Umar Sayfiddin hikoyalari. Umar Sayfiddin tarjimai holi
Umar Sayfiddin ijodi
Umarning ilk ijod mahsuli 1900 yili “Majmuai adabiyya”da chop etildi. 1906 yili Izmirdagi jandarm maktabiga o‘qituvchi bo‘lib ishga kirdi. Shu yillarda Izmirda chop etiladigan “Sebat”, “Xizmat”, “Sarbast” kabi gazetalarga maqolalar yozdi.
TAVSIYA ETAMIZ : UMAR SAYFIDDIN TARJIMAI HOLI TO’LIQ
Umar Sayfiddin harbiy harakatlarda ishtirok etarkan, ijodni ham tark etmadi. 1911 yili “Yosh qalamkashlar” jurnalida uning “Yangi lison” nomli maqolasi imzosiz chop etildi. Maqolada milliy tilni asrab qolish, boshqa tillardan so‘z olgandan ko‘ra, uning milliy muqobillarini topish, adabiyotni xalq tiliga yaqinlashtirish kabi jiddiy masalalar ko‘tarilgan edi. Uning “Bahor va qaldirg‘ochlar”, “Qo‘zg‘olish xabari”, “Primo Turk bolasi”, “Ont” va “Ishq to‘lqini” kabi hikoyalari ham ayni shu jurnalda bosildi.
Hikoyalari haqida
Leytenant Umar Sayfiddin 1912 yilda Bolqon urushida qatnashdi va Yanya yaqinida yunon armiyasiga asirga tushdi. “Pastkash”, “Mahdiy”, “Hurriyat Bayroqlari” nomlı hikoyalarida asirlikdagi hayotini qalamga oldi. Bu hikoyalar “Xalqqa to‘g‘ri”, “Turk yurti” va “Zako” kabi jurnallarda nashr etildi.
Bir yillik asirlikdan so‘ng, 1913 yili Istanbulga qaytdi va harbiylikni tashlab, “Turk So‘zi” jurnaliga muharrirlik qila boshladi. 1914 yildan umrining oxirigacha Kabatash maktabida adabiyotdan dars berdi.
TAVSIYA ETAMIZ : UMAR SAYFIDDIN TARJIMAI HOLI TO’LIQ
Umar Sayfiddin asarlari
Umar Sayfiddinning “Tarix azaliy takrordir” (1910), “Haram” (1918), “Efruz Bey” (1919), “Qahramonlar”, “Bomba”, “Haram”, “Uzun poshnalar”, “Halollik”, “Yolg‘iz bahodir”, “Iskanja”, “Ishq to‘lqini”, “Oq Lola”, “Sirli amaliyot”, “Forsa”, “Badal” (“Yoshlik” jurnalida chop etilgan), “Pushti durli yoqa” kabi asarlari mashhur.
Umar Sayfiddin Hikoyalari