Mundarija
Tilak Joโra sheโrlari. Tilak Joโra ijodi. Tarjimai holi
Tilak Joโra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorakoโl tumanidagi Sayyot qishlogโida tugโilgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oโzbekiston Milliy Universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagan (1972). ยซRayhonยป (1977), ยซOlam ostonasiยป (1980), ยซYulduzlar tabassumiยป (1981), ยซChorrahadagi uyยป (1983), ยซSanduvochยป (1988), ยซRuhiyatยป (1990) kabi sheโriy toโplamlari nashr etilgan. ยซHozirgi turk sheโriyatiยป, ยซNozim Hikmat va Oโzbekistonยป singari ilmiy tadqiqotlar muallifi. 1994 yil vafot etgan.
TAVSIYA ETAMIZ : TILAK JOโRA HAYOTI VA IJODI TOโLIQ
Tilak Joโra sheโrlari
ONA NIYATI
Ot choptirib chiqding uyingdan,
Ot choptirib qaytgin, ilohim!
Qoโlingdagi jiloving kabi
Erking boโlsin oโzingda doim.
Mayli, meni oโylama, bolam,
Topganingni sarf qil oโzingga.
Lek birovga boโlmagin qaram,
Nam tegmasin sira tizingga.
Ulgโaytirdim polvonim deya,
Toliqqanda darmonim deya.
Shamol kabi yelib borasan,
Olisdagi osmonim deya.
Osmoningni olib qayt, bolam,
Qolib ketma osmon vaslida.
Otang qurgan bu kichik hujra
Osmondan ham kengdir aslida.
Ot choptirib chikding uyingdan,
Ot choptirib qaytgin, ilohim!
Qoโlingdagi jiloving kabi
Erking boโlsin oโzingda doim.
* * *
Kel, ey, koโngil, sharobday quyil
Qaqrab qolgan qaqroq labimga.
Mast boโlayin, mayliga butkul,
Malham boโlsang sogโinch dardimga.
Tuygโulardan koโzim qamashib,
Uzoq yillar kuyladim oyni.
Ilon kabi ul ham chirmashib,
Tuygโularday avradi meni.
Oy ham bugun begona menga,
Begonadir osmon ham axir.
Umidimday suyandim tongta,
Bu tonglarki yilt etgan shamshir.
Mast aylardi shudgorning hidi,
Zamin bugun dimiqib yotar.
Chigirtkalar sasi ham tindi,
Sukut yuragimga nashtarday botar.
Umr oโxshar egik daraxtga,
Belin bukar buyuk bir sogโinch!
Men hushimda oโxshab karaxtga,
Tushlarimda yashayman notinch.
Shovullagan soyni kuyladim,
Oqizdirmas hatto soyamni.
Men hamisha baxtni oโyladim,
Chaqmoqlarga sanchib miyamni.
Yoโq! Tugamas koโngil safari,
Boโlmasa ham armonning vasli.
Boโl hayotning gโolib askari,
Qalbim sendan topdim tasalli!
Kel, ey, koโngil, sharobday quyil
Qaqrab qolgan qaqroq labimga.
Mast boโlayin, mayliga butkul,
Malham boโlsang sogโinch dardimga.
TAVSIYA ETAMIZ : TILAK JOโRA HAYOTI VA IJODI TOโLIQ
Tilak Joโra sheโrlari DAVOMI
RUHIYAT
Bir yalanglik boโlsa,
Toโyib-toโyib baqirsang,
Soโnib qolgan ruhingni
Qalqib-qalqib chaqirsang!..
Titrasa tovushingdan
Dimiqqan bagโring, tanang,
Sochilib dil gโubori
Qoyadagi maysaday
Silkinib tursa shonang.
Oh, desang, ohlar desang,
Bu qanday chogโlar desang,
Yelkamni togโday bosgan
Bu qanday dogโlar desang!
Qoโl butun, oyoq butun,
Dil nechun ogโlar desang,
Bu qanday imkon, oxir!
Qoโllarim bogโlar desang,
Bu umid qanday umid,
Dilda jon saqlar desang!
Oh ursang, ohlar desang,
Bu qanday zamon, oxir!
Toโyib-toโyib baqirmoq,
Yonib-yonib chaqirmoq
Endi bir armon desang.
Bir yalanglik boโlsa,
Aytib-aytib shularni,
Uchirib
Gala-gala qushlarni
Toโyib-toโyib baqirsang,
Kuyib-kuyib chaqirsang?!
* * *
Bu elga gโam emas, yomgโirlar yogsin,
Bahor yomgโirlari, kuz yomgโirlari,
Sevinch yomgโirlari, ishonch yomgโirlari,
Yogโsin-ey, mayliga, sogโinch yomgโirlari,
Sogโinib-sogโinib kelgan bu elga,
Suyanib-surinib kelgan bu elga,
Soโkilib-sovrilib kelgan bu elga,
Suqlanib-sargโayib kelgan bu elga,
Yogโsin-ey, mayliga quvonchlar yogโsin.
Borini berib ham, boโhtonlar olgan,
Zorini aytib ham, zorlanib qolgan,
Somonday sargโayib, har yon sochilib,
Tola-tola boโlib, toliqib tolgan
Bu elga quvonchlar, ishonchlar yogsin!
Bu qanday zamondur, bu qanday davron,
Umrim, oโz holingga oโzingsan hayron,
Ne xatolar qilding, aytsang-chi, axir,
Koโngil-da vayrondir, imon-da vayron.
Sargโaygan qamishday sargโaygan goโdak,
Sendan qadrlimi bir dona koโsak?
Dardim daryo boโlib oqizmas meni,
Yelkamda koโtarib ketsam men seni.
Seni qanday asray, koโzi qaroliq,
Qoโllarim choโzarman, qoโllarim bogโliq,
Bu dunyo gumrohdir, gumroh odamlar,
Jilmayib boqarlar, yuraklar dogโliq!
Koโklikdan koโkarmay, sargโaygan sohil,
Ummoning qaydadir, gumoning qayda,
Seni ham kul qildi, kul boโlgan hosil,
Toโfoning qayda hey, suroning qayda?!
Oh urib, ohimni men kimga aytay,
Qani, u tush boโlsa, jimgina yotay.
Lek, ruhim tirmalib, sanchilar sanchiq,
Qarogโim qichqirsa, men qanday yotay!
Bu elga gโam emas, yomgโirlar yogโsin,
Bahor yomgโirlari, kuz yomgโirlari.
Bahorday borliqni quvonchga qorsin,
Oโzlik yomgโirlari, oโz yomgโirlariโฆ
SARATON
1. Chaylaga osiqlik chakki xaltadan
Chak-chak tomadi
Sargโish tomchilar.
Chaylaga suyangan katda
Chol mudrar
Sochiq-la quvlab uyquni.
Butun poliz mudrar,
Itning qulogโiday
Palakning bargi osilganโฆ
2. Yaproqchalar jimgina boqar,
Qoratolning shoxi qayrilib.
Irmoqcha ham erinib oqar,
Tolning soyasidan ayrilib.
Tol shoxida qushcha bemajol,
Halqumida tipirchilar jon.
Tol tagiga berkingan shamol,
Oโz hukmini oโqir saraton.
3. Palaklarda parchalanar koโk
Tarsillagan qovun sasidan
Koโsaklar ham tinmay otar oโq,
Oppoq tishlar chiqar qafasdan.
Dami qisib kelar harsillab,
Oftobbardor kunduzlar shitob.
Qoshlaridan oโsmasin yalar
Horgโin qizlar yelpigan oftobโฆ
* * *
Qizil gulday tutay s?nga oโzimni,
Yuragingni olganday olgin quchoblab!
Sayyotimning* moviy siynasida uchayotgan
momiq kapalaklarday erkala!
M?n,
bir tola maysa boโlib oโsmoq istayman, s?vgilim,
Shoโrxok y?rday toโzgโib yotgan miyangda,
bir dona shabnamni erkalamoq uchunโฆ
H?ch boโlmasa,
Bir lahza
Farididdin Attor aytganday,
Gavdam bilan yopmoq istayman,
doโzax darvozasini!
M?ning bu xayollarimdan
kimdir kular,
kimdir yigโlar.
M?ni bu dunyoda ,
kuldirganlar koโp,
yigโlatganlar koโp,
Ammo
oโldirgan bitta:
oโz umidim,
oโz umrim!
H?ch boโlmasa,
bir lahza,
s?ning kulishing uchun,
s?ning yigโlashing uchun,
S?vinch
hasrat boโlib, oโlmoqni istayman!
1979
*Sayyot- shoir tugโilgan qishloqning nomi
* * *
Dunyoning d?razasi ochiq:
oftobga,
oyga,
yulduzga,
yurakka,
Oftob โ uygโotar dunyoni.
Oy โ yoritar.
Yulduz โ dunyo d?vorida bir surat.
Yurak-chi?
Yurak โ
oftobni,
oyni,
yulduzni
oโirlamoq istab,
d?raza oldida turibdiโฆ titrab.
1977
SEVINCH
Olisdan k?ldim:
na otda,
na piyoda.
K?ldim:
lablaringga qoโnib,
koโzlaringga qoโnib,
yonogโingda yongani
ziyoda.
1978
* * *
Yomgโirday shovillab yogโarman hali,
Daryo mavjlariga qoโshilmoq uchun!
Tugamay umrimning soโnggi gโazali,
Ipakdyay yoโlingda eshilmoq uchun!
Yomgโirday shovillab yogโarman haliโฆ
1978
TAVSIYA ETAMIZ : TILAK JOโRA HAYOTI VA IJODI TOโLIQ
Tilak Joโra sheโrlari:
MASHRAB
Koโkka qarab qoโlin siltadi,
Yerga qarab silkdi etagin.
Ikkisin ham koโzga b?rkitdi,
U โ dunyo d?b bildi yuraginโฆ
NOZIM HIKMAT SOโZI
Orzu bilan otadi har tong,
Qaygโum bilan choโkadi har shom.
Orzularim suronidan,
Qaygโularim boโronidan.
Ona Yerning ostonasiga
Osmon boโlib yorildim.
K?lajakning n?shonasiga
Imon boโlib yozildimโฆ
Orzu bilan otadi har tong,
Qaygโum bilan choโkadi har shom.
1975
YOZ KECHASI
Sevgilim,
Sening zarhal tarogโingmi
Oyning yangi oโrogโi?
Bu kech u
Toโlqinlarga
Qoqila-qoqila
Ishqimizni
Koโzlarga,
Soโzlarga,
Daryolarga,
Dengizlarga
Chiroq qilib yoqadi.
Oyning yangi oโrogโiโฆ
1975
VISOL
U qushga oโxshaydi,
Yo tushga โ
Mening bagโrimda kechadi,
Olis osmonimda
Qushday uchadi!
U qushga oโxshaydi,
Yo tushga?!
U โ buyuk sharpadir.
Sendan qochadi u,
Mendan kechadiโฆ
1980
UMAR XAYYOM
Umridan toโrt qibla yaratdi,
Toโrt ustun koโtardi roโyi jahona.
Kimni kuldirdi-yu kimni yigโlatdi
Toโrt ufqli kichik mayxona.
1977
OZODLIK
Qorongโu kulbada
Nish urgan maysa,
Somonday sargโayib,
Titrab,
Yugurib bormoqda
Vassa ostidagi
Tuynukka qarabโฆ
1980
* * *
Chayqalib yotibdi nurli bir chaman,
Oy bilan oftobning buyuk vatani.
Tong kabi jilmayib baxti ochilgan,
Maysaga koโmilib nurli badani.
Osmon posbonidir bunda burgutlar,
Chumchuq chugโuridan teshiladi tom.
Bu oโlka koโksida yonar bulutlar,
Chinor shoxlariga koโnganida shom.
Ne-ne daryolar bor, yugurib-elib,
Ummonda qolarlar bir umr yaxlab.
Bu chaman bagโriga daryolar kelib,
Zaminga singarlar, gโoโzaday shoxlab.
Koโz yoshdek tiniqdir bu elda osmon,
Shaftoli shoxlari qayrilgan onda.
Naqsh olma yuziga yugurganda qon,
Oftob ham osilib, tolar armonda.
Bu elning qadimiy har qoโshigโida,
Bejiz oltin deya atalmas tuproq.
Simyogโochga qoโngan qush tumshugโida,
Tilladay nurlanib turibdi boshoq.
Chayqalib yotibdi nurli bir chaman,
Yulduzday sochilib olamga shoni.
Fidoyi oโgโlingman, yonib oโpaman,
Olam ostonasi โ Oโzbekistonni.
TAVSIYA ETAMIZ : TILAK JOโRA HAYOTI VA IJODI TOโLIQ