Bosh sahifa » Arboblar » Umar Sayfiddin hayoti va ijodi. Umar Sayfiddin tarjimai holi asarlari ijodi

Umar Sayfiddin hayoti va ijodi. Umar Sayfiddin tarjimai holi asarlari ijodi

by administrator

Umar Sayfiddin hayoti va ijodi. Umar Sayfiddin tarjimai holi asarlari ijodi

umar sayfiddin hayoti va ijodi

Umar Sayfiddin hayoti va ijodi

XX asr turk adabiyotining yirik vakillaridan biri Umar Sayfiddin (Omer Seyfettin) 1884 yilda Turkiyaning Goʻnen shaharchasida dunyoga keldi. Maktabdan soʻng harbiy tahsil oldi. 1903 yilda harbiy maktabni tugatib, 1908 yilga qadar Izmir va uning atrofida zobit boʻlib xizmat qildi. Jandarma bilim yurtida dars berdi. Hayotining Izmirda kechgan davri boʻlajak adib uchun ijodga tayyorlanish yillari boʻldi. Umar Sayfiddin 1908 yilda Salonikiga yuborildi. Bolqon yarimoroli ixtiloflar bilan toʻlib-toshgan, u yerdagi elatlar oʻz mustaqilliklari uchun turklarga qarshi qoʻzgʻalgan bir payt edi. Umar Sayfiddin shunday bir sharoitda Rumelining qator qishloq va shaharlarida turli mansablarda xizmat qildi. Xizmati davomida duch kelgan turfa hodisalar uning milliy tuygʻulariga ham taʼsir etmay qolmadi. Buni hikoyalaridagi millatparvarlik ruhida yaqqol koʻrish mumkin.

TAVSIYA ETAMIZ : UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TO’PLAMI

Ijodi

Adib 1910 yilda harbiy xizmatdan boʻshab, Ali Jonib va Ziyo Koʻkalp singari turk maʼrifatparvarlari bilan birgalikda “Yangi til” harakatiga kirishadi. Ular shu maqsadda 1911 yilda Salonikida “Yosh qalamlar” jurnalini chiqaradilar. Umar Sayfiddin bu harakat orqali “adabiyotda va tilda bir inqilob” yasash fikrida edi. Ularni “yangi tilchilar” deyishardi: “Yangi tilchilar”ning gʻoyasi yozuv tilini turk tili qoidalariga boʻysundirish edi.

Jurnalning dastlabki sonidagi “Yangi til” nomli maqolasida Umar Sayfiddin oʻsha paytdagi turk tilining hech kim soʻzlashmaydigan lotincha, ibroniycha soʻzlar bilan toʻldirilgan, millatga begona, ayrim mutaxassislargagina anglashiladigan bir til ekanligini aytadi. Uningcha, Turkiya adabiyoti Sharqda Eronga, Gʻarbda Fransiyaga ergashmoqda. Bugun Fransiya izidan borayotganlar bilan eskidan Eronga taqlid qilib kelganlar orasilda hech qanday farq yoʻq. Oldinlari forscha sheʼr yozib, bundan gʻururlanib yurganlar boʻlgani singari endilikda fransuzcha sheʼr yozganidan faxrlanadiganlar bor.

Faoliyati

Umar Sayfiddin “sarvati funun” tarafdorlarining baʼzi misra va jumlalarida birorta ham turkcha soʻz yoʻqligini misollar asosida keskin tanqid qiladi, yangi bir milliy tilni shakllantirmoq lozimligini soʻzlaydi. Uningcha, eski til xastadir. Uni tuzatish uchun bir qator choralar koʻrmoq lozim. Umar Sayfiddin fikricha, xalq bilmaydigan, ishlatmaydigan arabcha va forscha grammatik qoidalarga, soʻzlarga, imkon boricha, oʻrin bermaslik zarur. Yozuv tilida faqat milliy grammatik qoidalar qoʻllanilmogʻi lozim.

TAVSIYA ETAMIZ : UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TO’PLAMI

Umar Sayfiddin Hikoyalari

Umar Sayfiddin 1912 yilda yana harbiy xizmatga qaytadi. Bolqon urushida serblar, yunonlarga qarshi jang qiladi. Urushda asir tushib, bir yil Yunonistonda qolib ketadi. Urushdan soʻng isteʼfoga chiqib, Istanbulga keladi. “Turk soʻzi” jurnalida bosh muharrir boʻlib ishlaydi. Ayni paytda Istanbulda turli oʻquv yurtlarida adabiyotdan dars beradi. “Xalqqa doʻgʻru” (Xalqqa yuz burish), “Turk yurdu” (Turk yurti), “Zako”, “Buyuk majmua”, “Tikon”, “Vaqt”, “Zamon” kabi gazeta va jurnallarda koʻplab maqola hamda hikoyalari chop etiladi.

Umar Sayfiddin – hayotni bilish, anglash va tasvirlash mahoratiga koʻra nodir bir sanʼatkor. Millatsevar adib ijodining asosiy qismini tashkil etuvchi hikoyalarida turklarning qahramonligi, ularning yuksak maʼnaviy fazilatlarini bosh mavzu qilib oladi. Eng koʻp shuhrat qozongan asarlari milliy-tarixiy mavzulardagi hikoyalaridir. Asarlarida milliy shuurga quvvat berish, Turkiyaning tiklanishini tezlashtirish orzusi sezilib turadi.

Yozuvchining inson tabiatidagi kamchiliklarni tasvir etishga bagʻishlangan hikoyalarida hajviy ifoda kuchli. Asarning taʼsir kuchini oshirish maqsadida hikoyani kutilmagan tarzda yakunlash muallif uslubining oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Umar Sayfiddinning “adabiyotsiz adabiyot yaratish” shioriga muvofiq ish tutganligi, yaʼni asar yaratishda jimjimadorlikka, kitobiylikka berilmay, “porloq jumlalar”siz, oddiy soʻzlashuv tilida yozish uslubi hikoyalarining mashhur boʻlishiga olib keladi. Adabiyotda inqilobiy oʻzgarish qilishga urinish, mavzuni kundalik oddiy voqealardan olib, kichik hikoyalar yozish Umar Sayfiddinning ijodiy qiyofasiga xos xususiyatlardan edi.

TAVSIYA ETAMIZ : UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TO’PLAMI

Boshqa arboblar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x