Shukrullo hayoti va ijodi. Shukrullo tarjimai holi
Isteสผdodli shoir, nosir va dramaturg Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yilda Toshkentda tugสปilgan. Dastlabki maktab taสผlimini olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), soสปngra Toshkent davlat pedagogika institutida oสปqigan.
U turli gazeta va jurnallarda, adabiy-badiiy nashriyotlarda ishladi, oสปqituvchilik qildi. Oสปzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi boสปldi. Shukrulloning dastlabki sheสผrlari urushdan oldin yaratilgan boสปlsa-da, u 40-yilning oxirlarida ijodning katta yoสปliga chiqib oldi.
Tavsiya etamiz : Shukrullo tomonidan yozilgan sheโrlar >>
Uning dastlabki sheสผriy toสปplami โBirinchi daftarโ va โQalb qoสปshiqlariโ 1949 yilda nashr etilgan. Shoir 1948 yilda chop etilgan โChollarโ dostonida yangi yerlarni oสปzlashtirishga kirishgan zamondoshlari obrazini yaratdi. Keyinchalik yaratilgan โIkki qoyaโ (1964), โ26-tongotarโ (1970) kabi poemalari bilan oสปzbek dostonchiligi rivojiga munosib ulush qoสปshdi.
Shukrullo hayoti va ijodi: Shukrullo ham 50-yil boshlarida qatagสปon jabrini tortdi. Yozuvchi โKafansiz koสปmilganlarโ romanida qamoqda oสปz boshidan kechirgan qiyinchiliklarni, turli adolatsizliklarni bor boสปyi bilan tasvirlagan.
Shukrullo ijodida maสผnaviy-axloqiy masalalarni tasvirlash asosiy oสปrinni egallaydi. Xususan, uning โHayot ilhomlariโ, โUmrim borichaโ, โInson va yaxshilikโ (1931), โInson โ inson uchunโ (1964) kabi sheสผriy toสปplamlariga kirgan koสปpchilik sheสผrlarida insondagi eng muhim maสผnaviy-axloqiy fazilatlar ulugสปlanadi. Shoirning โZarralarโ (1973), โSuyanchiqโ (1977), โYashagim keladiโ (1978), โSening baxtingโ (1988) kabi sheสผriy guldastalarida ham hazrati Inson mavzusi bosh oสปrinda turadi.
Shukrullo dramaturg sifatida ham qalam tebratib keladi. Uning โXatarli yoสปlโ, โTabassum oสปgสปrilariโ (1977), โOสปgสปrini qaroqchi urdiโ (1984) kabi dramalari respublika teatrlari sahnalarida namoyish etilgan.
Shukrullo mohir publitsist va nosir sifatida kitobxonlarga maสผlum. Bu oสปrinda uning adabiy-falsafiy maqolalardan tashkil topgan โQasosli dunyoโ (1994) kitobini eslash kifoya. Undagi publitsistik maqolalar turli yillarda yozilgan boสปlsa ham, zamondoshimiz maสผnaviyatini mustahkamlashga xizmat qilishi, uni kamolot sari yetaklashi tabiiydir.
Shukrullo โJavohirlar sandigสปiโ, โKafansiz koสปmilganlarโ, โTirik ruhlarโ deb nomlangan xotira-romanlar muallifidir. Ular maสผlum maสผnoda avtobiografik xarakterga ega boสปlganidan oสปz maสผno-mazmuniga koสปra bir-birini toสปldiradi. Bu uchala asarni inson haqidagi, insonga xos va uni bezab turadigan fazilatlarni ulugสปlaydigan romanlar deyish mumkin.
Shukrullo bolalar uchun ham asarlar yaratdi. Uning โBahor sovgสปasiโ (1962), โYulduzlarโ (1964) kabi sheสผriy toสปplamlarida bolalarning takrorlanmas ichki dunyosi, orzu-istaklari, intilish va maqsadlari Vatanga boสปlgan muhabbat tuygสปusi bilan uygสปunlashib ketadi. Ularda doสปstlik, ona tabiat tasviri yetakchilik qiladi.
Oสปzbekiston xalq shoiri Shukrullo Respublika Davlat mukofoti laureatidir.
Tavsiya etamiz : Shukrullo tomonidan yozilgan sheโrlar >>
Boshqa arboblar haqida bu yerda >>