Tilak Jo’ra hayoti va ijodi. Tilak Jo’ra she’rlari to’plami

Tilak Jo’ra hayoti va ijodi
Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos Tilak Jo‘ra yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi. Shoir qishloq manzaralarini, mehridaryo, halol, to‘g‘riso‘z, mehnatkash odamlarning o‘y-kechinmalarini, orzu-umidlarini ehtirosli misralarda, yorqin timsollarda aks ettirgan.
Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos Tilak Jo‘ra o‘tgan asrning 70-yillarida adabiyotga kirib keldi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi, yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.
TAVSIYA ETAMIZ : TILAK JO’RA SHE’RLAR TO’PLAMI
Ilm olishi
Tilak Jo‘ra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ildi. 1956-1966 yillarda o‘rta maktabda, 1966-1972 yillarda hozirgi Milliy universitetning jurnalistika fakultetida o‘qidi. 1978-1981 yillarda aspiranturada tahsil oldi.
1970 yildan umrining oxiriga qadar universitetning tarjima nazariyasi kafedrasida talabalarga tarjima ilmidan saboq berdi, 1986 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi.
Tilak Jo’ra ijodi
Undan yaxshi nom, yaxshi she’riyat qoddi. Tilak Jo‘ra 1994 yilda to‘satdan vafot etdi.
Shoirning «Rayhon» (1977), «Olam ostonasi» (1980), «Yulduzlar tabassumi» (1981), «Chorrahadagi uy» (1983), «Sanduvoch» (1988), «Ruhiyat» (1990) nomli she’riy kitoblari, rus, turk, ozarbayjon, arman, frantsuz she’riyatidan qilgan tarjimalari, «Hozirgi turk she’riyati», «Nozim Hikmat va O‘zbekiston» singari ilmiy asarlari bosilib chiqqan.
TAVSIYA ETAMIZ : TILAK JO’RA SHE’RLAR TO’PLAMI
U qishloq manzaralarini, mehridaryo, halol, to‘g‘riso‘z, mehnatkash odamlarning o‘y-kechinmalarini, orzu-umidlarini ehtirosli misralarda, yorqin timsollarda aks ettirgan.