1569-yillarda Buxoro xonligi poytaxtining markaziy koʻchalaridan birida, Qoqilai hurd yoki Koʻkaldosh guzarida, oʻzbek hukmdori Abdullaxon II (1557—1598) hukmronligi davrida, xonning hohishi bilan, uning yaqin vaziri va sarkardasi Qulbobo koʻkaldosh donatorligida bunyod etilgan. U kattaligi va egallagan maydoni jihatidan avvalgi madrasalardan ustun oʻlaroq, bu davrda nafaqat Buxorodagi balki Markaziy Osiyodagi (Oʻrta Osiyodagi) eng yirik madrasa inshooti boʻlib, hozirga qadar shu maqomni oʻzida saqlab qolgan.

Madrasa uchun Qulbobo koʻkaldosh Buxorodagi tim, govxona, nonvoyxona, hammom, 2 karvonsaroy, 27dan ortiq doʻkonlarni (paxta savdosi, sarroflik, qassoblik, oshpazlik, boʻyoqchilik, tarvuzfurushlik va hokazolar); Kasbidagi Nayiston qishlogʻini toʻlaligicha; Harqonruddagi Xatoizza (yoki Xatogʻarra), Zulayho qishloqlarini; Gʻijduvondagi Qasri quzzot qishlogʻini vaqf qilgan. Oradan bir qancha vaqt oʻtib, jamoat arboblari, olim-u ulamolar va din peshvolari ham oʻzlarining turli miqdordagi mulklarini ushbu madrasa uchun vaqf qiladi. Shuningdek, dinga, fiqh va arab grammatikasiga oid kutubxona kitoblari ham madrasa foydasiga vaqf qilingan boʻlib, ularning roʻyxati bizgacha yetib kelgan.

Modarixon madrasasi tarixi va me’morchiligi haqida

 

Rivoyat qilinishicha, Koʻkaldosh madrasasining vaqfiga kiritilgan hammom, hozirgi Mavlono Sharif xonaqosi oʻrnida boʻlgan. Vaqf taʼsischisining vasiyatiga koʻra, ushbu hammomda madrasa talabalari bepul choʻmilishlari kerak boʻlgan. Bino yomon holatga kelib qolgandan soʻng, Mavlono Sharif madrasa vaqfi foydasiga topshirish uchun Dungiyon qishlogʻidan yer maydoni sotib oladi. Buning evaziga hammom uning xususiy mulkiga oʻtadi, u hammomni buzdirib, oʻrniga xonaqo bunyod ettiradi.

Koʻkaldosh madrasasi vaqfi istifodasiga kiritilgan 2 karvonsaroydan biri Soʻxta deb nomlangan. Unga oʻt ketishi natijasida yonib ketgan va oʻrnida bizgacha yetib kelgan Noʻgʻay karvonsaroyi qurilgan. U unchalik ham sezilarli boʻlmagan oʻzgarishlar va chekinishlar bilan oʻz oʻtmishdoshini deyarli aynan takrorlagan.

Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

Madrasa taʼlim tizimi

Eski Buxoroning eng qadimiy eskizi. Old planda Koʻkaldosh madrasasi fasadining chap qanoti va guldasta, bir oz uzoqroqda — Ernazar elchi madrasasi. (1880-yil).

Koʻkaldosh madrasasi Buxoro xonligi (amirligi) taʼlim tizimining eng oliy toifadagi oʻquv dargohi — oʻziga xos Fanlar akademiyasi edi. U oʻzining ushbu maqomini Buxoro xalq sovet respublikasi tashkil etilgandan soʻng ham yoʻqotmadi. Madrasa bu davrda yagona Dor ul-funun boʻlib qoldi. Qolgan yirik madrasalar esa Dor ut-tolibin (Mulla Tursunjon, Govkushon, Abdullaxon madrasalari) va Doril-mudarrisin (Mir Arab madrasasi) deya ataladigan boʻldi.

Buxoro ilm va taʼlim-tarbiya tizimining eng oliy toifadagi olimlari oxund, aʼlam, muftilar biror masalani hal etish maqsadida, odatda, ushbu madrasada yigʻilishgan. Madrasaning mudarrisi oxund, oliy taʼlim sohasidagi oliy darajani egallagan, ziyoli olimlar ichidan taʼyinlangan. Abdurahmon Abdulloh oxund ushbu toifa vakili toʻgʻrisida shunday maʼlumot yozib qoldirgan:

Madrasaning 1 nafardan mudarrisi, imomi, muazzini va 2 nafar farroshi vaqf mablagʻidan ish haqi, talabalar esa — stipendiya olishgan.

Maliho Samarqandiy, Ziyo Sadr kabi olimlar yozishicha, oʻtgan besh yuz yil mobaynida Markaziy Osiyodan tashqari Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Rossiya, Turkmaniston,
Kavkaz kabi oʻlkalarning ilm talab ziyolilari Koʻkaldosh madrasasida taʼlim olishgan.

Talabalar hujralarda yashashgan. Bitta hujrada 2 nafar talaba yashagan. Mashgʻulotni 2 oy uzrli sababsiz tark etgan talaba madrasadan chetlashtirilgan.

Koʻkaldosh madrasasining vaqf hujjatida uning muassisi qayd etgan shartga koʻra, vaqfga oʻtkazilgan kitoblar 2 mutavallining ixtiyoriga berilgan. Ularning biri madrasa vaqfining koʻchmas mulk mutavallisi, ikkinchisi esa kutubxona mutavallisi boʻlgan.

Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi

 

Madrasada talabalarning oʻqitilishi taxminan 20 yil davom etgan. Madrasa oʻquvchisi (mullobacha) birinchi 3—4 yildan soʻng muazzin (yoki soʻfi) unvonini olgan. Yana 1—2 yil oʻtib dahyak unvonini qoʻlga kiritgan. Bu unga stipendiya olish huquqini bergan. Dahyak stipendiyasining qiymati yiliga 120 tangani tashkil etgan. Yana bir qancha vaqt oʻtib esa dahyak qori boʻlgan. Taʼlimning keyingi bosqichida talaba salovot dushambegi unvonini olgan. Shundan soʻnggina madrasa kursi tugallangan hisoblanib, talabaga mudarris unvoni berilgan. Mudarris bir necha yillar davomida bir guruh talabalarni qabul qilgan holda bepul taʼlim bergan. Soʻngra unga madrasa vaqfidan yilik maosh belgilangan.

Maʼlumotlarga koʻra, madrasa talabalari quyidagi 3 toifaga ajratilgan. Past qadam — yillik maoshi 3 tilla, Sarf ilmidan Tahzibgacha oʻqigan; Miyona — yiliga 3,5 tilla olgan, Tahzibdan Mulla Jalolgacha oʻqigan; Pesh qadam — Mulla Jaloldan keyin davom ettirgan va yiliga 5 tilla haq olgan.

Buxoro xonligi (amirligi) davrida madrasada bir-necha marotaba kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan: peshtoqining qulab tushgan ravoqi qayta tiklangan, sharqiy tomonining 2-qavati arkadalari qayta qurilgan.

Koʻkaldosh madrasasi tarixi va rasmlari

Arxitekturasi

Koʻkaldosh madrasasi Labihovuz ansamblining shimolida joylashgan. U hajmi va koʻlami jihatidan nafaqat Buxorodagi balki Markaziy Osiyodagi eng yirik madrasa inshootidir.

Madrasaning old fasadi asosiy kirish peshtoqidan va ikki qanotdan tashkil topgan va Labihovuz ansambli maydoniga qaratilgan. Qanotlar tarkibiga 2 qavatli hujralar va 2 ta gumbazsiz guldastalar kiradi. Madarasa ichkarisiga peshtoqning naqshinkor darvozasi orqali kiriladi. Darvoza ortida miyonsaroy joylashgan boʻlib, u orqali madrasa hovlisiga eltuvchi yoʻlaklar oʻtgan va uning ikki yonida madrasa zallari (masjid va darsxona) joylashgan. Zallarning tashqi gumbazlari buzilib ketgan. 2 ayvonli hovli, 2 qavatli katta-kichik hujralar bilan oʻrab olingan. Inshoot oʻz davri meʼmorchilik qoidalariga koʻra mozaika va mayolika bilan bezatilgan. Madrasa hujralarining umumiy soni 160 ta.

Nodir Devonbegi madrasasi tarixi va rasmlari

 

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x