Shukrullo tomonidan yozilgan sheโrlar. Shukrullo ijodi
Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tugโilgan. Oโzbekiston xalq shoiri (1981). Oโzbekistonda xizmat koโrsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935โ 38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944). Ilk sheโrlar toโplami โ ยซBirinchi daftarยป (1949). ยซQalb qoโshiqlariยป (1949), ยซHayot ilhomlariยป (1959), ยซUmrim borichaยป (1960), ยซInson va yaxshilikยป (1961), ยซZarralarยป (1973), ยซSuyanchiqยป (1977), ยซYashagim keladiยป (1978), ยซSening baxtingยป (1988), ยซToโqilgan dardlarimยป (2001), ยซShafaqยป (2007) va boshqa sheโriy asarlar muallifi. Koโplab dostonlar (ยซAsr bahsiยป, 1985), bolalarga atalgan sheโr va ertaklar (ยซYulduzlar, 1964) hamda sheโriy dramalar (ยซHasrat bogโiยป, 2004) yozgan. ยซJavohirlar sandigโiยป (1983) essesi, katagโon davri dahshatlari haqidagi ยซKafansiz koโmilganlarยป (1989) avtobiografik qissasi, ยซTirik ruxlarยป (1999) roman-xronikasi ham bor. Alisher Navoiy nomidagi Oโzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). ยซDoโstlikยป (1994) va ยซEl-yurt hurmatiยป (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz : Shukrullo hayoti va ijodi >>
BAHOR KECHASI
Quyosh botib ketdi.
Bir tutam nuri
Varrak dumlariga ilashib qoldi.
Onasi yetaklab ketgan boladek,
Chumchuklar churq-churqlab tark etdi tolni.
Hovlim oโrtasida doโndiq qiz kabi
Pushti koโylak kiyib turar shaftoli.
Gilos oq shoxi toโn kiygan kuyovmi,
Egilib kelinga pichirlardi u.
Toโyni koโrish uchun tom tepasiga
Shoshib chiqib olgan qizlar kabi oy โ
Oโrikka tirmashib, yongoqqa oโtib,
Terak tepasida koโrsatdi chiroy.
Faqat uyidamas, har xonadonda,
Bugun Vatanimda navroโzi olam.
Hovuzcha โ kosaga bahor sharobin
Shildiratib quyar ariqchalar ham.
Ana, yulduz sanab boโgot labida
Qoโshnim mushugi ham kutadi yorin.
Jonivoru parrandaโฆ borida sevgi!
Qanday odam sevmas umr bahorin!
Qalblarni bir umr tark etmas, sevgi!
OQSHOM
Kecha oqshom kutdim, kelmading,
Zulmat ichra qoldim bir oโzim.
Umrim boโyi bu zulmatga teng
Bir zulmatni koโrmagan koโzim.
Erkam, bugun kelding oqshomda,
Hali koโkka koโtarilmay oy.
Bilmagandim yorugโ olamda
Borligini shuncha nur, chiroy.
GOโDAK
Oybekka
Seni goโdak sanashsa agar,
Yoโq, ulardan, doโstim, ranjima!
Sen uchun bu juda moยปtabar,
Maโnosini qilsang tarjima.
Goโdak quvmas shuhrat ketidan,
Taโma bilan bermaydi salom.
Makr izi boโlmas betida
Va yasama qilmas ehtirom.
Gina bilmas, sodda, begโubor
Feโling uchun sanashsa goโdak.
Bu juda soz, nopok qalb bilan
Ulgโaymoqlik ne uchun kerak!
Umr boโyi goโdak pokligi
Nasib boโlsa har kimga agar,
Gultoj bormi shundan ortiqroq,
Ehson bormi, bundan moยปtabar!
Tavsiya etamiz : Shukrullo hayoti va ijodi >>
ILHOM
Yolvoraman, ilhom parisi,
Oโz erkimga holi qoโy bir dam.
Bola-chaqa, toโylar orzusin
Boshqalardek oโylayin men ham.
Shafqat etgil, tunda uygโotma,
Bir kecha ber uyqumga orom.
Sevgi boโlib bagโrimga botma,
Sehring bilan meni qilma rom.
Boshqalardek gullarning atrin
Totib boโlay bogโim ichra mast.
Sen oโshanda dehqon mehnatin
Solmay turgin yodimga birpas.
Menga ham baxt boqqanda kulib,
Totmasimdan gashtin bir yoโla,
Kimlarningdir dardin eslatib,
Yuragimga solma gโulgโula.
Oโz baxtimdan oโzim quvonib,
Oโz gโamimni chekayin oโzim.
Dunyo dardin yodimdan quvib,
Bir dam bergil qalbimga toโzim.
Ilhom shafqat etdimi menga
YO qahrimi, bilmadim biroq.
Endi dunyo tashvishlariga
Necha kunki, befarqman mutloq.
Nohaqliqdan endi yoโq kuymoq,
Ilhom zavqi bezovta qilmas.
Gulga boqsam, bosadi mudroq,
Qalbim darddan tugโyonga kelmas.
Endi ilhom, kim boโldim, aytgil?!
Yolvoraman, aytib, qil izhor!
Yolvoraman, yonimga qaytgil,
Xalq dardidan ayirma zinhor!
KUZ
Kunduz. Osmon yuzin burkadi bulut,
Goโyo chiroq yongach, tushirildi parda.
Koโcha tuprogidan koโtarar quyun,
Shamol tabiatga qilgandek zarda.
Terak uchlariga qoโnmoqchi boโlib,
Osmonu falakda qushlar chiyillar.
Yoโlidan chalgโitib, shoxlarni silkib,
Oltin yaproqlarin toโzgโitar yellar.
Yomgโir shivaladi, bir toโp bolalar,
ยซUy-uyigaยป, deya tarqalib ketdi.
Tolzorlarni kezgan koโm-koโk anhorning
Yomgโir qamchisidan qabardi beti.
Koโpriklarga boqib kutgan doโstlarim
Shunda yetib keldi koโp qilmay mushtoq.
Samovar navosi, tarnov sharrosi,
Ulfatlar bazmiga aytilgan mashshoq.
TOโKMA KOโZ YOSHINGNI
Toโkma koโz yoshingni, yigโlama, goโzal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, koโtar boshingni.
Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku mendagi yurakโฆ
Koโz yoshingni toโkma, menga ham achin.
TUN ILA TONG
Quyosh botib borar, qizarib botar,
Oltin koptok kabi ketdi dumalab.
Quyosh botadimi yoki tong otar,
Beparvo bolalar oโynar quvalab.
Beparvo yoshligim, qaytib kelsang-chi,
Tunning azobidan meni qutqarib!
Bahor shamolidek tongda yelsang-chi,
Tongga intiqlikni boshdan koโtarib.
Qani bolaligim, bedardliklarim,
Erta tong otardik begardliklarim!
KEKSALIK
Daraxt tepa shoxdan, odam oyoqdan
Qariydi, deydilar, bu ham bir hikmat.
Bunday oโylab koโrsam, butun narsani
Hisobli yaratgan doim tabiat.
Yaxshiki, odamning kuch-quvvatini
Belu oyogโidan avval oladi.
Boโlmasa, bu oyoq keksayganingda
Seni qay koโchaga sudrab qolardi.
MUHABBAT
Kechib ketging kelar goho dunyodanโฆ
Nohaq boshlaringga yogโsa malomat.
Nogoh lol qilganda bulbulning kuyi,
Yaxshi, dunyoda bor deysan, muhabbat.
Ishqning kushandasi rashkning otashi
Yurakni oโrtaydi goho beshafqat,
Oโlging ham, uzging ham kelmaydi koโngil,
Yaxshi, dunyoda bor deysan, muhabbat.
Maftun qilsa baโzan kapalak raqsi,
Qilging kelib qolar quvonchdan parvoz.
Beixtiyor koโzgu yoniga borib,
Berib ham qolasan oโzingga pardoz.
Oโzingni oโzingga tanitar faqat,
Muhabbat! Muhabbat, muhabbat!
Tavsiya etamiz : Shukrullo hayoti va ijodi >>
* * *
Faqirona sevgi. Kimgadir kulgi,
Ammo kimlarga bu ilohiy orzu!
Ayriliq hukmidan xalos qil meni,
Boqiy sevgi bergin, pokiza sevgi.
Bulutlar ichiga burkansa yulduz,
Oltin qafas ichra qolsa muhabbatโฆ
Kichkina hovliga ekilgan rayhon,
Belbogโlik yor boโlsa, shu ham menga baxt.
Tongda sevinch bilan boqay quyoshga!
Oydin kechalarim kechmasin yolgโiz.
Qanday baxt, qanday baxt bizni har oqshom
Namozshomgul tutib qutlasa yulduz.
Menga mashrabona sevgi ato qil,
Ajralmas mehr ber, umrlik vafo!
Kunduz quyosh, oqshom namozshomguldek
Quvonch chehramizdan ketmasin aslo!
Peshonamga boylik yozmadi taqdir,
Aslo mahrum etma mehrdan, Xudo!
Doโstga xor, dushmanga zor qilma zinhor,
Oโzing halol rizq ber, qanoat ato!..
* * *
Oltmish yil sevgiga taโrif izladim,
Izladim, bir mezon topmadim aslo.
Balki, ikki dilning qovushmogโidir,
Ikki dilda oโchmas tugโilgan vafo?!
Ayriliq, rashk, riyo sevgining yoโli,
Men faqat vafoni bildim muqaddas.
Mening qoโshiqlarim bitta oshiqni
Vafo saroyiga boshlay olsa, bas!
VARRAKLAR
Xursand uygโonardim bahor chogโlari,
Tongdan boโlar edi koโzim osmonda.
Shamol silkitganda terak shoxlarin,
Quvonchimning cheki boโlmasdi manda.
Yangi kelin kabi tomda chuchmoma,
Yal-yal yonar edi lolaqizgโaldoq.
Lojuvard dengizdek bepoyon samo,
U ne bahor edi! U ne goโzal chogโ!
Varraklar kuylardi shamolda joโshib,
Men tomda tinglardim chalqancha tushib.
XAYOL
(hazil)
Qoโlga qalam olib, sheโr yozganim on
Xayolimda olam boโlar charogโon.
Hayot koโzlarimga koโrinar jannat,
Na biror armon bor, na-da mashaqqat.
Hamma baxtiyor-u hayot farovon,
Nomimga qoโyilgan emish xiyobon.
Haykalim poyiga qoโyilgan gullar โ
Mening ijodimga tahsinmish ular.
Hamisha kuyladim yorqin kunlarni,
Koโngil ovlash uchun zoโr yakunlarni.
Ertadan doimo boโlib umidvor,
Kelajakni koโrar har bir ijodkor.
Shon-shuhrat lazzati sarxush etgan gal
Inson uchun yoโqdir xayoldan afzal.
Tavsiya etamiz : Shukrullo hayoti va ijodi >>
QOโSHA QARIMOQQA YOโL-YOโRIQ
(hazil)
Qoโsha qarib koโrdik sakson yil umr,
Nelarni koโrmadi bu bosh qurmagur.
Gohida urishdik, yana yarashdik,
Arzimagan gapga bir kun talashdik.
Sevib uylandim-u darrov tugโmadi,
Boshqaga uylan, deb koโplar qoโymadi.
Bordi-yu uylansam boshqaga, axir,
U ham tugโmaydigan chiqsa-chi, taqdir.
Sevgi nimaligin bildim oโshanda,
Sabrsizlik ekan unga kushanda.
Yillar oโtdi, oโnta farzand ham koโrdik,
Goho och, gohida badavlat boโldik.
Yoshlar soโrashadi, nima deb vafo?
Javobga oโylanib qolaman goho.
Axir uylanganda aqling bor edi,
Yetti oโlcha, degan naql bor edi.
Yoring kimligini koโrganda koโzing!
Sevgim abadiy, deb aytganding oโzing!
Endi chiqqan boโlsa oโrtada janjal,
Er-xotindan boshqa qilolmaydi hal.
Bunga koโrsatolmas hech kim yoโl-yoโriq,
Qoโsha qarimoqdan boshqa chora yoโq.
Tavsiya etamiz : Shukrullo hayoti va ijodi >>
Boshqa arboblar sheโriyati >>