Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xorazm — Islom Xo’ja madrasasi tarixi va rasmlari

Xorazm – Islom Xo’ja madrasasi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Xiva shahridagi Islom Xo’ja madrasasi va minorasi XX asr boshida Vaziri Akbar Islom Xo’ja tomonidan qurilgan.

Xorazm - Islom Xo'ja madrasasi tarixi va rasmlari

Islom Xo’ja madrasasi.

Xiva shahridagi Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi XX asr boshida Vaziri Akbar Islom xo‘ja tomonidan qurilgan. Madrasa 42 ta hujradan iborat bo‘lib, unda 100 ta talaba o‘qigan. Uning old tomoni ikki qavatli bo‘lib, baland peshtoqi madrasani hashamatli qilib ko‘rsatib turibdi. Islom Xo‘ja madrasa vaqfi uchun o‘z mulkidan 14451 tanob (5780 gektar) er ajratgan.

Madrasa kirish eshigining ustiga marmar namoyon mahkamlanib, unga madrasaning qurilish tarixi bitilgan. Madrasa koshinlarini tayyorlagan usta o‘z nomini kirish eshigining chap tomonidagi koshin plitkalardan bittasiga yozib qoldirgan. “Esh Muhammad ibn Xudoy Berdi 1328”. (1910 yil).

Madrasada hozirgi vaqtda Xorazm Amaliy San’ati muzeyi joylashgan. Unda XIII – XX asrlarga oid bo‘lgan bebaho san’at durdonalaridan yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik, gilamchilik, mis o‘ymakorligi, zargarlik buyumlari kabi to‘plamlarning namunalari namoyishga qo‘yilgan.

Xiva — Sherg’ozixon madrasasi

Islom xo‘ja minorasi

Islom xo‘ja madrasasi oldida qurilgan Islom xo‘ja minorasi o‘zining hashamati va chiroyi bilan Xiva shahriga tashrif buyuruvchilarni hayratga soladi. Minoraning balandligi 51 metr bo‘lib, uning qurilishiga yarim million g‘isht ishlatilgan. Minoraning tepasi bejirim karniz va qubbali fonus bilan tugallangan. Fonus yuzasi turli shakldagi sopol-g‘ishtchalar bilan hoshiyalangan, ularning orasi esa rang- barang sirkor koshinlar bilan to‘ldirilgan. Fonus va karniz yashil-zangori, lojuvard (moviy) va oq rangdagi sirkor g‘ishtchalar bilan qoplangan.

Xivaliklar “Xo‘jani minorasida to‘rt fasl va o‘n ikki oyning bezagi bor” –deb ta’riflaydilar. Minoraga aylanma zinapoya orqali (balandligi 35 – 40 sm., 118 ta zinapoya) ko‘tariladi. Ichkariga yorug‘lik tushib turishi uchun aylana bo‘ylab 10 ta tuynuk ishlangan. Yuqorisining umumiy kuzatuv maydonchasida 6 ta panjarali deraza o‘rnatilgan. Minorani 14 ta koshinli belbog‘i bezab turibdi. Uning tepasiga balandligi ikki yarim metrlik misdan ishlangan qubba qo‘yib, ustiga shamol harakatiga qarab aylanib turadigan hilol oy tasviri o‘rnatilgan. 1997 yilda bu o‘nta bo‘lakdan iborat bo‘lgan qubba erga tushirilib, tilla suvi bilan qoplandi va o‘q teshib o‘tgan joylari ta’mirlandi.

Minoraning qurilishiga shoir Niyoziy tarix bitgan va uni xonning buyrug‘i bilan marmarga yozib, minoraning erdan chamasi o‘n metr balandligida o‘rnatishgan.

Minora rasmlari.

Xorazm - Islom Xo'ja madrasasi tarixi va rasmlari

 

 

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x