Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xiva – Sherg’ozixon madrasasi haqida ma’lumotlar

Xiva – Sherg’ozixon madrasasi haqida ma’lumotlar

by nafisa nafisa

Sherg’ozixon madrasasi Xivaning eng qadimiy madrasalaridan biridir. U 1726-yilda Xiva xonining Xuroson ustidan qozongan g‘alabasiga atab qurilgan. Xon turkmanlar ustiga bosqinchilik urushlari qilishni yoqtirar edi va “Xurshidi jahon” va “Sheri xudo” unvonlari egasi edi.

Xiva - Sherg'ozixon madrasasi

Sherg’ozixon madrasasi.

Ikki qavatli kirish qismiga ega bo‘lgan bir qavatli madrasani Erondan haydab kelingan 5000 nafar qul bunyod etgan. Ularning orasida ajoyib me’morlar va quruvchilar bor edi. Sherg‘ozixon ularga ozodlik va’da qilgani uchun bor mahoratlarini qurilishga sarf etdilar.

Ammo ayyor hukmdor atayin qurilishni cho‘zar edi. Unda doimo yangi fikrlar tug‘ilar, bu esa vaziyatning keskinlashishiga olib keladi. Xonning qurilishga navbatdagi tashrifida g‘azabga to‘lgan qullar uni ushlab olishadi va boshini tanasidan judo etishadi.

Sherg’ozixon madrasasidan o‘qimishli kishilar chiqar edi. Shoirlar va olimlar mashhurlikka erishar edi. Misol uchun o‘zbek shoiri Pahlavonqul Ravnaq va XVIII asrda yashagan turkman klassik shoiri Maxtumquli. Qozoqlarning mashhur so‘fiysi Avliyo Beket-ota ham ushbu madrasada tahsil olgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar uni “Maskani Fozilon”, ya’ni “Bilimli odamlar” maskani deb atay boshlashdi.

Me’morchiligi.

Madrasa Pahlavon Mahmud ansambli qarshisidan joy olgan. Uning yonida esa Sherg’ozixonning maqbarasi bor.U joylashgan yerning tuprog‘i cho‘kishi sababli kirish joyi yo‘lga nisbatan ikki metr pastda bo‘lib qolga. Shu sababli u yerga kirish uchun zinapoya orqali pastga tushiladi.

Madrasa to‘rt ayvonli hovli, xonalar va darsxonadan iborat. Sharqona an’analarga ko‘ra madrasaning kirish joyi peshtoq shakliga ega. Hovlida esa bir qavatli inshootlar qurilgan. O‘qituvchi va talabalar uchun 55 ta hujra ko‘zda tutilgan edi.Bino o‘zining dastlabki ko‘rinishini saqlab qola olmagan, qolgan qismlarining shakli esa juda qattiq o‘zgargan. Sovet restovratorlari unga ikkinchi hayotni bera oldilar. Lekin oldingi hashamat va dabdaba baribir yo‘qotilgan.

Madrasa rasmlari.

Xiva - Sherg'ozixon madrasasi haqida ma'lumotlarXiva - Sherg'ozixon madrasasi

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x